Joriy yilning 21 sentyabr kuni “Tinchlik – xalq farovonligining garovidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir 21 sentyabr - “Xalqaro tinchlik kuni”ga bag‘ishlandi. Qayd etish lozimki, bu sana xalqaro jamoatchilik tomonidan keng ko‘lamda nishonlanadi.
Tadbirda institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor F.Tursunov, menejment va statistika kafedrasi professori M.Pardayev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut BT yetakchilari va faollari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.