Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

“FIDOYING BO‘LGAYMIZ SENI, O‘ZBEKISTON!” SHIORI OSTIDA MAMLAKATIMIZNING ATOQLI SHOIR VA YOZUVCHILARI BILAN UCHRASHUV
Uchrashuv bevosita talabalarda ijodga, adabiyotga, eng muhimi kitobga bo‘lgan mehrini oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi  Mehriniso Oydinova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari  Toshpo‘lat Tugalov, “Yoshlik” jurnali mas’ul muharriri Elyor Murodov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Jumagul Suvonova hamda shoir Jumaqul Karimovlar ishtirok etishdi.
Hozirgi kunda yoshlarni kitobga jalb qilish uchun nafaqat oliy ta’lim muassasalari, balki ijodkorlarning o‘zlaridan ham samarali mehnat talab qilinadi. Sababi, har bir bosib chiqilayotgan kitobning yoshlar orasida “brend” bo‘lishi bevosita yozuvchi yoki shoirning tasavvuri, zamon talabini va yoshlar ko‘nglini tushuna olishiga bog‘liq hisoblanadi. Shuning uchun, aynan yoshlarga – talabalarga mo‘ljallangan “son emas, sifat” tamoyiliga mos bo‘lgan ijod namunalarini yaratish va taklif etish kunning dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda aytish mumkinki, bugungi uchrashuv faqatgina ijodiy almashish emas, balki talabalarning adabiyotga bo‘lgan mehrini oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlandi. Tadbir davomida ustoz shoirlar eng sara ijod namunalarini baham ko‘rishdi. Talabalarga o‘zlarining hayot tajribalarini qisqacha bayon etishdi. Mushoiradan so‘ng esa talabalar bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv yuqori saviyada tashkil etildi.
tbr15
tbr16

Datasets list

Malakaviy imtihon topshirish to’g’risida

Institut rektori tomonidan mustaqil izlanuvchisi Yu.Urinbayeva va TATU Samarqand filiali mustaqil izlanuvchisi B.Mardonovga 2017 yilning 30 sentyabrida soat 11:00da rektorat binosi 29-auditoriyada 08.00.05 - “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtixonni topshirishga ruxsat berildi.

Davomini o'qish...

E'lon

Hamidov Obidjon Hafizovichning 08.00.13 - Menejment (iqtisodiyot fanlari) va 08.00.05 –Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari) ixtisosliklari bo‘yicha “O‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishni boshqarish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik (Doctor of Science) dissertatsiyasining himoyasi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.18.01. raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik Ilmiy kengashning 2017 yil 29 sentyabr kuni soat 1100  dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

 

Davomini o'qish...

AXBOROT XATI

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2017 yil 25-27 may kunlari «Xizmat ko‘rsatish sohasi innovatsion rivojlanishining muammolari» mavzusida xalqaro  ilmiy-amaliy  anjumani o‘tkaziladi.

 Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:

 

Davomini o'qish...

MULKCHILIK SHAKLIDAN QAT’IY NAZAR, BARCHA TASHKILOT VA MUASSASALAR RAHBARLARI DIQQATIGA!

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2016 yil 13 dekabrdagi “2017 yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida”gi SK-124-III-son qarori ilovasiga muvofiq, 2016/2017 o‘quv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlarni yo‘llanmalar asosida ishga taqsim qilishga kirishganligini ma’lum qiladi.

Davomini o'qish...

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTINI 2017 – 2021 YILLARDA RIVOJLANTIRISH DASTURI

 

2017 2021

 

Davomini o'qish...