Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Institut haqida

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 1931 yilning fevralida   Toshkentda «O‘rta Osiyo Rejalashtirish instituti» sifatida tashkil topgan.    1935 yil aprel oyida mazkur institut O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi ixtiyoriga o`tkazildi va unga «O`zbekiston Rejalashtirish instituti» deb nom berildi. 1935 yil avgust oyida institut Toshkentdan Samarqandga ko`chirildi.

      1936 yilda O‘zbekiston Rejalashtirish instituti davlat savdosi va kooperatsiya instituti bilan birlashtirilib, O`zbekiston xalq xo`jaligi institutiga aylantirildi. 1949 yil 10 iyunda mazkur institutga Samarqand sovet savdosi instituti nomi berildi.

    Ittifoq Vazirlar Mahkamasining 1960 yil 23 noyabrdagi qaroriga muvofiq ushbu institut Sentrosoyuz ixtiyoriga o‘tkazildi va Samarqand kooperativ instituti deb nomlandi.
1998 yil 24 martdan Vazirlar mahkamasining 123-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 mart 144-sonli qarori bilan Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga aylantirildi.

Fakultetlar

1. Iqtisodiyot va menejment fakulteti
2. Servis va turizm fakulteti
3. Bank-moliya xizmatlarit fakulteti

 

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti quyidagi ta'lim yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi:

a) Bakalavriyat ( kunduzgi o‘quv shakli)
1. Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohlar bo'yicha)
2. Marketing( turizm )
3. Menejment
 ( turizm ) 
4. Moliya 
5. Buxgalteriya hisobi va audit ( tarmoqlar bo'yicha )
6.
  Kasb ta’lim : iqtisodiyot
7. Kasb ta’lim buxgalteriya hisobi audit
8. Bank ishi
9. 
 Xizmatlar sohasi ( servis ) 
10. Mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish 
11. Turizm ( faoliyat yo'nalishlari bo'yicha )


b) Magistratura: 
1. Konsalting xizmatlari marketingi
2. Marketing(xizmat sohalari bo`yicha)
3. Tarmoq iqtisodiyoti(tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
4. Moliya, pul muomalasi va kredit
5. Menejment(xizmat sohalari bo`yicha)
7. Iqtisodiy tahlil
8. Lizing va baholash xizmatlari marketingi
9. Moliyaviy menejment