Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

XUSH KELIBSAN, YURTIMGA NAVRO‘Z!

Bunyodkorlik va yaratuvchanlikni, mehr-muruvvat va hamjihatlikni, bir so‘z bilan aytganda, butun borliq, zaminni uyg‘otuvchi suyukli ayyom — Navro‘zni mana necha asrdirki xalqimiz orziqib kutadi. Turli nizo va adovatlarni unuttirguvchi, qalblarda mehr-oqibat, shafqat va muruvvat, hamjihatlik, saxovat kabi insoniy tuyg‘ularni jo‘sh urdiruvchi ushbu ayyom ayni kunlarda yurtimizning har bir go‘shasida, hatto chekka ovulu qishloqlarigacha keng nishonlanadi. Kunni tunga ulagan ko‘klam sadolari Navro‘z sayllari boshlanganidan darak bersa, qadrdonlar bir-birini bag‘riga bosib, samimiy qutlovlar, ezgu tilaklar bildirishadi. 

Joriy yilda ham prezidentimizning 28 fevraldagi “2017 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Navro‘z bayrami mamlakatimizda umumxalq sayli sifatida nishonlandi.

Hususan, Samarqand viloyatida ham navro‘z sayllari keng nishonlandi. UndaSamarqand shahridagi ko‘pgina korxona, tashkilot, oliy ta’lim muassasalari qatori Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, “Servis va turizm” fakulteti, “Xalqaro turizm va turizm servisi” kafedrasi jamoasi ham o‘ziga xos tayyorgarlik bilan ishtirok etdi.

1

Navro‘z ayyomi tabiat bilan birga ruhiyatimizga-da yangilanish olib kiradi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilayotgan bayram sayllari taassurotlari esa har bir qalbda bir umrga muhrlanajak. Zero, tinch va osoyishta yurtga yarashiqli sayllar barchamizga mehr-muhabbat, bag‘rikenglik, birdamlik va ahillik tuyg‘ularini qon-qonimizga-da singdirishga qodir. Bayram tomoshalarini ko‘rib, uy-uyiga tarqalayotgan kishilar qalbini o‘zgacha kayfiyat — shu kunlarga yetkazgani uchun shukronalik hissi chulg‘ab olganining guvohi bo‘ldik. Xalqimizni ana shunday ko‘tarinkilik, shodumonlik aslo tark etmasin” – deya ta’kidlab o‘tdi, “Xalqaro turizm va turizm servisi” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor I.S.Tuxliyev.

Viloyatda Navro‘z ayyomi karnay-surnay sadolari ostida boshlanib, mehmonlarni milliy va sharqona kiyimdagi qizlar qo‘lida boychechak bilan kutib olishdi.

Bayram dasturxoniga bahor taomlari bo‘lmish halim, sumalak, ko‘k somsa, ko‘k pichak, qandolat mahsulotlari, osh kabi turfa taomlar tayyorlanib, tortiq etildi. Navro‘z ayyomida, shuningdek, turli sport va ko‘ngilochar o‘yinlar, jumladan, xo‘roz urishtirish, arqon tortish, tosh ko‘tarish, armrestling, shaxmat musobaqalari tashkil qilingan bo‘lsa, milliy urf-odatlarimizdan kashta, do‘ppi tikish, ip yigirish, dutor chalish kabi marosimlar sahnalashtirilgan holda yig‘ilgan omma va mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

2

Shundan so‘ng bayram ahliga institut jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, hazil-mutoyibalar hamda turli o‘yinlardan iborat bayram dasturi namoyish etildi.

Institut jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi, ayniqsa milliy o‘tov shahrimiz ahliga juda manzur bo‘ldi.

3

4

5

6

7

8

9

Президент фармони

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 2 феврал 1999 йил 10 июндаги ПФ-2326-сон “Зулфия номидаги Давлат мукофотини таъсис этиш бўйича таклифларни қўллаб-қувватлаш тўғрисида”ги Фармонга ўзгартиришлар киритиш ҳақида

Ўзбек тилида

Рус тилда

АХБОРОТ ХАТИ

     Ўзбекистон  Республикаси Президентининг 2017 йил 17 февралдаги ПФ-4947-сонли “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар ҳаракатлар сратегияси тўғрисида”ги, 2018 йил 22 январдаги ПФ-5308-сонли “2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси”, “Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили”да амалга оширишга оид

Davomini o'qish...

АХБОРОТ ХАТИ

        Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институтида 2018 йил 27-30 апрель кунлари “Ёшлар ва инновацион жараёнлар” мавзусида илмий Фестиваль  ўтказилади. Фестиваль доирасида 27-30 апрель кунлари “Инновацион жараёнларда ёшлар иштироки: муаммолар ва ечимлар” мавзусида ёшлар  илмий-амалий  анжуман бўлиб ўтади.

Davomini o'qish...

АХБОРОТ ХАТИ

Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институтида 2018 йил 26-30 апрель кунлари “Ёшлар ва инновацион жараёнлар” мавзусида илмий Фестиваль  ўтказилади. Фестиваль доирасида “Инновацион жараёнларни ривожлантиришда олималарнинг ўрни” мавзусида илмий-амалий анжуман бўлиб ўтади.

Davomini o'qish...

ЭЪЛОН!

2018 йил 18 апрель соат 1500 да институтнинг кичик мажлислар залида Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти хузуридаги илмий даражалар берувчи DSc.27.06.2017.I.18.01 рақамли илмий кенгаш қошидаги илмий семинар бўлиб ўтади.

Қорақалпоқ давлат университети мустақил изланувчиси Алымов Атабек Керимбергеновичнинг “Қорақалпоғистон Республикасида экологик туризмни ривожлантиришнинг асосий йўналишлари ва истиқболлари” мавзусида иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертацияси муҳокамаси.

Datasets list