Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Ilmiy kengash faoliyati

 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi  08.00.05. - “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy  kengash  faoliyati to‘g‘risida

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholining bandligini ta’minlash, hayot darajasini sifat bosqichiga ko‘tarish kabi muhim strategik vazifalardan biri bo‘lgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bugun dolzarb masala bo‘lib turibdi. Bu masalaga mamlakat Prezidenti va Hukumati tomonidan katta   e’tibor berilib,  muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qo‘yilib kelinmoqda. Shularni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzurida Bir martalik ilmiy kengashni tuzish maksadga muvofiq deb topilgan.

Shu tufayli 2016 yilda  Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisining 2016 yil 8 iyunidagi 33-sonli qaroriga asosan Safarov Baxodirxon Shaxriyorovichning «Milliy turistik xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi 08.00.05–«Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasining himoyasi 9 iyul 2016 yilda bo‘lib o‘tdi. Ilmiy maslahatchi Tuxliyev Iskandar Suyunovich iqtisodiyot fanlari doktori., professor.

Rasmiy opponentlar: I. Ivatov, iqtisod fanlari doktori, professor; Q.D. Mirzayev, iqtisod fanlari doktori, professor; M.Maxkamova, iqtisod fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.

OAK ning 2016 yil 28 sentyabrdagi 228/1-sonli bayonnomasi asosida tasdig’i olindi.

1

Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisining 2016 yil 28 sentyabrdagi 101-sonli qaroriga asosan Maxkamov Baxtiyor Shuxratovichning «Globallashuv va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida uyali aloqa xizmatlarini samarali rivojlantirish» mavzusidagi 08.00.05–«Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha ikkinchi doktorlik dissertatsiyasining himoyasi 2 dekabr 2016 yilda bo‘lib o‘tdi va 2016 yil 23 dekabrda OAKning 232/1-sonli bayonnomasi asosida tasdig‘i olindi.

2

Maxkamov Baxtiyor Shuxratovichning «Globallashuv va iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida uyali aloqa xizmatlarini samarali rivojlantirish» mavzusidagi doktorlik ishi himoyasidan lavhalar

Ken1

Ken2

Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisining 2016 yil 9 sentyabrdagi 88-sonli qaroriga asosan   Pardayev Olim Mamayunusovichning«Mahsulotlarni saqlash va sotish xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari)  ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasining himoyasi 16 fevral  2017 yilda bo‘lib o‘tdi.

    Ilmiy maslahatchi: Tuychiyev Alisher Jurayevich, iqtisodiyot fanlari doktori.,dotsent.

    Rasmiy opponentlar: Xushmatov Norqul Sadullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullayev Yorqin Abdullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Osami Arakava, Hirosaki universiteti, professor (Yaponiya).

Yetakchi tashkilot: «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi

    Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisining 2016 yil 26 dekabr 124-sonli qaroriga asosan Alimova Mashhura Toirxonovnaning «Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari) ixtisosligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasining himoyasi 18 fevral  2017 yilda bo‘lib o‘tdi.

    Ilmiy maslahatchi: Turayev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

    Rasmiy opponentlar: Muhammedov Murod Muhammedovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Nurislom Tuxliyev, iqtisod fanlari doktori, professor; Maxkamova Mamlakat Abdukadirovna, iqtisod fanlari doktori, professor.

    Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.