Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Axborot texnologiyalari kafedrasi

zaynalov

 
 
 
               Kafedra mudiri: f.-m.f.n. dotsent Zaynalov Nodir Rasulovich
 
               Telefon: (99890) 250-32-07

              Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 
 
 
 

Axborot texnologiyalari kafedrasi tarixi

   Kafedraning tarixi 1979 yildan boshlanadi. Shu davrgacha hisoblash texnikasi va ulardan iqtisodiy axborotlarni ishlashda foydalanishga doir barcha          fanlar (hisoblash mashinalari, hisoblash texnikasi, iqtisodiy axborotlarni mashinasida ishlar, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va h.k.) buxgalteriya hisobi kafedrasi (hozirgi buxgalteriya hisobi va audit) tarkibida o‘qitilar edi.

    1970 yillarga kelib institutda talabalar kontingenti keskin o‘sishi sababli o‘quv yuklamalari ko‘payishi natijasida hamda zamonaviy talablarga muvofiq axborotlarni avtomatlashtiriga e’tibor kuchaydi va oliy ta’lim sohasida shu borada yangi – yangi fanlar paydo bo‘ldi. Natijada buxgalteriya hisobi kafedrasi tarkibi nihoyat darajada kengayib ketmasligi uchun 1979 yili 1 fevralda institutda 26 yanvar 12 “L” buyrug‘i bilan yangi kafedra “Iqtisodiy axborotlarni mashinada ishlash” tashkil topdi.

   Mazkur kafedraga dotsent Abdullayev Rajab (keyinchalik professor) kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedra tarkibiga bir yo‘la hisoblash texnikasi laboratoriyasi qo‘shib berildi. Keyingi bir – ikki yilda kafedra zamonaviy texnikalar bilan ta’minlandi. Bu borada sentrosoyuzning roli behisob katta bo‘ldi.

    Kafedra tashkil etilganda o‘qituvchilar tarkibi dotsent Abdullayev R.A., dotsent Nerling Ye.G., dotsent Siddiqov Yu.M., katta o‘qituvchi Abbasov M.G., assistentlar Danilchik D.A. va Mazneva V.V. lardan iborat edi. Hisoblash texnikasi laboratoriyasi xodimlari bilan kafedra xodimlari soni 10 – 12 kishini tashkil etardi.

     Kafedrada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlashga va ishga jalb qilishga katta e’tibor berildi. Birinchi navbatda Buxgalteriya hisobi yo‘nalishini a’lo bitirgan va Samarqand viloyati matlubot kooperatsiyasida bosh buxgalter lavozimida ishlab turgan Ibragimov Nozir Aliyevich ishga taklif etildi. Keyinchalik Sentrsoyuzning Lvov Savdo – iqtisod institutining “Mashinada iqtisodiy axborotlarni ishlash” mutaxassisligini bitirgan Abdukarimov Vyachislav Ismatovich bizni iltimosimizga binoan Sentrsoyuznin kadrlar tayyorlash boshqarmasi tomonidan bizga yuborildi va o‘z ishini kafedraning kabinet mudirligidan boshladi.

     Institut va kafedraning ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash oqilona siyosati natijasida Ibragimov N.A. va ABdukarimov V.I. lar ketma – ket Moskva Moliya Akademiyasida aspirantura va doktoranturani o‘tab oqibat natijada iqtisod fanlari doktori unvonlariga ega bo‘ldilar va qariyb 15 yillar mobaynida kafedrada samarali ishladilar.

    Bugungi kunda N.A.Ibragimov yirik korxona rahbari va institutning “Moliya va sug‘urta xizmatlari” kafedrasi professor (0,5 stavka) sifatida xizmat qilib kelmoqda. V,I.Abdukarimov esa Tambov Davlat Universitetining professori va birlashgan ilmiy kengashning ilmiy kotibi sifatida ishlab kelmoqda.

   Kafedra o‘z faoliyatini o‘quv – uslubiy, ilmiy – tadqiqot, yuqori darajadagi tarbiyaviy ishlar va amaliyot bilan uzviy bog‘liqlik yo‘nalishlarini zamonaviy talablarga javob berishi borasida tinmay yangiliklarga ergashgan holda olib bordi. Buning samarasi sifatida talabalarning o‘zlashtirish darajasi 90 – 95 foizga ko‘tarildi. O‘qish jarayonini amaliyot bilan bog‘lab borish uchun kafedra Samarqand viloyat oblpotrebsoyuzining Jomboy, Kattaqo‘rg‘on ulgurji savdo bazalarida o‘z filiallarini ochdi. Natijada ma’lum bir miqdorda hisoblash texnikasi, iqtisodiy axborotlarni mashinada ishlash, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari fanlari mana shu filiallarda amaliy ma’lumotlarda olib borilar edi. Shu davrlarda talabalar (buxgalterlar, iqtisodchilar) o‘z kurs, diplon ishlarini filiallardan olgan ma’lumotlar asosida bajarilar edilar. Oqibat natijada Nozir Aliyevich va Komil Baxromovich o‘zlarining nomzodlik dissertatsiyalarini aynan O‘zbekiston materiallari asosida bajardilar va Moskva Moliya akademiyasida va Moskva Xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi G.V.Plexanov nomidagi Mlskva xalq xo‘jaligi akademiyasi) da muvaffaqiyat bilan yoqladilar.

    Kafedra faoliyatida ilmiy tadqiqot ishlariga katta e’tibor berildi. Qisqa muddat ichida (5 yil mobaynida) N.A.Ibragimov, V.I.ABdukarimov, A.K.Kadirov, K.B.Urazovlar iqtisod fanlari nomzodi unvoniga ega bo‘ldilar. Ilmiy darajadagi pedagoglarni jalb etish maqsadida Samarqand Davlat Universiteti amaliy matematika yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan va nomzodlik darajasiga ega bo‘lgan Vafayev Mirobid Alimovich, Vafoyev Doniyor Atayevich va hali ilmiy darajaga ega bo‘lgan Baxramov Baxodir Aslanovichlar ishga qabul qilindilar.

     1980 yilning o‘rtalariga kelib kafedraning ilmiy faoliyatiga talabalarni jalb etish keng rivojlandi. Ular kafedraning ilmiy – tadqiqot ishlarida aktiv ishtirok etdilar va turli xil anjumanlarda qatnashdilar. Jumladan Lvov, Moskva, Novosibirsk, Karaganda Kooperativ institutlarida o‘tkazilgan yoshlar konferensiyalarda ma’ruzalar qildilar va ma’ruza materiallarini chop etdilar.

     1986 yili ilmiy – tadqiqot ishlar samarasi sifatida institutda kafedra tashabbusi bilan Butun Ittifoq ilmiy konferensiya o‘tkazildi va 15 b.t. ma’ruza matnlari chop etildi. Konferensiyada 30 ga yaqin pedagoglar: Moskva, Lvov, Gomel, Kiyev, Novosibirsk, Karaganda institutlaridan ishtirok etdilar. Konferensiya ikki kun davom etdi. Konferensiya takliflariga asosan Sentrsoyuz “Matlubot koperatsiyasi tizimida axborotlarni mashinada ishlash muammolari” nomli qaror qabul qilindi. Shu qaror asosida barcha kooperativ institutlari yangi – yangi hisoblash texnikalari bilan ta’minlandi. Aynan shu davrga kafedraga shaxsiy kompyuterlar bilan jihozlanib berildi. Aynan ana shu yili kafedrada chop etilgan ilmiy ishlar 102 b.t. ni tashkil etdi. Jumladan 2 ta o‘quv qo‘llanmasi va bir necha risolalar.

     Jamoat ishlaridagi faoliyati ham esda qoladigan darajada o‘tardi. Bir necha yil davomida fakultetning III yoki IV kurs talabalariga paxta mavsumida rahbarlik faqat kafedraga topshirilar edi. Aynan kafedra boshqargan brigada musobaqada ilg‘or o‘rinlarni egallar edi. Natijada kafedraning katta o‘qituvchisi M.B.Abbasovga “Jiguli” mashinasi ajratildi.

  Kafedra faoliyati davomida bir necha bor nomi o‘zgarib, boshqa kafedra bilan qo‘shilib, ajralib yurdi. Mana bular:

   1984 yil 30 iyundan boshlar rektorning 10 iyul 1984 yil buyrug‘i bilan kafedraning nomi “Ma’lumotlar avtomatlashtirilgan tizimda ishlash (ASOD)” deb o‘zgartirildi.

   20 fevral 1986 yilda rektorning 23 “D” buyrug‘i bilan kafedra “Axborot – hisoblash tizimi (IBS)” deb nomlandi.

  1988 yil 10 fevral 30 “D” buyrug‘i bilan kafedra institutning “Boshqaruvning ilmiy asoslari” kafedrasi bilan birlashtirildi va “Boshqaruv va axborot (avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ASU))” deb nomlandi. Endi kafedra o‘qituvchilari tarkibiga yangi ilmiy pedagoglar qo‘shildilar. Bular dotsent N.R.Zugurov, dotsent M.D.Hamraqulova, dotsent A.Yu.Azizova, dotsent Abdullayev D.N., katta o‘qituvchi N.I.Gazaryans, katta o‘qituvchi Sh.S.Sharafitdinova, assistent (kabinet mudiri) To‘xtayev Sobirjonlar edilar.

   1989 yil 11 mart № 34 “L” buyrug‘i bilan kafedra ikkiga bo‘lindi va unga axborot – hisoblash tizimi (IBS) nomi berildi.

   R.A.Abdullayev kafedra tashkil etilgan kundan boshlab to 1995 yil iyuligacha kafedra mudiri bo‘lib ishlab keldi va juda ko‘p shogirdlar tayyorladi.

  1995 yilda kafedra “Menejment va axborotlar texnologiyalari” nomi bilan faoliyat ko‘rsatgan. Uning kafedra mudiri dotsent Zugurov N.R. bo‘lgan. 1998 yilda esa dotsent Zaynalov N.R. kafedrani boshqardi. 2001 yilda kafedra 2 ga bo‘lindi: “Axborot texnologiyalari”, “Menejment”.

   2001 yildan 2004 yilgacha “Axborot texnologiyalari” kafedrasiga dotsent Temirov O.G‘. mudirlik qilgan. Bu davrda kafedrada katta o‘qituvchilar Tog‘ayev Sh.S., Davronov A.E., Xudoynazarov N.U., assistentlar Boboqulov Yo.O., Sirliboyev V.X., Suvonqulov A.M., Jo‘raqulov J.D. lar faoliyat ko‘rsatgan.

   2004 yilda esa kafedrani vaqtinchaliq katta o‘qituvchi V.X.Sirliboyev boshqargan.

   2005 yildan 2013 yil iyungacha kafedrani dotsent A.I.Aliqulov boshqargan.

   2013 yil iyundan buyon kafedrani dotsent Zaynalov N.R. boshqarib kelmoqda.

18

19

21

20

22

23

   Ushbu yillarda kafedraning erishayotgan muvaffaqiyatlari juda ham salmoqli bo‘lib, ular quyidagilarda o‘z aksini topgan:

  - hozirgi vaqtda kafedrada 4 nafar dotsent (Aliqulov A.I., Zaynalov N.R., Burnashev V.F., Abdirashidov A.), 2 nafar katta o‘qituvchi (Jamanqulova F.E., Sirliboyev V.X.), 5 nafar assistent (Suvonqulov A.M., Ernazarov A.E. va boshkalar ), 2 nafar kabinet mudiri va 1 nafar laborant faoliyat ko‘rsatmoqda.

   - kafedrada 4 ta fan mavjud bo‘lib, ulardan 3 tasi bakalavriat talabalariga, 1 tasi magistratura talabalariga o‘tiladi.

  - kafedra fanlaridan asosan institutning 1 va 2 kurs talabalariga dars o‘tiladi. Bunda quyidagi fanlar mavjud: Informatika va axborot texnologiyalari, Axborot himoyasi va Internetdan foydalanish, Ta’limda axborot texnologiyalari, Axborot tizimlari (magistratura).

   - shu davrda 50 dan ortiq o‘quv – uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar tayyorlandi. Ulardan bir qismi leksiyalar kursi, ma’ruzalar matni, lug‘atlar, risolalardan iborat. Ilmiy ishlar yuzasidan esa nufuzli jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar to‘plamlarida 30 dan ortiq ma’ruza matnlari va tezislar chop etildi. Shu bilan birga kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan o‘quv – uslubiy majmualar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari talablari asosida tayyorlandi.

   - iqtidorli talabalardan Bekchanov Xusenbay 2005 yilda bo‘lib o‘tgan Respublika fan olimpiadasida faxrli 2-chi o‘rinni egalladi, Usmonov Sultonbek 2009 yilda Respublika fan olimpiadasida faxriy yorliq bilan taqdirlandi, Nasirov Azamat 2011 yilda bo‘lib o‘tgan “Kelajak ovozi” ko‘rik tanlovining Samarqand viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi. 2011 yilda 2 nafar talabalar Respublika fan olimpiadasida faol ishtirok etib, Abdullayev Sardor 4-chi o‘rinni, Farmonov Murod esa 3-chi o‘rinni egalladilar.

Fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy – tadqiqot ishlarini tadbiq etish natijasida bir qator ilmiy grantlar va xo‘jalik shartnomalari qilindi. Bular bir qator kasb – hunar kollejlari Veb-saytlarini yaratish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga konsalting xizmatlarini ko‘rsatish shartnomalarida o‘z aksini topgan.

           Hozirgi kunda kafedrada 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

1

2

Kafedrada 11 nafar professor – o‘qituvchilar ishlamoqda. Shulardan 2 nafari dotsent.; 1 nafari – fan nomzodi; 1 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari -  assistentlardir

3

 

 

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARINING TARKIBI

zaynalov 

Zaynalov Nodir Rasulovich, fizika-matematika  fanlari  nomzodi, dotsent.

2013 yil 22-iyundan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998902503207

Batafsil

 abdurashidov

Abdurashidov Ablakul, fizika-matematika  fanlari  nomzodi, dotsent.

2013 yil 2-sentyabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti (0,5 sht.b. bilan o‘rindosh) 

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998941824743

Batafsil

 jomonqulova

Jomonqulova Fazilat Esirgapovna,texnika fanlari nomzodi nomzodi, katta o’qituvchisi. 2005yil 2-sentyabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998933366695

Batafsil

 sirliboyev

Sirliboyev Vohid Xayrullayevich,katta o’qituvchi. 2002 yil 2- sentyabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998915247077

Batafsil

 ernazarov

Ernazarov Alisher Ergashevich, assistent. 2007 yil 20 dekabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998915243737

Batafsil

 rustamov

Rustamov Jamshid Rasulovich, assistant. 2014 yil 2 oktyabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998901997879

Batafsil

 abdunabi

Muxamadiyev Abdinabi Nuraliyevich, assistent. 2013 yil 1 iyundan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998979181988

Batafsil

 uzakova

Uzakova Sayyora Baxtiyorovna, assistent. 2016 yil 5 noyabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998933333095

Batafsil

 kuvandikov

Kuvandikov Idris Musurmanovich, assistant. 2016 yil 8 noyabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998933311866

Batafsil

 sharipova 1

Sharipova Umida Boltayevna, assistant. 2016 yil 1 noyabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +998933512525

Batafsil

 bolqiboyev

Bolqiboyev Otabek   , assistant. 2016 yil 5 sentyabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi assistenti.

xat  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. phone  +99893355666

Batafsil

DAVLAT ILMIY-TEXNIKA DASTURLARI DOIRASIDA BAJARILAYOTGAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING NATIJALARI

4

 

CHET EL GRANTLARI BO‘YICHA BAJARILGAN ISHLAR

5

 

Fanning ta’lim va ishlab chiqarish  bilan integratsiyasi (olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish)

    Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish natijasida www.sies.uz domeni doirasida www.tempus.sies.uz sahifasi tashkil qilinib, unda “Turoperatorlik” fani mavzulari kiritilib aprobatsiyadan o’tkazildi. Shu natijalarga asosan, www.moodle.sies.uz portaliga kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha materiallar kiritilmoqda. Shular qatorida quyidagi fanlar kiritildi:

1. Turizmda axborot texnologiyalari;

2. Xizmatlar sohasida axborot texnologiyalari;

3. Turizmda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari;

4. Axborot tizimlari.

    Bulardan tashqari TATU SF “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasida Yakuniy Davlat attestatrsiyasida 2016 yil 6-8 iyun kunlari rais o’rinbosari sifatida faoliyat ko’rsatdim.    Xuddi shunday, Samarqand qurilish va milliy hunarmadchlik kollejida  Yakuniy Davlat attestatrsiyasida 2016-yil 10-15 iyun kunlari a’zo  sifatida faoliyat ko’rsatdim.

29 aprel 2016 y  Ernazarov A. raxbariyat bilan birgalikda Payarik tumani Iqtisodiyot va servis kollejida AKT ni joriy qilish bo’yicha ma’ruza o’qib keldi.

Xalqaro  hamkorlik va chet el bilan  ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar

Kafedrada chet el oliygohlari bilan ilmiy-amaliy pedagogik aloqalar o‘rnatish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib borilmoqda. 

 

6

 

7

10

12

11

kabi ilmiy markazlar va shu mamlakatlar xududlarida joylashgan ilmiy tadqiqot institutlari, Fanlar Akademiyalari va ularning bo‘limlari bilan doimo aloqa qilib turadi.

 

8

 

Iqtidorli talabalar bilan ishlash

 Kafedrada iqtidorli talabalar to‘garagi mavjud. Unda kalendar yilining 1 – yarmida, ya’ni 2015-2016 o‘quv yilida 23 ta iqtidorli talaba to‘garakka jalb qilingan. Kalendar yilining 2-yarmida, ya’ni joriy 2015-2016 o‘quv yilida 24 ta iqtidorli talaba to‘garakka jalb qilingan. Prezident yoki Nomli davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish uchun talabalarni tayyorlash ishlari doimo olib boriladi. Iqtidorli talabalarga kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbar etib tayinlangan. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi mavjud, ularning darsdan keyingi ilmiy izlanishlariga sharoit yaratilgan, rahbarlari bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etishmoqdalar.

Talabalar ilmiy to‘garagida bakalavr bosqichi talabalarining ilmiy izlanishlari natijalari muhokama etilib boriladi.

Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy to‘garak va seminarlar:

  • iqtidorli talabalarning ilmiy to‘garagi «Informatika»;
  • ilmiy seminar «Zamonaviy axborot texnologiyalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish»

Kafedrada “Informatika va axborot texnologiyalari” hamda “Kompyuter grafikasi” fanlaridan Respublika fan olimpiadasining dastlabki boschiqi o‘tkazildi. Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha “Bank va moliya xizmatlari” fakultetining 3 kurs talabasi Olimov Muhammad hamda Kompyuter grafikasi fanidan “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti 2 kurs talabasi Yo‘ldoshev Alibek Jasurjon o‘g‘li g‘olib deb topildilar.

2016 yilning 11-12 may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan olimpiadaning final bosqichida “Kompyuter grafikasi” fanidan Yo‘ldoshev Alibek hamda “Informatika va axborot texnologilari” fanidan Olimov Muhammad ishtirok etishdi.

Iqtidorli talabamiz Olimov M. «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» makolalar tanlovida institutda 1-o’rinni egalladi.

19 aprel 2016 y  Iqtidorli talabamiz  Olimov M. «Ertangi kun bizniki, marra bizniki» makolalar tanlovida region bo‘yicha 2-o’rinni egalladi (ishlab chiqarish-texnik soha bo’yicha) va Toshkentda Moliya institutida bo’lib o’tgan  Respublika tanlovida ishtirok etdi.

      13

14

 

 

ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING SAMARADORLIGI

     Kafedrada ilmiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shulardan biri sifatida o‘qituvchilarning o‘quv ishlari bo‘yicha malaka oshirish kurslarini o‘tish jarayonida boshqa oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy ish bilan ham shug‘ulanishini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Aytilgan ilm va o‘quv markazlarida mavjud ilg‘or tajriba va yutuqlar o‘qituvchilar tomonidan ilmiy ishlarni yuritish va ularning natijalarini o‘quv jarayonida ishlatish sohasida qo‘llanilmoqda. Jumladan, ma’ruzalar o‘qishda, amaliy darslarni, laboratoriya darslarini o‘tishda fan va texnikaning yangi yutuqlaridan hisoblangan hisoblash texnikasi, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanishmoqda. Hisoblash texnikasi ilmiy-tadqiqot ishlarida ham keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Kafedra ilmiy ishlarining holati kafedrada bo‘ladigan majlislarda muntazam eshitib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.

   Kafedrada navbatdagi vazifalardan biri sifatida xo‘jalik shartnomalari tuzish, ilmiy aloqalarni tiklash va rivojlantirish, ilmiy jurnal va adabiyotlar fondini kengaytirish kabi masalalardir.

   Kafedrada ZiyoNet tarmog‘i uchun materiallar tayyorlab berish jadvali ishlab chiqilgan. Bundan tashqari institut qoshidagi “Servis” jurnaliga maqolalar tayyorlash uchun maxsus reja ishlab chiqilgan. Masalan, 2015 yilda quyidagi maqola topshirildi va 2016 yilda chop etildi:

“Bulutli texnologiyalar xizmatlari haqida”, mualliflar: N.R.Zaynalov, F.E.Jomonqulova, V.X.Sirliboyev, A.M.Suvankulov.

9

16

17

    O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan 2016 yilning 4-aprelida kafedra  dotsenti G.M.Porsayevning ham ishtirokida amalga oshirilgan   “Туристик корхона бошқарув самарадорлигини динамик меъёрлар модели ёрдамида баҳолаш” nomli dastur bo’yicha hamda shu yilning 5 fevralida “Туризм хизмат бозори бошқарув тизими самарадорлигини баҳолашнинг услубий асослари” va shu kunning o‘zida “Ўзбекистон Республикаси худудларида туризм тараққиёти интенсивлигининг коэффициентини ҳисоблаш”   nomli dasturлари bo’yicha patentlari qo‘lga kiritildi. Ularga mos ravishda № DGU 03656, № DGU 03563, № DGU 03562 raqamлари berilgan.

Ilmiy maqola, monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklar chop etish

   N.R.Zaynalov, F.E.Jomonqulova, V.X.Sirliboyev, A.M.Suvankulov., Ehnazarov A.E., Rustamov J.E. “Turizm sohasida axborot tizimlari tahlili” Samarqand-2016,Zarafshon nashriyotidan monografiya chop etildi va ilmiy bo’limga taqdim etildi. 

Ilmiy maqolalar: Xalqaro ilmiy jurnallarda:

   Худойназаров Х., Абдирашидов А., Буркутбаев Ш.М. Крутильные колебания вязкоупругого круглого стержня вращающегося с постоянной угловой скоростью // Сборник научных трудов Московского государственного технического университета им. Баумана: Математическое моделирование и численные методы. – №2, 2016. - С.81-96

  O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tomonidan 2016 yilning 4-aprelida kafedra  dotsenti G.M.Porsayevning ham ishtirokida amalga oshirilgan   “Туристик корхона бошқарув самарадорлигини динамик меъёрлар модели ёрдамида баҳолаш” nomli dastur bo’yicha hamda shu yilning 5 fevralida “Туризм хизмат бозори бошқарув тизими самарадорлигини баҳолашнинг услубий асослари” va shu kunning o‘zida “Ўзбекистон Республикаси худудларида туризм тараққиёти интенсивлигининг коэффициентини ҳисоблаш”   nomli dasturлари bo’yicha patentlari qo‘lga kiritildi. Ularga mos ravishda № DGU 03656, № DGU 03563, № DGU 03562 raqamлари berilgan.

Ilmiy maqolalar: Respublika ilmiy jurnallarida 

  1. AbdirashidovA., AbdurashidovA.A. ByurgerstenglamasinichekliayirmalarusulibilanMSExcelelektronjadvalidayechish.//SamDUIlmiyaxborotnomasi. 2015 yil, 3-son. – 132-136 b.
  2. Абдирашидов А., Аминов Б.Б., Абдурашидов А.А. Решения многомерных задач математической физики методом дробных шагов // СамГАСИ, Научно-технический журнал: Проблемы архитектуры и строительства. 2015 г., №2. – С.46-50.
  3. Абдирашидов А., Абдурашидов А.А., Аминов Б.Б. Решение нелинейной краевой задачи для одномерного волнового уравнения с разностной схемой с весами // СамГАСИ, Научно-технический журнал: Проблемы архитектуры и строительства. 2016 г., №1. – С.84-87.
  4. Кудратов А.Э., AбдирашидовA.Точное решение нелинейного волнового уравнения Кортевега-Де-Фриза методом синус-косинус функций // Проблемы архитектуры и строительства. 2016 г., №3. – С.56-6
  5. AбдурашидовA.А., AбдирашидовA.Применение модифицированного метода вариационных итераций к решению ОДУ первого порядка // Проблемы архитектуры и строительства. 2016 г., №3. – С.06-64.
  6. Абдурашидов А.А., Абдирашидов А. Применение модифицированного метода вариационных итераций к решению ОДУ второго порядка // Проблемы архитектуры и строительства. 2016 г., №4.
  7. Худойназаров Х., Абдирашидов А., Деформирование пластины ступенчато-переменной толщины, подверженной действию взрывных волн // TDTYIaxborotnomasi, 2016 y., №4.
  8. AбдурашидовA.А., AбдирашидовA. Решения нелинейных волновых уравнений методом вариационных итераций // TDTYIaxborotnomasi, 2016 y., №4.

Ilmiy-amaliy konferensiyalarda chop etilgan tezislar:

Xalqaro konferensiyalarda

  1. Усманов И.А., Зайналов Н.Р., Файзиева И.И. Туризм соҳасида Интернет рекламанинг ўрни ва унинг аҳамияти.// “Савдо ва хизмат кўрсатиш соҳаси: анъаналар ва инновациялар” мавзусидаги халқаро илмий – амалий анжумани. Самарқанд, 2015 йил 12 – 13 ноябр, 133-137 б.
  2. Абдирашидов А., Зайналов Н.Р., Сирлибоев В.Х. Основные проблемы автоматизация деятельности туристических предприятий Республики Узбекистан. // “Савдо ва хизмат кўрсатиш соҳаси: анъаналар ва инновациялар” мавзусидаги халқаро илмий – амалий анжумани. Самарқанд, 2015 йил 12 – 13 ноябр, 320-324 б.
  3. Эрназаров А.Э., Жомонкулова Ф.Э. Ўқув машғулотлари мақсадларини аниқлаштириш ва уларни топшириқларга айлантириш. // “Савдо ва хизмат кўрсатиш соҳаси: анъаналар ва инновациялар” мавзусидаги халқаро илмий – амалий анжумани. Самарқанд, 2015 йил 12 – 13 ноябр, 457-461 б.
  4. Рустамов Ж.Э., Жомонкулова Ф.Э., Ўрозов Б.З. Интернет савдо тизими. // “Савдо ва хизмат кўрсатиш соҳаси: анъаналар ва инновациялар” мавзусидаги халқаро илмий – амалий анжумани. Самарқанд, 2015 йил 12 – 13 ноябр, 291-294 б.
  5. Кубаев У.Р., Рустамов Ж.Э., Ўрозов Б.З. Савдо хизмат кўрсатиш соҳасида ахборот-коммуникация технологиялари (АКТ) ни қўллаш. // “Савдо ва хизмат кўрсатиш соҳаси: анъаналар ва инновациялар” мавзусидаги халқаро илмий – амалий анжумани. Самарқанд, 2015 йил 12 – 13 ноябр, 237-241 б.
  6. Тўхлиев И.С., Абдуҳамидов С.А., Мухамадиев Н.А., Хамитов М.Х. Хизматлар соҳаси-нинг таълим йўналишлари учун электрон дарсликлар яратишнинг ўзига хос хусусият-лари. // “Савдо ва хизмат кўрсатиш соҳаси: анъаналар ва инновациялар” мавзусидаги халқаро илмий – амалий анжумани. Самарқанд, 2015 йил 12 – 13 ноябр, 271-274 б.
    1. Нормуродов Т.Б., Абдирашидов А. Изучение распространения сейсмических поверхностных волн в долинах Узбекистана // Международная научно-техническая конференция: "Прочность конструкций, сейсмодинамика зданий и сооружений". - Ташкент, 14-15 сентября 2016 г. -76-80 стр.
    2. Нормуродов Т.Б., Нишонов У.А., Абдирашидов А. Решение нелинейных ОДУ методом вариационных итераций // Международная конф. «Нелинейный анализ и его приложения». Самарканд, 19-21 сентябрь 2016 г. - 68-71 стр.
    3. Абдурашидов А.А., Нишонов У.А., Абдирашидов А. Решение нелинейных ОДУ модифицированных методом вариационных итераций // Международная конф. «Нелинейный анализ и его приложения». Самарканд, 19-21 сентябрь 2016 г. 71-75 стр.
    4. Кудратов А.Э., Абдирашидов А. Применение методов синус-косинус функций к решению нелинейных уравнений в частных производных // Международная конф. «Нелинейный анализ и его приложения». Самарканд, 19-21 сентябрь 2016 г. -  81-85 стр.
    5. Абдурашидов А.А., Абдирашидов А., Аминов Б.Б. Решение нелинейных волновых уравнений методом вариационных итераций // Международная конф. «Нелинейный анализ и его приложения». Самарканд, 19-21 сентябрь 2016 г. 75-79 стр.
    6. “Ўқув машғулотлари мақсадларини аниқлаштириш ва уларни топшириқларга айлантириш”. Эрназаров А.Э., Жомонқулова Ф.Э. “Савдо ва хизмат кўрсатиш соҳаси: анъаналар ва инновациялар” мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжумани. Самарқанд, 12-13 ноябр 2015 йил.

Ilmiy-amaliy konferensiyalarda chop etilgan tezislar:

Respublika konferensiyalarida

  1. Abdirashidov A., Aminov B.B., Abdullayev O'.O'. Tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda talabalar mustaqil ishini tashkil etish va bajarishga oid uslubiy tavsiyalar// Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami: "Tabiiy va aniq fanlarni o'qitishning dolzarb muammolari", Samarqand, 29 iyun 2015 y. – 45-48 betlar.
  2. Abdirashidov A., Aminov B.B., Rashidov A. Pedagogik konsepsiya haqida ba’zi mulohazalar// Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami: "Tabiiy va aniq fanlarni o'qitishning dolzarb muammolari", Samarqand, 29 iyun 2015 y. – 49-52 betlar.
    1. Абдукаримов А., Нормуродов Т.Б., Абдирашидов А. Решение задачи распространения тепла в безграничном однородном стержне МГЭ // ТАТУ Самарқанд филиали профессор-ўқитувчиларининг XI илмий-амалий конференция матераллари тўплами “Замонавий ахборот-коммуникация технологиялари”. 2016, 79-82 б.
    2. Normurodov T.B., Abdirashidov A., Abdukarimov A. Balkaning koʻndalang egilishi masalasini chegaraviy elementlar usuli bilan yechish//Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi materiallari to'plami: "Аxborot va telekommunikasiya texnologiyalari muammolari", Toshkent, 11-12 mart, 2016. – 118-120 б.
    3. Salimov X., Abdirashidov A. Sterjenli sistemaning birinchi kritik kuchini chegaraviy elementlar usuli bilan aniqlash // СамДАҚИ XIII республика илмий-амалий анжумани материаллари "Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар – мамлакат тараққиётининг муҳим омили". – Самарқанд, 29-30 апрель, 2016. – 44-46 бетлар.
    4. Mamatov Sh.S., Abdirashidov A., Abiyev N.Q. Maktabda informatika fanini o‘qitishning ba’zi uslubiy jihatlari haqida// Республика илмий-амалий анжумани материаллари: "Умумтаълим мактаблари таълим жараёнида АКТдан фойдаланишнинг долзарб муаммолари ва ечимлари". - Navoiy, 30 aprel, 2016.
    5. Abdirashidov A., Mamatov Sh.S., Aminov B.B. Maktabda matematika fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalar//Республика илмий-амалий анжумани материаллари: "Умумтаълим мактаблари таълим жараёнида АКТдан фойдаланишнинг долзарб муаммолари ва ечимлари". - Navoiy, 30 aprel, 2016.
    6. Abdirashidov A., Mamatov Sh.S., Aminov B.B. Matematika darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish//Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari: "Yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning korporativ muammolari: muammo va yechimlar" - Farg'ona, 15 mart, 2016.
    7. Abdirashidov A., Mamatov Sh.S. Informatika fani darslarida qiziqarli masalalardan foydalanish haqida baʼzi uslubiy tavsiyalar // O'zR VMning SamDU qoshidagi 1-son akademik litseyida tashkil etgan ilmiy-amaliy anjumani materiallari: "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida umumta'lim fanlarini o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish". – Samarqand, 1-2 mart, 2016.
    8. Abdirashidov A., Nishonov O'.A., Ne'matov Sh. Elementar geometriya masalalarida oliy matematika kursi elementlarini qo'llash orqali innovatsion yondashuv. // O'zR VMning SamDU qoshidagi 1-son akademik litseyida tashkil etgan ilmiy-amaliy anjumani materiallari: "Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida umumta'lim fanlarini o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish". – Samarqand, 1-2 mart, 2016.
    9. “Туризм соҳасида қўлланиладиган виртуал технологиялар”. Зайналов Н.Р., Эрназаров А.Э., Расулов Ш.Ж. “Хизмат кўрсатиш соҳаси тармоқларини ривожлантириш истиқболлари”. Профессор ўқитувчилар ва иқтидорли талабалар республика илмий-амалий анжумани. 2015 йил, 18-21 декабр.
    10. “Ўқув машғулотларини аниқлаштиришнинг аниқ фанларни ўқитиш самарадорлигини оширишдаги ўрни”. С.Абдалова, А.Эрназаров. ТошМИ. Молия кредит йўналишларидаги иқтисодчи педагогик кадрлар малакасини оширишнинг устувор вазифалари. Илмий амалий конференция. 2016 йил март.
    11. “Ўқитувчилар малакасини оширишда илғор педагогик технологиялар”. А.Эрназаров. ТошМИ. Молия кредит йўналишларидаги иқтисодчи педагогик кадрлар малакасини оширишнинг устувор вазифалари. Илмий амалий конференция. 2016 йил март.
    12. “Ўқув мақсадларини аниқлаштиришнинг аниқ фанларни ўқитиш самарадорлигини оширишдаги ўрни”. А.Эрназаров, М.Ҳайдаров. ЎзПФИТИ. Аниқ фанларни ўқитиш самарадорлигини ошириш ва таълим сифати индикаторларини амалётга самарали жорий этиш муаммолари. Республика илмий-амалий конференцияси. 2016 йил март.
    13. Suvankulov A.M. Korxona faoliyatini rejalashtirishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida (maqola) «Иктисодиетдаги чукур таркибий узгаришлар шароитида хизмат курсатиш сохаси тармокларини ривожлантиришнинг долзарб муаммолари» Республика илмий-амалий  анжуман материллари . Самарканд, 20 май 2016 й.,  СамИСИ ,  2016. –218-221 б.
    14.   Олимов О. Методы защиты персональных данных в социальных сетях (maqola) «Ижтимоий соха инфратузилмасини ривожлантиришнинг методологик  муаммолари» Республика илмий-амалий  анжуман .  Самарканд, 20 май 2016 й.,  СамИСИ ,  2016. –265-268 б.

 

 OTM ilmiy to‘plamlarida chop qilingan ishlar:

  1.  Абдирашидов А. Оддий дифференциал тенглама учун чегаравий масалаларни чегаравий элементлар усули билан ечиш // СамДУ проф.-ўқитувчилари ва ходимларининг 2015 йилдаги илмий тадқиқот ишлари якунлари бўйича анъанавий LXII илмий конференцияси. – Самарқанд, 14-16 апрель, 2016.
  2. “Илғор педагогик технологиялар бўйича ўқув машғулотларини аниқлаштириш”. Мавлянов А., Абдалова С., Эрназаров А. ТАЪЛИМ, ФАН ВА ИННОВАЦИЯ. Маънавий-маърифий, илмий-услубий журнал. 2016 йил 2-сон.
  3.  “Илғор педагогик технологиялар асосида малакали мутахассисларни тайёрлаш самарадорлигини ошириш муаммолари”. Мавлянов А., Абдалова С., Эрназаров А. МДУ Тошкент филиали. Профессиональное установления личности XXI века в системе неприривного образования: теория, практика и перспективы. Научно практическая конференция.

Nashr qilingan o‘quv – uslubiy ko‘rsatmalar:

  1. Abdirashidov A., Babajanov B.B. Tizimli tahlil asoslari modulining amaliy mashgʻulotlari va mustaqil taʼlimi. Uslubiy koʻrsatmalar. – Samarqand: SamDU nashri, 2016. – 92 bet;
  2. Xudoynazarov X., Abdirashidov A. Gidravlika, Gidrodinamika, Suyuqlik va gaz mexanikasi. Uslubiy ko’rsatma. – Samarqand: SamDU nashri, 2016. – 54 bet;
  3. Abdirashidov A., Mamatov Sh.S. Informatika fanidan pedagogik amaliyotni o'tkazish. Uslubiy ko'rsatmalar. – Samarqand: SamDU nashri, 2016. – 28 bet;
  4. Abdirashidov A., Aminov B.B., Abdurashidov A.A. Chiziqli bo'lmagan tenglamalarni yechishning sonli usullari. Uslubiy ko'rsatmalar. – Samarqand: SamDU nashri, 2016. – 56 bet.
  5. Abdirashidov A., Bo'ronov X. Gidravlika fanidan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish uchun masalalar yechish. Uslubiy ko‘rsatmalar. – Samarqand: SamDU nashri, 2016. – 72 bet.
  6. Abdirashidov A., Abdurashidov A.A. Oddiy differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalarni o'q otish usuli bilan sonli yechish. Uslubiy ko'rsatmalar. – Samarqand: SamDU nashri, 2016. – 48 bet;
  7. Абдирашидов А., Аминов Б.Б., Абдурашидов А.А. Программирование. Основы работы в среде PascalABC. Методические указания. – Самарканд: Изд-во СамГУ, 2016. – 72 стр.
  8. Xudoynazarov X., Abdirashidov A. Suyuqlik va gaz mexanikasi. O'quv qo'llanma. – Samarqand: Zarafshon nashri, 2016. – 370 bet;
  9.  Б.Хўжаёров, И.Шадманов , Ф.Жомонқулова “Дифференциал ҳисобнинг иқтисодий масалаларни ечишга қўлланилиши”, 2016. -31бет.
  10. Рахимов Б.Х.,Мавлянов А., Абдалова С.Р., Эрназаров А.Э. “Ўқув машғулотларини замонавий ташкил этиш ва ўтказиш технологиялари”. Тошкент -2016. 135 бет.
  11. Рахимов Б.Х.,Мавлянов А., Абдалова С.Р., Эрназаров А.Э. “Фанларни ўқитиш бўйича услубий кўрсатма ва тавсиялар”. Тошкент -2016. 82 бет.
  12.  Zaynalov N.R., Jomonqulova F.E., Amriddinova R.S., Sirliboyev V.X., Ernazarov A.E., Suvankulov A.M., Rustamov J.E. Mehmonxonalarda axborot-kommunikatsion tizimlar. Ma’ruzalar kursi. – Samarqand,  SamISI, 2016 y., 400 b.
  13. Zaynalov N.R., Jomonqulova F.E., Sirliboyev V.X., Ernazarov A.E., Suvankulov A.M., Rustamov J.E. Xizmatlar sohasida  axborot texnologiyalari. Ma’ruzalar kursi. – Samarqand,  SamISI, 2016 y., 882 b.
  14. Zaynalov N.R., Jomonqulova F.E., Sirliboyev V.X., Ernazarov A.E., Suvankulov A.M., Rustamov J.E. Turizmda axborot texnologiyalari. Ma’ruzalar kursi. – Samarqand,  SamISI, 2016 y., 854 b.
    1. Rustamov J.E.Qurbonov M.M.Orkena E.V. Rahmatullayevah.“Internet va intranet xizmatlari” Litsey o‘quvchilari uchun  «Informatika va AT» fanidan nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishga mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatma. SamISI.-2016-51 b.
    2. Suvankulov A.M., Qurbonov M.M., Orkena E.V. ,  Rahmatullayevah.“Jadval prosessorlari yordamoda axborotga ishlov berish texnologiyalari” Litsey o‘quvchilari uchun  «Informatika va AT» fanidan nazariy va amaliy topshiriqlarni bajarishga mo‘ljallanganuslubiy ko‘rsatma.-2016-74 b.

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
 
Kafedraning “Iqtisodiyotda zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiya tizimlarining taxlili va tadbiq qilish yo‘llari” mavzusi doirasidaolib borilayotgan ilmiy ishlar:
Loyiha nomi: “Avtomatlashtirilgan axboro texnologiyalari”  YUNESKO kafedrasi
Loyiha turi: ta’lim sohasida tadqiqotlar
Loyiha rahbari: Zaynalov N.R.
Loyiha bajaruvchilari: kafedra a’zolari
Muddati: chegaralanmagan
 
Kafedra manzili: Amir Temur ko‘chasi, 9-uy,Rektorat binosi, 1 qavat 20 xona