Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

IMTIYOZLAR
IMTOYOZLAR 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston o'quvchi yoshlarini rag'batlantirish choralari to'g'rsiesda" 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag'batlantirish to'g'rsiesda" 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g'oliblari bo'lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarini taqdirlash tartibi to'g'rsiesdagi Nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini o'tkazish to'g'rsiesdagi Nizomlar asosida xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g'oliblari hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi ta'sis etadigan maxsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta'lim muassasalarining mos ta'lim yo'nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarsiesz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'rsiesda" 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari bo'lgan umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'quvchilari mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha oliy ta'lim muassasalariga tanlovdan tashqari test sinovlarsiesz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar. 

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili o'tkaziladigan pedagogika o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari bitiruvchilari va ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining "Tarbiyachi" respublika tanlovi g'olibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining "Hamshira" respublika tanlovi g'olibi, Badiiy akademiyaning tasviriy san'at bo'yicha respublika tanlovi g'oliblari, "Nihol" mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamg'armalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta'lim muassasalariga, mos ta'lim yo'nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarsiesz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar. 

Olimpiada fani, tanlovlar bilan oliy ta'lim yo'nalishlari o'rtasidagi kasbiy muvofiqlik Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar g'oliblarining arizalari haqidagi ma'lumotlarni, ta'lim yo'nalishi, o'quv shakli va tili ko'rsatilgan holda, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga 22 iyulgacha bo'lgan muddatda taqdim etadilar. Davlat komissiyasi 31 iyulgacha g'olib bo'lganlar bo'yicha tegishli vazirliklar, idoralarning taqdimnomasi asosida alohida qaror qabul qiladi.

Asos: Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish bo'yicha imtiyozlar to'rsiesdagi to'liq ma'limot bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan quyidagi Nizom orqali tanishishingiz mumkin: «Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to'g'rsiesda» Nizom

Harbiy xizmatni o'tagan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'rsiesda» 2012 yil 31 maydagi PQ-1765-son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan, harbiy qismlar qo'mondonligining tavsiyanomalariga ega bo'lgan barcha fuqarolarga respublikaning barcha oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirishda to'plash mumkin bo'lgan eng ko'p ballning 27 foizi miqdorida qo'shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.

Abiturientning to'plagan ballari uning arizasida ko'rsatilgan birinchi oliy ta'lim muassasasi bo'yicha davlat granti yoki to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilishga etarlicha bo'lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu oliy ta'lim muassasasida e'lon qilinadi va unga arizasida ko'rsatilgan ikkinchi oliy ta'lim muassasasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha tanlovda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi.