Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Abiturientga eslatmasi
Abiturientga eslatmasi

Abituriyent o`qishga kirishdan oldin ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta'lim yo'nalishi, o`qitish tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta'lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma'lumoti yo`qligi hamda test sinovlarini o`tkazish qoidalari va javoblar varag`ini to`g`ri to`ldirish bilan tanishganligi ko`rsatiladi); o`rta yoki o`rta maxsus ma'lumot haqidagi hujjatning aslini; 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnomani; pasporti nusxasini; 3,5x4,5 sm (pasportdagi kabi) hajmdagi 6 ta fotosuratni; xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g`oliblariga o`qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning aslini.
  • Muddatli harbiy xizmatni o`tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo`lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 20-iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.
  • Maxsus sirtqi bo`limlarga o`rta maxsus ma'lumotga va tegishli ta'lim turi bo`yicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo`lgan pedagog kadrlar, jumladan bolalar sporti murabbiylaridan hujjatlar qabul qilinadi.
  • Maxsus sirtqi bo`limlarga kiruvchilardan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirmasi talab etiladi.
  • Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko`rsatadi.
  • Abituriyent hujjatlarining to`liqligi tekshirilgandan so`ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi.
  • Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.
  • Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi.
  • Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to`g`rsiesda tilxat beriladi.
  • Abituriyentlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar («Ta'lim to`g`rsiesda»gi qonun, 14-modda).
  • Abituriyent 26-iyuldan qabul komissiyasi tomonidan e'lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o`rganib, test topshiradigan binoning qayerda joylashganligi,
  • Auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.
  • Abituriyentlar guruh tartib raqami (auditoriya tartib raqami bilan mos) ko`rsatilgan ruxsatnomani 27-iyuldan boshlab ta'lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.
  • Kunduzgi, maxsus sirtqi ta'lim yo`nalishlari bo`yicha test sinovlari, Qabul to`g`rsiesdagi nizomga asosan 3 tilda, o`zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog`iston respublikasida) va rus tillarida, O`zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10*-iyul va 1-avgust kuni bir vaqtda o`tkaziladi (*bilan ko`rsatilgan sana harbiy oliy ta'lim muassasalariga tegishli).
  • Test sinovlari o`tkaziladigan kuni abituriyentlarni binoga kiritish soat 7:30 da boshlanadi. Abituriyent binoga kirishda ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko`rsatadi. Soat 8:00 dan boshlab abituriyentlar o`z guruhlari raqamiga mos raqamlangan auditoriyaga kiradilar.
  • Qabul komissiyasi test sinovlari o`tkaziladigan binoga abituriyentlar tomonidan mikrokalьkulyator, lug`at, jadval, kitob, uyali telefon, aloqa vositalari, shpargalka va shu kabilarini olib kirish harakatini aniqlagan xolda abituriyentning ruxsatnomasi olib qo`yiladi, dalolatnoma yoziladi (ixtiyoriy shaklda) unga OTM qabul komissiya a'zosi imzo qo`yadi. Abituriyent test sinovlariga qo`yilmaydi.
  • Test jarayoni boshlangandan so`ng (8:30 dan keyin) abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.
  • Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo'shimcha test sinovlari o`tkazilmaydi.
  • Abituriyent test sinovlarini ta'lim muassasasida o`qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.

  Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartiblari bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan quyidagi Nizom orqali tanishishingiz mumkin: «Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qilish tartibi to`g`rsiesda» Nizom