Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi
 
Urazov Komil Baxramovich

   

   Kafedra mudiri: i.f.d., professor Urazov Komil Baxramovich

   Telefon: +99891 520-65-83

   Elektron manzili: urazovkbThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

                               

 

 

«Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi tarixi

      «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining eng ko‘hna kafedralaridan biridir. U 1931 yilda tashkil etilgan. Kafedra institutimiz, shuningdek Samarqand iqtisodiyot maktabini shakllanishi va ravnaqiga  munosib hissa qo‘shgan jamoalardan hisoblanadi.

      O‘tgan 85 yil mobaynida kafedra turli nomlar bilan atalgan.

  «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasining
o‘tgan yillardagi nomlari
 «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi

Kafedraga u tashkil qilingan kundan boshlab, hozirgi kungacha, o‘z sohasining chuqur bilimdonlari, taniqli pedagog – olimlari mudirlik qilganlar va qilib kelmoqdalar. Kafedra tashkil qilingan dastlabki yillarda (1931-1934 yillarda) unga mudirlikni pedagoglardan S. Gurevich, V.N. Krilov va dotsent D.V. Mezensevlar olib borganlar. Keyinchalik, dotsent Mezensev D.V. qator yillar mobaynida Leningrad savdo institutida professor lavozida ishlagan va buxgalteriya hisobi kafedrasiga rahbarlik qilgan.

1935 yildan boshlab uzoq yillar davomida (1963 yilgacha) kafedraga dotsent B.G.Kantor mudirlik qilgan. Ushbu talantli olim va rahbar kafedra ravnaqiga katta hissa qo‘shganlardan hisoblanadi. Chunonchi, u kishi mahalliy kadrlarni ishga jalb etgan va markaziy shaharlar – Moskva, Leningrad, Kiyev kabi shaharlarning oliy o‘quv yurtlariga maqsadli aspiranturaga yuborishda tashabbuskorlik qilgan.

19491964 yillarda kafedrada sobiq SSSRda tanilgan yirik olim i.f.d., professor S.M. Yugenburg ishlagan.  U kishi bir vaqtningo‘zida kafedra professori va institut ilmiy ishlari prorektori sifatida kafedra ravnaqiga katta hissa qo‘shgan, shu paytda yosh pedagoglar bo‘lgan R.A. Abdullayev, I.T. Abdukarimov, K.F. Abdukarimova va boshqalarda ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borishda havas uyg‘otganlardan hisoblanadi. Ushbu iqtidorli yosh o‘qituvchilar professor S.M.Yugenburgning yo‘llanmasi bilan maqsadli aspiranturaga yuborilgan. Kafedraning katta yoshdagi pedagok – olimlari professor S.M. Yugenburgni  hech kimdan o‘z maslahatini va yordamini ayamagan ajoyib ustoz sifatida yodoladilar. 

1963–1964 yillarda kafedraga buxgalteriya hisobi sohasining taniqli pedagog – olimi dotsent I.K. Slepnev rahbarlik qilgan.  Bu olim institutimizning ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan. Keyinchalik, Moskva kooperativ instituti professori, prorektori va shu institutning «Buxgalteriya hisobi» kafedrasida uzoq yillar davomida mudirlik qilgan.  Professor I.K. Slepnev institutimiz uchun fan nomzodlari va doktorlarini tayyorlashda katta xizmat ko‘rsatgan ustoz hisoblanadi. Taniqli olim  matlubot kooperatsiyasi tizimida o‘ziga xos buxgalterlar va  nazoratchi – taftishchilar ilmiy maktabini yaratgan, unga uzoq yillar davomida bevosita rahbarlik qilgan, ko‘plab fan nomzodlarini tayyorlagan. U matlubot kooperatsiyasi sohasida buxgalteriya hisobi bo‘yicha fundamental darsliklarning muallifi hamdir. Kafedramiz a’zolari bu ulug‘ insonni har doim o‘z xotiralarida saqlaydilar va e’zozlaydi.

 1964 – 1967 yillarda kafedraga, barchamiz uchun sevimli va mehribon  bo‘lgan I.T. Abdukarimov mudirlik qilgan. Butun umrini ilm-fan, yoshlar tarbiyasiga bag‘shida qilgan ustoz I.T. Abdukarimov, keyinchalik butun sobiq SSSRda eng taniqli olim darajasiga ko‘tarildi. O‘zi fan doktori bo‘ldi, ko‘plab fan nomzodlari va doktorlarini tayyorladi. Institutimizda prorektor, keyinchalik, rektor lavozimini bajaruvchi bo‘lib  ishladi. Bugungi kunda, iqtisod fanlari doktori, professor I.T. Abdukarimov Rossiyaning Tambov davlat universitetida professor sifatida faoliyat olib bormoqda. Professor I.T. Abdukarimov, aynan 60-yillarda «Samarqand iqtisodchilar maktabi»ga asos soldi, uning  tan olinishi va rivojlanishiga bosh – qosh  bo‘ldi. Ushbu maktab, hozirgi kunda ustozning shogirdi hisoblangan i.f.d., professor M.Q.Pardayev rahbarligida respublikamiz va undan tashqarida o‘z nufuziga ega bo‘lgan ilmiy maktablardan biri sifatida o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

1967 yildan boshlab yaqin 15 yil mobaynida kafedraga dotsent K.F.Abdukarimova mudirlik qildi. U kishining rahbarligida kafedraning ilmiy salohiyati eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Bu davrda kafedraning ilmiy darajalik ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil qildi. Aynan K.F.Abdukarimova mudirlik qilgan yillarda mutaxassislik fanlarini o‘zbek tilida o‘rganishga o‘tildi. Davlat tilida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va uslubiy ko‘rsatmalar chop etila boshlandi. Bular qatoriga 1969 yilda respublikamizda ilk bor o‘zbek tilida «O‘qituvchi» nashriyotida R.A. Abdullayev, I.T.Abdukarimov va K.F.Abdukarimovalar muallifligida chop etilgan «Matlubot kooperatsiyasida buxgalteriya hisobi» darsligi kiradi. 

1982 yildan 1987 yilgacha kafedraga mudirlikni ilk bor respublikamizda «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va nazorat» ixtisosligi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan D.Q..Qudbiyev olib bordi. Keyinchalik, professor D.Q.Qudbiyev hisob – iqtisod  fakulteti dekani, markaz boshlig‘i lavozimlarida ishladi. Bugungi kunda D.Q.Qudbiyev Farg‘ona politexnika institutida professor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Professor D.Q.Qudbiyev institutimizda bevosita buxgalteriya hisobi yo‘nalishida ta’lim olgan, ko‘p yillar davomida turli oliygohlarda prorektor va kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan, hozirgi kunda O‘zbekiston Soliq Akademiyasi «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi professori lavozimida ishlayotgan Z.N. Qurbanovni hamda Farg‘ona politiyexnika institutida fakultet dekani va kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan, hozirgi kunda magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritagan I.N. Ismanovni fan doktori bo‘lishlarida ilmiy rahbar (maslahatchi) sifatida katta hissa qo‘shdi.

1987 – 1992  yillarda  kafedraga mudirlikni dotsent H.N. Musayev olib bordi. Keyinchalik, u kishi G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasida ilmiy stajerovkani o‘tadi va 1993 yil mart oyida mazkur akademiyada doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 1993 yilda kafedra tarkibidan «Audit» kafedrasining ajralib chiqilishi munosabati bilan H.N. Musayev professor lavozimiga o‘tkazildi va ushbu kafedraga 1997 yilgacha mudirlik qildi. 1997 yilda «Audit» kafedrasi bilan «Buxgalteriya hisobi» kafedrasi qayta qo‘shilishi munosabati bilan H.N. Musayev kafedra professori sifatida, bir vaqtning o‘zida 1998 yildan 2004 yilgacha institut ilmiy bo‘limi boshlig‘i va ilmiy ishlari prorektori lavozimlarida ishladi. H.N.Musayev, keyinchalik, 2004-2008 yilda  «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasiga mudirlik qildi. U kishining 600 dan ortiq o‘quv adabiyotlari, monografiyalari, o‘quv-uslubiy ishlari va maqolalari chop etilgan. Bularning ichida, respublikamizda birinchilar qatorida nashr etilgan “Audit” darsligi (T.: “Moliya”, 2003, 12,75 b.t), o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan “Audit” o‘quv qo‘llanmasi (T.: TDIU, O‘BAMA nashriyoti, 2003, 21,25 b.t., hammualifligida), lotin alifbosida nashr etilgan “AUDIT” o‘quv qo‘llanmasi bor (T.: “IQTISOD – MOLIYA ”, 2008, 11,0 b.t. hammualifligida). Ustozning ko‘plab ilmiy maqolalari nashrlari – Moskva, Novosibirsk, Tambov, Lvov, Poltava, Olma-ata, Qarag‘andada chop etilgan. Pedagog – olim  H.N. Musayev tomonidan chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari bugungi kunda respublikamizning ko‘plab iqtisodiy oliygohlarida keng foydalanilib kelinmoqda. Professor H.N.Musayev 1995-1996 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan Kengash a’zosi, 1996-2003 yiilarda O‘zbekiston Respublikasi Bank – moliya  akademiyasi qoshidagi dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan Kengash a’zosi, 2004-2009 yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi dissertatsiyalarni himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan Kengash a’zosi sifatida moliya, soliq, bank ishi, buxgalteriya hisobi, audit iqtisodiy tahlil, xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyoti bo‘yicha yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda faol ishtiroq etib keldi. Professor H.N.Musayev 2003-2010 yillar mobaynida Qozog‘iston Respublikasining Qarag‘anda iqtisodiyot universiteti qoshidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha davlatlararo ixtisoslashgan Kengash a’zosi sifatida faoliyat olib bordi. Professor H.N.Musayevning xalqaro darajadagi ilmiy-pedagogik salohiyati, ushbu sohada erishilgan natijalari e’tiborga olinib u kishiga 2006 yil 12 iyunda Xalqaro Yevroosiyo Iqtisodiyot Akademiyasining akademigi  unvoni berilgan. Bu kafedramiz va institutimizning ham faxridir. Professor H.N. Musayev faoliyatida iqtidorli  talabalar bilan ishlash, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish masalalari alohida o‘rin tutadi. U kishi rahbarligidagi ko‘plab iqtidorli talabalar fanlardan respublika olimpiadalrining g‘oliblari, Davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan. Jumladan, ustoz rahbarligida sobiq talabalardan Ne’matov Oybek “Ulug‘bek” Davlat stipendiyasi sovrindori, Butayev O‘tkir  “Alisher Navoiy” nomli Davlat stipendiyasi sovrindori, Ochilov Olmos “Alisher Navoiy” nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lganlar. Ustoz faoliyatidagi yana bir muhim yo‘nalish – bu u kishi tomnidan respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta’lim islohotlari, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi muammolar va ularning yechimlari  bo‘yicha respublika va Samarqand viloyatining ommmaviy axborot vositalarida dolzarb masalalarda chiqishlar hisoblanadi. Gazetalarning sahifalarida hukumat qarorlari, ulardagi vazifalarni bajarish maqsadida o‘zining qimmatli tavsiyalarini berib kelmoqda. Ustoz–pedagok H.N.Musayev uzoq yillardan beri institutimizning “ Iqtisodiyot va servis” ko‘p sonli gazetasining tahrir hay’ati a’zosi sifatida faol ishtirok etib raqobatbardosh mutaxassis– kadrlarni tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

     “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasiga 1992 yilning oxiridan 2004 yil aprel oyigacha dotsent K.B. Urazov mudirlik qildi. U kishi 2006 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, 2007 yilda professor unvoniga ega bo‘ldi. Professor K.B.Urazov 2008 yilning aprelida kafedra mudirligiga qaytadan saylandi va bungi kungacha unga rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada o‘quv jarayoni yangi pedagogik texnologiyalar talablari asosida to‘liq  tashkil qilingan. Yoshlarning ta’lim – tarbiyasiga alohida e’tibor berilib kelinmoqda. Fanlarning nazariya va amaliyot bilan uyg‘unlashuvi yaxshilanib bormoqda. Professor K.B. Urazov respublikamizda buxgalteriya hisobi va audit sohasining yetuk va taniqli olimlaridan hisoblanadi. U kishi rahbarligida, oxirgi yillarda  ikkita fan nomzodi tayyorlandi (institut «Bank-moliya xizmatlari» fakulteti dekani lavozimida ishlagan S.N. Tashnazarov va kafedra katta o‘qituvchisi N.U. Xudayberdiyev), 4 ta ilmiy tadqiqotchilar esa  (S.N. Tashnazarov, M.Annayev, D. Pashaxodjayeva, Yo.Isroilov), hozirgi kunda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish arafasida. Professor K.B. Urazov hajmi 500 b.t.dpg ortiq bo‘lgan 300dan ziyod ilmiy, o‘quv, va o‘quv – uslubiy ishlar va maqolalarning mualifidir. Bularning ichida ko‘plab darsliklar,  o‘quv qo‘llanmalari va maqolalar bor. U kishining 2011 yilda, birinchi marta respublikamizda davlat tilida  «Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» darsligi chop etildi. 2004 yilda «O‘qituvchi» nashriyotida «Buxgalteriya hisobi va audit» o‘quv qo‘llanmasi, 2004-2013 yillarda institut bosmaxonasida chop qilingan «Buxgalteriya hisobi va audit» fanidan ma’ruza matnlari to‘plami, “Buxgalteriya moliyaviy hisobi” o‘quv qo‘llanmasi, «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashriyotida chop etilgan «Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi» (2003 yil), «Savdoda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» (2004 yil), «Buxgalterskiy uchet i nalogooblojeniye v torgovle» (2005 yil) ilmiy- amaliy qo‘llanmalari, «Fan» shariyotida chop etilgan «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining konseptual masalalari» (2004 yil) va «Iqtisodiyot» nashriyotida chop etilgan «Xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalarida buxgalteriya hisobi va auditning dolzarb masalalari nomli  monografiyasi hozirgi kunda respublikamizning barcha iqtisodiy oliygohlarida keng foydalanib kelinmoqda.  Professor K.B. Urazov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi metodologik kengash a’zosi, buxgalteriya hisobi milliy standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha davlat ishchi guruhi a’zosidir. U ko‘plab nomzodlik  va doktorlik  dissertatsiyalariga rasmiy opponentlik qilgan, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalarga taqriz bergan va ularga mas’ul muharrirlik qilgan. Professor K.B. Urazovning qalamiga mansub bo‘lgan ilmiy ishlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqolalari yosh pedagogik-olimlarga muhim  manba sifatida xizmat qilmoqda.

O‘zining o‘tgan 85 yillik  tarixiga ega bo‘lgan “Buxgalterya hisobi va audit” kafedrasi nafaqat buxgalteriya hisobi, nazorat, taftish, audit fanlari ravnaqiga, balki boshqa iqtisodiy  fanlarining o‘qitilishiga va ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan. Uning tarkibida o‘qitilgan ko‘plab fanlar, (statistika, moliya va kredit, iqtisodiy tahlil, hisoblash mashinalari va programmalashtirish, iqtisodiy axborotlarga mashina ishlovini tashkil qilish va boshqa fanlar ) e’tiborga olinib, keyinchalik, alohida kafedralar ajralib chiqdi . Chunonchi, 1963 yilda Statistika», 1977 yilda esa «Moliya va kredit» kafedralari shular jumlasidandir.

 1979 yilda kafedra tarkibidan «Iqtisodiy axborotlarni mashina ishlovini tashkil etish» (OMOEI) kafedrasi ajralib chiqdi. Bu kafedraga dotsent (keyinchalik professor) R.A. Abdullayev 1997 yilgacha bevosita rahbarlik qildi. Professor R.A.Abdullayev iqtisodiy axborotlarga mashina ishlovini berish, chunonchi buxgalteriya hisobini avtomatizatsiyalashgan tizimlariga oid ko‘plab o‘quv qo‘llanmalarni respublikamizning eng nufuzli nashriyoti bo‘lgan «O‘qituvchi» nashriyotida o‘zbek tilida chop etilishiga bosh rahbar bo‘ldi.

2001 yildanprofessor R.A. Abdullayev «Buxgalteriya hisobi» kafedrasida o‘z faoliyatni davom ettirmoqda. 2010 yilda professor R.A. Abdullayevning «Buxgalterskiy uchet i audit» o‘quv qo‘llanmasi Oliy ta’lim vazirligining grifi bilan nashr etildi. 2011 yilda ushbu o‘quv qo‘llanma to‘ldirilgan tarzda 1000 nusxada qayta nashr qilindi. Domla tomonidan nashr qilingan ushbu o‘quv adabiyotlari ham talabalarga, ham amaliyot xodimlarga katta naf keltirmoqda.

Professor R.A. Abdullayev Xalqaro Informatizatsiya Akademiyasining muxbir a’zosidir.

Professor R.A. Abdullayev yuqori ilmiy-pedagogik salohiyatga ega bo‘lgan ustoz sifatida kafedrada katta hurmat va e’zozga ega. Domla fanlardan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarni yuqori saviyada olib boradi. Darslarda respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning natijalari, ta’lim – tarbiyaning kasbiy mahorat shakillantirishdagi o‘rni  alohida ahamiyat beriladi. Mashg‘ulotlardagi nazariy masalalar korxonalar amaliyoti bilan uyg‘onlashtirilgan holda ochib beriladi. Buxgalterlik kasbi, buxgalterlarning ma’suliyati va vazifalariga alohida e’tibor beriladi. Salohiyatli olim respublika va institut miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan ilmiy – amaliy anjumanlarning   faol ishtiroqchisi hisoblanadi. Domla fanlarning o‘quv – uslubiy  ta’minotiga alohida e’tibor beradi va uni boshqa o‘qituvchilardan ham talab qiladi. Professor R.A.Abdullayev yoshlar tarbiyasida faol bo‘lib kafedra professor – o‘qituvchilarning bevosita ustozi hisoblanadi. Ochiq  va o‘zaro darslarda ishtiroq etish natijalari bo‘yicha kafedra a’zolariga o‘zining qimmatli maslahatlarini ayamaydi. Ustozdagi eng muhim hislatlardan yana biri – bu o‘z kasbini hurmat qilish, ichki tartib-qoidalarga to‘liq amal qilishdir. Talabalarga talabchan bo‘lish, fanlarni o‘z vaqtida o‘zlashtirishga erishish, ham yoshlarga xayrixoxlik bildirish  ustozning pedagogik tamoyillariga kiradi. Professor R.A. Abdullayev kafedraning amaliyot bilan aloqasini o‘rnatishda faol ishtiroq etib kelmoqda. Talabalar bilan amaliyot xodimlarning uchrashuvlarini, konferensiyalarni tashkil qilish, ushbu jarayonga amaliyot xodimlarining ishtiroqini ta’minlashda kafedraga yaqindan yordam berib kelmoqda.

Kafedrada fidokorona mehnat qilgan, ko‘pchilikning ustozi bo‘lgan pedagog-olimlardan biri – Jabborxon Pashaxodjayevdir (marhum).                     J. Pashaxodjayev  1960 yilda Samarqand koperativ instituti (hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti)ga o‘qishga kirib uni muvofaqiyatli tugatdi. Dastavval amaliyotda taftishchi, keyinchalik o‘zi taqsil olgan institutda bosh buxgalter muovini lavozimlarida faoliyat olib borgan. U kishidagi bilim, kasbiy mahorat va tashkilotchilik qobiliyatlar e’tiborga olinib institut rahbariyati u kishini  1967 yilda o‘qituvchilikka taklif qildi. Jabborxon Pashaxodjayev 1967-1971-yillarda Moskva halq xo‘jalik instituti qoshidagi aspiranturada o‘qidi va uni muvofaqiyatli tugatib, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi,1973 yilda esa u kishiga dotsent unvoni berildi. Ilmiy-pedagogik faoliyatini institutning “Buhgalteriya hisobi” kafedrasida, dastaval assistent, katta o‘qituvchi, keyinchalik dotsent lavozimlarida olib borgan. Pedagog-olim, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan domla 1976 yilda institutdagi eng katta fakultetlaridan biri bo‘lgan “Iqtisod” fakulteti dekani muovini lavozimiga tayinlandi. Keyinchalik,  1982 yilda yangi tashkil etilgan  “Hisob – iqtisod fakulteti dekani lavozimiga tastiqlandi va u ushbu lavozimda o‘n yil davomida faoliyat olib bordi. Dotsent J.Pashaxodjayev rahbarligidagi fakultetda sezilarli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Fakultet rahbari sifatida vazifalar katta, vaqt chegaralangan bo‘lsada “Buxgalteriya hisobi”  kafedrasida mutaxassislik fanlardan yuqori saviyada ma’ruzalar olib borar edi. Taniqli olim Jabborxon Pashaxodjayev uzoq yillar davomida rahbarlik lavozimida bo‘lgan bo‘lsada 100 dan ziyod o‘quv, ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarni tayyorladi va chop ettirdi. Ular ichida sobiq Ittifoq davrining nufuzli nashriyotlaridan hisoblangan Moskvadagi “Ekonomika” nashriyotida hammualiflikda tayyorlangan va nashr etilgan “Buxgalterskiy uchyot v obshestvennom pitanii potrebitelskoy kooperatsii” darsligi alohida o‘rin tutadi. U kishining hayot faoliyatida ma’suliyatlilik, to‘g‘rilik, adolatparvarlik, o‘z kasbiga fidoilik, ziyolilarga xos bo‘lgan o‘ta madaniyatlilik kabi hislatlar o‘rnak bo‘lishga arzigudek. Domla Jabborxon Pashaxodjayevning ezgu ishlari, orzulari shogirdlari va farzandlari timsolida davom ettirilmoqda. Kafedraning katta o‘qituvchisi Dildora Jabborxonovna ustozning farzandidir. Dildora   Jabborxonovna zukko, madaniyatli, iste’dodli o‘qituvchilardan hisoblanadi. U talabalik yillarida “Alisher Navoiy” nomli Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. Bugungi kunda yetuk pedagog - olima bo‘lib yetishdi, 20dan ziyod o‘quv, ilmiy, uslubiy ishlar muallifi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobining dolzarb muammolaridan bo‘lgan - “Yuridik shaxslarda bevosita soliqlari hisobi va auditining metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. Ushbu muammolarga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalari chop ettilgan, monografiyasi nashr etish arafasida. Institutning jamoa ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Kafedraning rivojlanish tarixida o‘kuv jarayoni va yoshlar tarbiyasiga  ulkan hissa qo‘shgan, ushbu jamoada turli yillarda faoliyat yuritgan boshqa  ustoz-o‘qituvchilarining o‘rni ham beqiyosdir. Chunonchi, ustoz i.f.n. , dotsent U.X. Xudoyberdiyev kafedrada 1965-2000 yillarda sermahsul faoliyat ko‘rsatgan. U  kishi tomonidan 1991 yilda “O‘qituvchi” nashriyoti orqali “Matlubot kooperatsiyasi asosiy tarmoqlarida buxgalteriya uchyoti” darsligi ko‘p nusxada chop qilingan. U.X. Xudoyberdiyevning kasb – hunar  kollejlari o‘quvchilari uchun yozilgan “Buxgalteriya hisobi nazariyasi” darsligi ikki marta qaytadan nashr qilindi. Dotsent U.X.Xudoyberdiyev 2000-2004 yillar davomida “Statistika” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi, keyinchalik shu kafedra dotsenti, hozirgi kunda “Menejment va statistika” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi respublikamizda eng ko‘p fan doktorlarini yetishtirgan kafedra hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit sohasida fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan 22 ta fan doktorining 9 tasi yoki 40 foizdan ortig‘i aynan institutimizning shu kafedrasida tahsil olgan. Bular - Qudbiyev Davlat Qudbiyevich, Pardayev Abdunabi Xaliqovich, Ibragimov Nozir Aliyevich, Musayev Hasan Narzikulovich, Pardayev Mamayunus Qarshiboyevich, Urazov Komil Baxramovich, Isroilov Bahodir Ibragimovich, Qurbonov Ziyod Niyazovich, Ismanov Ibrohim Nabiyevichdir.

Kafedra o‘tgan 85 yil mobaynida institutda turli mutaxassisliklar bo‘yicha 50 mingdan ortiq kadrlarni tayyorlashda faol ishtiroq etdi. Birgina buxgalteriya hisobi, nazorat va taftish mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlangan kadrlar ichida vazirlar, vazir o‘rinbosarlari, boshqa davlat boshqaruv organlari ma’sul xodimlari bor. Ko‘plab korxonalarning rahbarlari, bosh buxgalterlar, taftishchilar, nufuzli ta’lim muassasalaridagi ma’sul xodimlar, ustoz, professor-o‘qituvchilar shu kafedrada tahsil olgan. Turli yillarda kafedrada ta’lim olgan va bugungi kunda ma’sul lavozimlarda faoliyat yuritayotgan uning bitiruvchilari bo‘lgan ustoz R.A.Abdullayev (bugungi kunda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining Samarqand viloyat filiali raisi), Sh.U.Haydarov (bugungi kunda O‘zbekiston Ruspublikasi Moliya Vazirligining buxgalteriya hisobi va audit metodalogiyasi boshqarmasi boshlig‘i), A.X. Pardayev ( O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi “Ist’edod” jamg‘armasi ijrochi direktori), N.A. Ibragimov (bugungi kunda O‘zfarmsanoat DAK boshqaruv apparati rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalterlar Federatsiyasi kengashi raisi, u kishi institutimizda assistent, dotsenti, ilmiy bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan, hozirgi paytda bir vaqtning o‘zida  “Moliya va sug‘urta xizmatlari” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda), Z.N.Qurbonov (SamDU prorektori, O‘z.R. Soliq Akademiyasida prorektor, kafedra mudiri, Davlat Soliq qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, Farg‘ona va Toshkent Soliq qollejlari direktori, Toshkent to‘qimachilik institutida kafedra mudiri, hozirgi kunda Soliq Akademiyasida kafedra professori), I.N. Ismanov (hozirgi kunda Farg‘ona politexnika institutida magistratura bo‘limi boshlig‘i), Sh.J.Jamolov (ko‘p yillar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i muovini), B.I.Isroilov (hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Soliq akademiyasida “ Buxgalteriya hisobi  va audit” kafedrasi mudiri), T.Rustamov (hozirdgi kunda “Samkelajakaudit” auditorlik tashkiloti rahbari), I.Pardayev (ko‘p yillar institutimiz bosh buxgalterii, SamDU prorektori), O‘.A.Erkayev (ko‘p yillar Samarqand viloyat hokimi muovini, Samarqand viloyati mulk boshqarmasi raisi, “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi Samarqand filiali direktori bo‘lib ishlagan) va boshqa ko‘plab yetuk mutaxassislar kafedramizning iftixoridir.

Kafedrada tayyorlangan mutaxassis – kadrlar nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, balki sobiq Ittifoq respublikalarining turli davlat organlarida ma’sul lavozimlarida ishlagan va ishlab kelmoqdalar. Bular qatoriga Qirg‘iziston Respublikasi matlubot kooperatsiyasi boshqaruvi raisi Mukash Esanaliyev, Kirg‘iziston Respublikasi matlubot kooperatsiyasi Akademiyasi rektori, i.f.d., professor Kesara Mukashevna Nazarmatova, Turkmaniston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Ilamon Shixiyev, ushbu respublikaning mulkni baholash qo‘mitasi raisi Baxbit Aidov va boshqalarni misol keltirish mumkin.

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi institutda uning boshqaruv organlari va bo‘linmalari uchun ko‘plab rahbarlar yetkazib bergan jamoalardan hisoblanadi. Ustoz  R.A. Abdullayev juda ko‘p yillar fakultet dekani,kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. Kafedrada ko‘p yillar ishlagan ustoz J.Pashaxodjayev ( olloh u kishini rahmatiga olgan bo‘lsin) ko‘p yillar “Hisob- iqtisod” fakulteti dekani bo‘lib ishlagan.

Kafedra dotsenti A.T.Tayirov (marhum) institutda dekan, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazining direktori lavozimlarida ishlagan. Domla A.T.Tayirov ko‘plab o‘quv adabiyotlari, uquv – uslubiy  ishlar va maqolalar  muallifi edi. “Hisob-iqtisod” fakultetini bitirib, hozirgi kunda mas’ul lavozimlarda ishlayotgan ko‘plab bitiruvchilar u kishini o‘zlarining ustozi deb biladilar. Professor H.N.Musayev institut ilmiy bo‘limi boshlig‘i, ilmiy ishlari prorektori lavozimlarida faoliyat olib borgan. Dotsent D.R.Rofeev institutda o‘qish davomida “Lenin” nomli stipendiyasi sohibi bo‘lgan, keyinchalik institutda yoshlar qo‘mitasi kotibi (komsomol sekretari), bosh buxgalteri, sirtqi va “Hisob – iqtisod” fakultetlarida dekan muovini, keyinchalik iqtisod va menejment fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. Hozirgi kunda D.R. Rofeev   kafedra dotsenti, bir vaqtning o‘zida kafedra qoshidagi “ Buxgalter”  o‘quv markazining boshlig‘i, “Samarali o‘qish” nodavlat ta’lim muassasasi direktori. Domla 100 ga yaqin o‘quv o‘quv – uslubiy ishlar va maqolalar muallifidir. Kafedra mudiri professor K.B. Urazov 2007-2010 yillarda, bir vaqtning o‘zida institut magistratura bo‘limiga ham rahbarlik qilgan. Kafedra dotsenti S.N.Toshnazarov, bir vaqtning o‘zida “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti dekani, hozirgi kunda esa institutda litseylar va kasb – xunar  kollejlari bo‘yicha prorektor. Dotsent S.N. Tashnazarov shakllangan yetuk olilardan. U kishi tomonidan umumiy hajmi 100 b.t.dan ortiq bo‘lgan ilmiy, o‘quv  va o‘quv-uslubiy ishlar, shu jumladan 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, ko‘plab ma’ruza matnlari va ilmiy maqolalari chop etilgan. Dotsent S.N. Tashnazarov   doktorlik dissertatsiyasini yakunlash arafasida turibdi. Kafedra dotsenti N.U. Xudoyberdiyev bir necha yillar mobaynida dekan muovini lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda, bir vaqtning o‘zida institut kasaba uyushmasi raisi hisoblanadi.

Kafedra faoliyatida turli yillarda yana quyidagi o‘qituvchilar va xodimlar foaliyat olib borganlar: dotsent Xolmat Xodjiqulov (marhum), dotsent Rahmat Musayev, dotsent Narziqul Ibragimov, dotsent Meremi Kadjayevna Bayram, dotsent Abduxalil Sattarov (marhum), dotsent Usanboy Qayumov(marhum), asisstent Vera Valentinovna Ignateva, Dilara Izitovna  Osmonova va boshqalar. Ushbu domlalar  o‘zlarining shijoatli mehnatlari  bilan kafedra ravnaqiga munosib  hissa qo‘shib kelganlar.

Kafedra a’zolari bir vaqtning o‘zida ilm fan va pedagogik faoliyatini amaliyot bilan bog‘lab olib bormoqdalar. Kafedra mudiri professor K.B.Urazov halqaro amaliyotchi buxgalter (SAR sohibi), sertifikatli auditor, bir vaqtning o‘zida “Komil-ishonch” auditorlik tashkiloti hamda institut qoshidagi “O‘quv – maslahat buxgalteriyasi” kichik korxonasining direktori hamdir. Professor H.N.Musayev kafedraning “ Afrosiyob-Palas” davlat unitar korxonasi qoshidagi filiali mudiri hisoblanadi. Kafedra faoliyatida katta amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan Amin Amonov va Jamshid Kucharovlar katta o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat olib bormoqdalar. Bu pedagog-olimlarimiz talabalarning kasbiy mahoratini shakillantirishda o‘zlarning munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Kafedra faoliyatining muvofaqiyatlarida faoliyat yuritayotgan assistent Dilyafruz Vafaxodjayeva, uzoq yillardan beri kabinent mudirasi bo‘lib ishlab  kelayotgan Ra’no Muqumova, laborant Gulnora Mahmudovalarning mehnatlari alohida e’tiborga loyiqdir. Kafedrada faoliyat yuritayotgan yosh olimlar, chunonchi M.B.Annayev, F.M.Tilavov, O.I.Ne’matov, N.Alimova, D.Pashaxodjayeva, U.A. Shirinovlar bir vaqtning o‘zida turli mulk va maqomdagi kichik biznes sub’ektlarida bosh buxgalter hamda auditor yordamchilari bo‘lib ishlamoqdalar.

“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi, bugungi kunda o‘ziga xos buxgalterlar va auditorlar ilmiy va amaliy maktabiga aylangan. Kafedra ko‘p yillar ichida maksadli aspirantlarni tayyorlagan, hozirgi kunda esa katta imiy xodimlar-izlanuvchilarni hamda mustaqil izlanuvchilarni tayyorlamoqda. Chunonchi U.A. Shirinov 2-bosqich KIXI, O.I. Ne’matov 1-bosqich KIXIdir. Kafedrada maqsadli aspiranturada tahsil olgan M.B. Annayev, D.D. Pashaxodjayeva, F.M. Tilavov, Yo.J. Isroilovlar o‘zlarining doktorlik dissertatsiyalarini yakunlash arafasidadirlar

Kafedra viloyatimiz va Samarqand shahridagi ko‘plab korxonalar uchun soha bo‘yicha maslahat o‘chog‘i, tashkilotchisi hisoblanadi. Kafedrada turli mulkdagi korxonalar, kasb – hunar  kollejlari bilan hamkorlik shartnomalari asosida ilmiy,  o‘quv – uslubiy  ishlar olib borilmoqda. Kafedrada ohirgi 10 yilda umumiy qiymati 30 mln.so‘mga yaqin xujalik shartnomalari asosida ilmiy  ishlarni olib bordi. Kafedra qoshida tashkil qilingan “Buxgalter” o‘quv markazi ohirgi uch yilda “Boshlovchi buxgalter” va “1-S: Buxgalteriya” kurslari orqali turli tarmoq va soha korxonalariga 300 ga yaqin kichik buxgalterlarni tayyorlab berdi. Mazkur kurs orqali institutga ohirgi ikki yilda 50 mln.so‘mdan ortiq qo‘shimcha mablag‘ kelib tushdi.

Kafedra a’zolari tarkibida davlat va boshqa yuqori organlarning mukofotlariga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar bor. Chunonchi, prfessor R.A.Abdullayev “Matlubot kooperatsiyasi a’lochisi”, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi va 20 yilligi ko‘krak nishondori, vazirliklar va viloyat hokimligi maqtov yorliqlari sohibidir. Professor H.N.Musayev O‘zbekiston Respublikasining 15 yilligi, professor K.B.Urazov O‘zbekiston Respublikasining 20 yilligi ko‘krak nishondorlari, shuningdek, ular Oliy ta’lim Vazirligi, viloyat hokimligi maqtov yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanganlar. Dotsent D.R.Rofeev, talabalik yillarida, ya’ni 1972 yilda “Mehnatga o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medali bilan taqdirlangan.  Kafedra tarkibi iste’dodli yosh o‘qituvchilar hisobidan kengayib bormoqda. Kafedraga oxirgi ikki yilda yosh o‘qituvchilar Ozod Xoliqulov, Zarrux Muhammadiyev, Boburjon Boronovlar ishga qabul qilinganlar. Ushbu yosh olimlar bugungi kunda iqtisodiyotimizning turli tarmoq va sohalarida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqdalar.

 “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi jamoasining kelajakdagi istiqboli bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan va  mustaqil fikrlaydigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.  

Xozirgi kunda kafedrada 18 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.Ulardan 16 kishi asosiy xodimlar, 2 kishi esa o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlardir.   

 

«Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi

Kafedrada faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilarning 15 tasi erkaklar, 3 tasi ayollardir. 

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNING TARKIBI

1

Urazov Komil Baxramovich, iqtisod fanlari doktori, professor.

2008 yil 19 martdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi mudiri

 4

Abdullayev Radjab Abdullayevich, iqtisod fanlari nomzodi, professor.

2004 yil 30 avgustdan buyon  Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi professori

5

Rofeev Davron Rofeevich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

2008 yil 17 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti  «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi dotsenti

 6

Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

2015 yil 3 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor

7

Xudayberdiyev Nemat Umarovich, iqtisod fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi.

2016 yil 3 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi katta o‘qituvchisi

8

Amonov Amin Amonovich, katta o‘qituvchi.

2006 yil 30 avgustdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi katta o‘qituvchisi

 9

Annayev Mansurali Boybo‘tayevich, katta o‘qituvchi.

2009 yil 2 sentyabrdan buyonSamarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi katta o‘qituvchisi

 10

Kucharov Jamshid Abdijalilovich, katta o‘qituvchi.

2016 yil 3 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi katta o‘qituvchisi

 11

Pashaxodjayeva Dildora Djabborxonovna, katta o‘qituvchi

2012 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi katta o‘qituvchisi

 12

Muqumova Ra’no Hamidovna, assistent.

2012 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi assistenti

 13

Tilavov Farxod Mamadkulovich, assistent

2007 yil 1 avgustdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi assistenti

 14

Ne’matov Oybek Ismatullayevich, assistent.

2010 yil 1 fevraldan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi assistenti

 15

Shirinov Uchqun Abduxalilovich, assistent.

2012 yil 30 avgustdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi assistenti

 16

Vafaxodjayeva Dilafruz Ma’rufovna, assistent.

2014 yil 1 avgustdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi assistenti

 17

Muhammadiyev Zarrux Umarovich, assistent.

2014 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi assistenti

 18

Xoliqulov Ozod Xolmirzayevich, assistent.

2015 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi assistenti

 

19

 

 

Boronov Bobur Farxodovich, assistent.

2015 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi assistenti

 Ergashev Eldor Toshtemirovich

 

Ergashev Eldor Toshtemirovich, assistent.

2016 yil 3 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi assistenti

 

KAFEDRADA O‘TILADIGAN FANLAR RO‘YXATI

 

Bakalavriat

 

Magistratura

  • Audit
  • Bank auditi
  • Banklarda buxgalteriya hisobi
  • Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya 

     hisobining xususiyatlari

  • Buxgalteriya  hisobi
  • Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy   

     tahlil va audit

  • Byudjet hisobi
  • Buxgalteriya hisobi nazariyasi
  • Iqtisodiy tahlil va audit
  • Mutaxassislikka kirish va      

     buxgalteriya hisobi tarixi

  • Soliq hisobi
  • Turistik korxonalarda buxgalteriya

     hisobi va audit

  • Sud buxgalteriya ekspertizasi
  • Xalqaro hisob asoslari
  • Xizmat ko‘rsatish va servis sohasi

     sub’ektlarida buxgalteriya hisobi

  • Xizmat ko‘rsatish sub’ektlarida

    buxgalteriya hisobi

  • Amaliy audit
  • Ichki audit
  • Boshqa tarmoqlarda auditning xususiyatlari
  • Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari
  • Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi
  • Soliq va to‘lovlar auditining xususiyatlari
  • Xalqaro audit

 

KAFEDRANING ILMIY- TADQIQOT ISHLARI

      Kafedrada byudjet tomonidan moliyalashtirilmaydigan 2016-2020  yillarga   mo‘ljallangan  “Xizmat ko‘rsatish va servis sohasi tarmoqlarida   buxgalteriya hisobi, tahlil va  auditni takomillashtirish» mavzusida  ITIlar olib borilmoqda.                                                                                                      

   Kafedraning byudjet mavzudagi ITIlarida barcha professor-o‘qituvchilar, KIXI va mustakil tadqiqotchilar, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqdalar. Ushbu mavzudagi ITIlari bo‘yicha kafedra a’zolari, KIXI va mustakil tadqiqotchilar, magistrlar va bakalavrlar institutda o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarida, davra suhbatlari va ilmiy seminarlarda ma’ruzalar qilmoqdalar, ilmiy maqolalar tayyorlanmoqdalar va chop etilmoqda.

 

KAFEDRADA  XO‘JALIK SHARTNOMALARI  ASOSIDA  BAJARILGAN  ITILAR

Kafedrada oxirgi 3 o‘quv yilida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

2013-2014 o‘quv yilida jami 8 ta mavzuda, umumiy qiymati 4000,0  ming so‘mlik xo‘jalik  shartnomalari asosidagi  ITIlari olib  borish rejalashtirilgan. Haqiqatda esa 7 ta mavzuda jami qiymati 2750,0 ming so‘m miqdoridagi ITIlari  bajarilgan. Xo‘jalik shartnomalari asosidagi ITIlarda prof. Urazov K.B., dots. Musayev H.N., dots. Rofeev D.R., dots. Toyirov A.T.,  magistrlar Izbasarova A., Umarov Z.T., Yuldashev B, Raxmanova F., Usmanova L., Hamrayev Z., Sharofjonov M. lar  faol qatnashganlar.   

2014-2015 o‘quv yilida jami 6 ta mavzuda, umumiy qiymati 3000,0  ming so‘mlik xo‘jalik  shartnomalari asosidagi  ITIlari olib  borish rejalashtirilgan. Haqiqatda esa 6 ta mavzuda jami qiymati 3000,0 ming so‘m miqdoridagi ITIlari  bajarilgan. Xo‘jalik shartnomalari asosidagi ITIlarda prof. Urazov K.B., dots.Musayev H.N., dots.Tashnazarov S.N., dots.v.b.Xudayberdiyev N.U.,  magistrlar  Sattarova M., Isanov S., Azimov S., Abdusaidov S., Norqulov B.,  Odilov Z. lar  faol qatnashganlar.   

2015-2016 o‘quv yilida jami 4 ta mavzuda, umumiy qiymati 2000,0  ming so‘mlik xo‘jalik  shartnomalari asosidagi  ITIlari olib  borish rejalashtirilgan. Haqiqatda esa 5 ta mavzuda jami qiymati 2200 ming so‘m miqdoridagi ITIlari  bajarildi va institut schetiga hozirgi kungacha 1200 ming sum kelib tushgan. Xo‘jalik shartnomalari asosidagi ITIlarda prof. Urazov K.B., dots.Tashnazarov S.N., dots.v.b.Xudayberdiyev N.U.,  magistrlar  Ergashev E., Shodiyev A., Eraliyev A., Fayzullayev Z., Daniyarov A. lar  faol qatnashdilar.    

 

 KATTA ILMIY XODIM-STAJERLAR, MUSTAQIL – TADQIQOTCHILAR, MAGISTRLAR VA IQTIDORLI TALABALARNING  ILMIY FAOLIYATIGA RAHBARLIK

Kafedrada   prof. Ibragimov N.A. rahbarligida 1 ta KIXS (Ne’matov O.I.), prof. Isroilov B.I. rahbarligida 1ta KIXS (Shirinov U.A.) maqsadli doktoranturada tahsil olmoqda. Ularning mavzulari  tasdiqlangan.

Kafedrada  prof. Urazov K.B. rahbarligida 4 ta mustaqil doktorant-tadqiqotchilar Tashnazarov S.N., Annayev M.B., Pashaxodjayeva D.D., Isroilov Yo.J. yangi talablardagi doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan prof.Abdullayev R.A., prof.Urazov K.B., dots.Tashnazarov S.N., dots.Rofeev D.R., i.f.n., katta o‘qit.Xudayberdiyev N.U. lar magistrlarning  magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlikni olib bormoqdalar. 

 

KAFEDRADA IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH

     Kafedrada iqtidorli talabalar to‘garagi mavjud.  “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi qoshida iqtidorli  talabalarning «Zamonaviy  buxgalteriya hisobi va audit» ilmiy to‘garagi (rahbar – ass. Shirinov U.A.) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu  ilmiy to‘garak  va guruhlarda  buxgalteriya  hisobi hamda audit  ta’limoti va  amaliyotga oid  dolzarb  masalalar, munozarali jihatlar  muhokama etiladi va o‘rganiladi. Iqtidorli talabalarning to‘garakda muhokama etilgan va institutning ilmiy-amaliy anjumaniga taqdim etilgan ishlari muntazam  anjumanlar to‘plamlarida chop etilmoqda.

   2015-2016 o‘quv yilida iqtidorli talaba Yax’yoev To‘lqin Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida 2016 yil 21-22 may kunlari  «Buxgalteriya hisobi va audit» fani bo‘yicha o‘tkazilgan respublika  olimpiadasi II-bosqichida qatnashib 6-o‘rinni egalladi.

21

 

KAFEDRADA CHOP ETILGAN ILMIY ISHLAR

Kafedra a’zolari tomonidan oxirgi 3 yilda chop etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati quyidagicha:

22

 

2016 YILDA CHOP ETILGAN  MONOGRAFIYA, O‘QUV QO‘LLANMALAR

        S.N.Tashnazrov tomonidan “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida moliyaviy hisobot: muammo va yechimla” nomli monografiya chop etildi (T.: “Navro’z”, 2016 yil,  295 bet.).

      K.B.Urazov, N.U.Xudayberdiyevlar tomonidan“Turizm va mehmonxona biznesi sub’ektlarida buxgalteriya hisobi” o‘quv qo‘llanma chop etildi (SamISI 2016, 15,0 b.t.).

 

ILMIY MAQOLALAR: XORIJIY ILMIY JURNALLARIDA

S.N.Tashnazarov. The main ways of the improvement of financial reports in the Republic of Uzbekistan. Journal of Management Value & Ethica. 2016, №4 P.109-119.

S.N.Tashnazarov. Explore the theoretical and methodological foundations of the financial report in the republic of Uzbekistan // Science and education. Materials of the XIII international research and practice conference. – Munich, Cermany, November 2nd – 3rd. 2016. – P.165-167.

U.A.Shirinov.Creation of telephone accounting communication services with the existence of billing system. International journal of economics commerce and management

2016, №5 P.76-85.

K.B.Urazov. O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish masalalari. Aktualnie vizovi sovremennoy nauki//Sb.nauchnix trudov – Pereyaslav –Xmelnitskiy, 2016.- Vip.6, ch.138-143 str.

S.N.Tashnazarov. Tovar-moddiy zahiralar tannarxi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirishni takomillashtirish. Biznes ekspert, 2016 yil, № 7. B.19-21

S.N.Tashnazarov. Aksiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapital  moliyaviy hisoboti: milliy va xalqaro jihatlari. Biznes ekspert, 2016 yil, № 4. B.61-63

S.N.Tashnazarov.Mulk, bino, mashina va asbob-uskunalarning qayta baholanishi, depresiatsiyasi va moliyaviy hisoboti. Moliya, 2016yil,  №4. B. 35-41

S.N.Tashnazarov.Zahiralar moliyaviy hisobotining metodologik masalalari (2-son moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida). Bozor, pul va kredit,

2016yil,  №7. B. 59-63

S.N.Tashnazarov.Buxgalteriya balansini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalari elektron jurnali,

2016 yil, №4. iyul-avg. B.1-10

S.N.Tashnazarov.Korxonalar majburiyatlarini buxgalteriya balansida aks ettirishni takomillashtirish. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalari elektron jurnali,

2016 yil, № 5. Sen-ok. B.1-10

O.I.Ne’matov.Nodavlat notijorat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi: muammo va

echimlar. "BIZNES - EKSPERT" jurnali, №8, 2016, 96-98 betlar.

O.I.Ne’matov.Nodavlat notijorat tashkilotlarida grantlar

hisobini takomillashtirish. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 5, sentyabr-oktyabr, 2016 yil,

O.I.Ne’matov.Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning audit ob’ekti sifatidagi xususiyatlari hamda vazifalari. "Iqtisodiyot va ta’lim" jurnali, №6, 2016.

U.A.Shirinov. Pochta xizmatlarining hisob va audit ob’ekti sifatidagi tasnifiy asoslari. Aktualnie vizovi sovremennoy nauki//Sb.nauchnix trudov – Pereyaslav –Xmelnitskiy, 2016.- Vip.4, ch.1

U.A.Shirinov.Billing tizimlari va ular asosida telefon aloqa xizmatlari hisobini tashkil etish. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalari elektron jurnali, 2016 yil, №6. Noyabr-dekabr.

U.A.Shirinov. Telefon xizmatlaridan olinadigan daromadlar hisobini takomillashtirish. Moliya jurnali, 2016 yil, №5 35-39 betlar.

 

KAFEDRANING INNOVATSION HAMKORLIGI

     Kafedrada «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli tarmoq va soha sub’ektlarida buxgalteriya hisobi va auditni  takomillashtirish» mavzusidagi ITIlarni olib borish uchun korporativ innovatsion hamkorlik guruhi tuzilgan. Korporativ innovatsion hamkorlik guruhiga jami  45 ta yetuk professor-o‘qituvchilar, KIXI, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar, iqtidorli bakalavrlar, ilg‘or korxona va tashkilotlarning rahbarlari, bosh buxgalterlar, ichki va tashqi auditorlar kiritilgan. Guruh ishiga professor K.B. Urazov umumiy rahbarlikni olib bormoqda. Guruh tomonidan quyidagi korxonalar bilan ilmiy-amaliy muammolarni tadqiq etish bo‘yicha aloqalar o‘rnatilgan hamda hamkorlik shartnomalari tuzilgan. 

 

Korxona nomi  
 
  «Samarqand – Parranda» AJ  
  «Samavtotexxizmat» AXU  
  «Maroqand Parranda» MCHJ  
  «Samkelajakaudit» auditorlik tashkiloti  
  «Afrosiyob – Palas»  mehmonxona  kompleksi  
  «O'zbekinvest» EIMSK Samarkand viloyat filiali  
  «Javlon Servis Audit» auditorlik tashkiloti  
  «Sam-Antep-Gilam» QK  
  «Bekmes Hali» QK  
  «Juma paxta zavodi» OAJ  
  «Mini-Maks finans» MCHJ  
  «Oriyent Finans Bank» xususiy banki  
  «Abdurauf Brok Servis» brokerlik kontorasi  
  «Samarqand viloyati qishloq xo‘jalik kimyo» XAJ  
  «Kapital bank» ATB  
  «Ko‘lto‘sin savdo» MCHJ  

2016 yil davomida innovatsion guruh a’zolari hamda ishlab chiqarishdagi korxonalar raxbarlari va mutaxassislari tomonidan  quyidagi yo‘nalishdagi hamkorlik ishlari amalga oshirildi:

*korxona va tashkilotlarning moliyaviy holati, ularni boshqaruv tizimi, moliyaviy va boshqaruv hisobi, moliyaviy hisobot, ichki va tashqi audit muammolari tadqiq etildi;

*hamkorlikda amalga oshiriladigan ITIlarga burtmalar shakllantirildi va ushbu buyurtmalar asosida doktorlik dissertatsiyalari, MD, BMI, kurs ishlari tematikalari shakllantirildi;

*olingan buyurtmalar asosida hozirgi kunda 6 ta doktorlik dissertatsiyasi bajarilmoqda, 12 ta MD, 21 ta BMI, 15dan ortiq kurs ishlari bajarildi;

*hisobot yilida korporativ hamkorlik asosida olib borilgan ITIlari yakunlari bo‘yicha ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar qilindi, 50 ga yaqin ilmiy maqolalar turli jurnallar va to‘plamlarda chop etildi ;

*korxonalarning buyurtmalari asosida kafedra o‘qituvchilari, KIXI, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar va korxona mutaxassislari tomonidan turli dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy-uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlandi hamda ular korxonalar amaliyotiga tadbiq etildi;

*bajarilgan xo‘jalik shartnomalari asosida institut schetiga 1,2 mln. so‘m mablag‘ tushirildi, qo‘shimcha tarzda 8 mln. sumlik shartnomalar tuzildi.

*hamkorlik shartnomasiga asosan korxonalarda yozgi amaliyotlar o‘tkazildi va ular bo‘yicha tayyorlangan hisobotlar himoyasi korxonalar mutaxassisliklari ishtirokida amalga oshirildi;

*kafedrada ish beruvchilar bilan bitiruvchilarni ishga joylashtirish, ularga ustoz-murabbiylikni belgilash bo‘yicha 2016 yil 14 aprelda «Buxgalteriya hisobi va hisobotidagi o‘zgarishlar, ularni hayotga tadbiq etishda buxgalterlar va auditorlarning o‘rni» mavzusida O‘zbekiston Respblikasi Buxgalterlar va Auditorlar milliy Assotsiatsiyasi (Kengash raisi prof. To‘laxodjayeva M.M., auditorlar, bosh buxgalterlar  ishtirokida) hamkorlik-davra suhbati o‘tkazildi;

*amaliyot xodimlari, kafedra a’zolari, talabalar ishtirokida «Buxgalteriya hisobi va audit to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlaridagi o‘zgarishlar, ularning korxonalar faoliyati va kadrlar tayyorlashni rivojlantirishdagi o‘rni» mavzusida ilmiy-amaliy seminar utkazildi (26 noyabr 2016 yil);

*9 dekabr -O‘zbekistonda buxgalterlar auditorlar kuni»ga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi (2016 yil 9 dekabr kuni).

Joriy yilda yuqorida ko‘rsatilgan hamkor korxonalar bilan birgalikda 5 ta innovatsion loyihalar tayyorlandi, ular buyurtmachilarga taqdim etildi. 2017 yil uchun jami qiymati 13 mln. sumlik ITIlarini bajarish va ularni tadbiq etish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalarini tuzish rejalashtirilmoqda.

 

23

24

25

 

KAFEDRANING TADBIRKORLIK FAOLIYATI

     2009 yil 28-martda institut rektorining 57-“F” bo‘yrug‘i bilan kafedra koshida ta’lim servisini rivojlantirish buyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maksadida maxsus «Buxgalter» pullik o‘quv markazi tarkibida “Boshlovchi buxgalter” hamda “1S: Buxgalteriya” kurslari ta’sis etilgan. Ushbu kurslar orqali buxgalterlar tayyorlash, ularning 1-S dasturi buyicha malakasini oshirish yo‘lga qo‘yildi. Kursga rahbarlikni dots. D.R.Rofeev olib bormoqda. 

 

KAFEDRANING AKADEMIK LITSEYLAR VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI BILAN HAKORLIGI

Kafedramizning KXK bilan hamkorligi borgan sari kengayib bormoqda. Bugungi kunda kafedramiz quyidagi KHK lari bilan bevosita hamkorlikni olib bormoqda:

1.Samarkand  moliya va iqtisodiyot kolleji

2.Ishtixon iqtisodiyot va tadbirkorlik kolleji

3.Ko‘shrabot iqtisodiyot va servis kolleji

KHKlari bilan hamkorlik borasida kafedrada quyidagi ishlar amalga oshirildi:

*ushbu kollejlarning barchasi bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan.

*Ishtixon iqtisodiyot va tadbirkorlik kolleji va Ko‘shrabot iqtisodiyot va servis kolleji bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi.

*Samarkand  moliya va iqtisodiyot kollejida talay ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu kollejda kafedramizning filali mavjud. Filialda qilingan ishlar bo‘yicha filial mudiri dots. D.R. Rofeev tayinlangan.

  1. 2016 yil 5 yanvarda institut  va kollej o‘rtasida yangi hamkorlik shartnomasi tuzilgan.
  2. 2016 yil 2 fevralda hamkorlik bo‘yicha davra suhbati o‘tkazilgan. Qatnashganlar: Tashnazarov S.N.- institut prorektori, Xolmirzayev N.K., Rofeev D.R. -institut dotsentlari, Ravshanov S.- kollej o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini, Raimov J. - kollej kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor muovini, Kamolova S.S. - kollej kafedra mudiri va kollejning umumkasbiy va maxsus fan o‘qituvchilar.
  3. Kollejda o‘tkazilgan ochiq darslar:
  4. 2016 yil 8 aprel. Mavzu: «O‘zbekiston Respublikasida xalqaro hisob-kitoblarni rivojlantirish masalalari». Qatnashdilar: Kollejdan o‘qituvchilar –Kamolova S.S., Ashurova O., institutdan –Urazov K.B., Rofeev D.R., Xudayberdiyev N.U., Vafaxodjayeva D.M., Pashaxodjayeva D.D., Shirinov U.A., Tilavov F.M., Xolikulov O.
  5. 2016 yil 25 aprel. Mavzu: «Hisobvaraqlar va ularda xo‘jalik jarayonlarini aks ettirish». 1kurs,  guruh 108. Qatnashdilar: kollejdan 3 ta o‘qituvchi, institutdan 8 ta professor-o‘qituvchi.

Hamkorlik ishlari bajarilishi reja va shartnoma shartlari bo‘yicha davom 

26

 

KAFEDRADA MA’NAVIY-MA’RIFIY VA TARBIYAVIY ISHLAR HOLATI

Kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha ish rejalari mavjud. Rejada Prezident  Farmonlari  va qarorlari, Oliy Majlisda  qabul qilingan  qonunlar, Vazirlar Maxkamasining  qarorlarini talabalar o‘rtasida targ‘ibot qilish, bayram kunlari va boshqa axloqiy tarbiyaviy mavzular  mavjud. Hozirgi kunning  dolzarb muammolaridan,  ya’ni «Giyohvandlikka qarshi, OITS ga qarshi Terrorizmga qarshi, diniy  oqimlarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi mavzular o‘z aksini topgan.

-Institut va viloyatda shonli sanalarga bag‘ishlangan tadbirlar:

O‘zbekiston Respublikasi  Mustaqillik kuni, Bilimlar kuni, O‘qituvchilar  va murabbiylar kuni, Samarqand shahar kuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Yangi yil, Navro‘z bayrami kunlarida kafedra  o‘qituvchilari  faol ishtirok etmoqda.

- Talabalarga milliy g‘urur, vatanparvarlik, o‘z eliga, millatiga, istiqloliga sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha institut auditoriyalarida, paxta yig‘im terimida va talabalar  bo‘sh paytida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

- Samarqand viloyati va shahrida o‘tkazilayotgan muhim tadbirlarda kafedra o‘qituvchilari darslardan bo‘sh vaqtda faol ishtirok  etishmoqda.

Kafedra a’zolarining aksariyati akademik  guruhlarda murabbiylik qilmoqdalar, talabalar turar joyi, paxta kompaniyasi davrida fermer xo‘jaliklarida, qishloqlarda, mahallalarda, shuningdek turli korxona va tashkilotlarda ma’naviy – ma’rifiy hamda  tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda. 

 27