• 3
  • 2016
  • 25 yosh
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1931 yilning fevralida Toshkentda «O‘rta Osiyo Rejalashtirish instituti» sifatida tashkil topgan...
  • Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2016 yilga mamlakatimizda "Sog'lom ona va bola yili" deb nom berildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barcha jabhalardagi keng ko’lamli o’zgarishlar zamirida inson va uning manfaatlari, oilalarimiz farovonligi, farzandlarimizning hech kimdan kam bo’lmay o’sishiga erishishdek ezgu maqsadlar mujassam.
  • banner5 
  • SamISI jamoasi institutda faoliyat olib borayotgan jamiki hamkasblarimizni mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati  bilan samimiy qutlaydi.     

Institut haqida


     Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1931 yilning fevralida   Toshkentda «O‘rta Osiyo Rejalashtirish instituti» sifatida tashkil topgan.    1935 yil aprel oyida mazkur institut O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi ixtiyoriga o`tkazildi va unga «O`zbekiston Rejalashtirish instituti» deb nom berildi. 1935 yil avgust oyida institut Toshkentdan Samarqandga ko`chirildi.

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTIDA “XOTIRA DARSLARI” O‘TKAZILDI


 

 

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2016-2017 o‘quv yilining birinchi juftlik darslari O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” bilan boshlandi.

Mazkur “Xotira darslari” mashg‘ulotlarini namunaviy matn asosida institutning professor-o‘qituvchilari S.Karimov, Sh.Abdurashidov, R.Berdiyev, L.Tursinov, M.Bo‘riyev, N.Mamatqulova, G.Markova, R.Mirzayev, N.Mo‘minov, U.Murtazoyev, N.Muzaffarov, Sh.O‘rozov, Sh.Sadikov, X.Samadov, S.Tuxtayev, U.To‘xtamishevlar o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulot darslarini o‘tdi.

Ma’ruzalarda Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda “O‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘- e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirganligi ta’kidlandi.

BAYRAM TABRIGI 

Sizlarni mamlakatimizmustaqilligining 25 yilligi hamda yangi o'quv yili munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi chin qalbdan tabriklaydi. Yangi o'quv yilida yuksak cho'qqilarni zabt etish nasib qilsin. Talabalik safiga yangi qabul qilingan yoshlarga esa kelajakda bundanda yuqori cho'qqilarni zabt etib yurtimizning ravnaqi uchun hissa qo'shishiga tilakdoshmiz.

Hurmat bilan SamISI jamoasi.

 

"O'ZBEKISTON MUSTAQILLIGIGA 25 YIL" ESDALIK NISHONLARI EGALARIGA TOPSHIRILDI 

 

Prezident farmoniga ko‘ra, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni asrash,

"O'ZBEKISTON MUSTAQILLIGINING YIGIRMA BESH YILLIGI" KITOB-ALBOMI NASHRDAN CHIQDI 

Yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘, eng aziz ayyomimiz – Mustaqillik bayrami arafasida “O‘zbekiston mustaqilligining yigirma besh yilligi” nomli yangi kitob-albom nashrdan chiqdi. 

Ma’lumki, mustaqil, ozod, tinch va farovon yashash dunyodagi barcha xalqlar uchun eng muqaddas, eng buyuk va qadrli ne’mat, o‘z mamlakati, o‘z taqdiriga ega bo‘lish huquqi eng oliy saodatdir.

O'ZBEKISTON OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI E'LON QILINDI 

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari bugun 20 avgustda e’lon qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Davlat test markazi saytida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun topshirilgan test imtihonlarining javoblarini tekshirish xizmati paydo bo‘ldi. Buning uchun result2016.dtm.uz saytiga kirib, undan javoblarni bilib olishingiz mumkin. Xizmat bepul taqdim etiladi. Abitiruyentlar javoblar varaqalaridagi raqamni kiritib, necha ball olgani, o‘qishga kirgan-kirmaganini tekshirib olishlari mumkin.

EBSCO TASHKILOTI VA SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTINING DOKTORANT VA YOSH O'QITUVCHILARI O'RTASIDA UCHRASHUV  

       2016 yilning 26 iyul oyida Samarqand iqtisodiyot va servis instiutning xalqaro aloqalar bo‘limi va ilmiy ishlar bo‘limi EBSCO tashkiloti va institutning doktorant va yosh o‘qituvchilar o‘rtasida uchrashuv tashkil etdi. O‘zbekiston Milliy kutubxunosi bitmiga muvofiq EBSCO kompaniyasi to‘liq matinli ma’lumotlar bazasini taqdim qilishdi. Xodimlar Praga (Chexiya Respublikasi) shaxridan kelib “EBSCO ma’lumotlar bazasidlan samarali foydalanish” mavzusiga bag‘ishlagan seminar o‘tkazdilar.