Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Ijtimoiy fanlar kafedrasi
 

3

   

   Kafedra mudiri:  F.f.d., professor Karimov Sayimnazar Karimovich

   Telefon: (+998 90) 298-15-09

   Elektron manzili: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

                               

 
 
 
KAFEDRA TARIXI

Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi 1931 y.yilda «Dialektikva tarixiy materializm» nomi bilan tashkil etildi

Ushbu kafedrani dastavval professor N.M. Miroshxonov, 1933 yildan professor V.K. Karakalov, 1935 yildan dotsent A. Valiyev va 1936 yildan dotsent V.I. Shaxmatkinlar boshqardilar. Shu davrlarda kafedrada dotsentlardan A. Musaqov, M.A. Minayeva, I.M. Klyuchko, assistent K.I. Langin (u keyinchalik iqtisod fanlari doktori, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi va vitse prezidenti bo‘lib ishlagan), N.V. Kosenko, I.I. Bagamonov, A. Umarovlar faoliyat ko‘rsatdilar.

1939 yildan «Marksizm-leninizm» kafedrasi tashkil etilib, bu kafedrada   professor I.I. Shturn, dotsent X.A. Yerzin, N.I. Agalseva, S.Ye. Podolskiy va I.F. Yegorovlar ishlar edilar.

1939 yildan 1950 yilgacha kafedrani dotsent V.I. Shaxmaynin, dotsent M.A. Abulqasimov, dotsent R.X. Po‘latov (1952-1961 y.) lar boshqardilar.

1964 yilda «Marksizm-leninizm» kafedrasi bazasida ikkita kafedra tashkil qilindi : «Falsafa va Ilmiy kommunizm» ( kafedra mudiri- dotsent Karimov R.K.), «KPSS tarixi» ( kafedra mudiri -dotsent T.S. Abdusattorov)

Shu davrlarda «Falsafa va ilmiy kommunizm» kafedrasida B.D. Davronov, Sh. Sharopov, A.N. Vafoyev, U.X. Hakimova, N.Z. Zayniyev kabi ilmiy darajaga ega bo‘lgan dotsentlar faoliyat ko‘rsatdilar.

Shu yillarda «Falsafa va ilmiy kommunizm» kafedrasida 7 nafar dotsentlar : Q.Z. Zuxurov, R.K. Karimov, S.X. Suyunov, N.A. Mo‘minov , O.M. Atayeva, O.S. Usov, A.A. Suvonqulov va dotsent B.D. Bayer, katta o‘qituvchilardan Ye.G. Naumova, o‘qituvchilardan M.I. Ibragimov, S.I. Mo‘minovalar faoliyat ko‘rsatdilar. Kabinet mudiri lavozimida G.T.Jumayeva, katta laborant O.Z. Yevstigniyeva, laborant Sattorovalar ishlar edilar.

KPSS tarixi kafedrasida dotsent Avliyaqulov M.S., dotsent Saidov P.S., dotsent Agalseva N.I., dotsent Aliyev U.A., katta o‘qituvchilar tarix fanlari nomzodlari To‘xtamishev O‘., Jumayev T.J., Pak M.A. va kabinet mudiri Raximova S. va laborant To‘xtayev s. lar faoliyat ko‘rsatdilar.

Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiya va boshqa anjuman to‘plamlarida S.X. Suyunov boshchiligida kafedra a’zolarining 21 ta ilmiy uslubiy maqolalari chop etildi. Jumladan, S.X. Suyunovning milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda Temur va temuriylar ma’naviyatining o‘rni. Amir Temur va uning dunyo tarixida tutgan o‘rni. Amir Temur tavalludining 660 yillik tantanalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. Samarqand 1996 yil. Kafedrada o‘quv uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlarni takomillashtirishda kafedra professor o‘qituvchilaridan S.X. Suyunov, O‘. To‘xtamishev, O.M. Atayeva, N.A. Mo‘minov, K.D. Xaydarov, S.N. Nazarov va boshqalarning o‘rni kattadir.

Falsafa va O‘zbekiston tarixi kafedrasida 1994-1995 yillarda hammasi bo‘lib 15 ta professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatdi. Shulardan 1 ta professor, 8 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi 5 ta o‘qituvchi xizmat qildi. Shu yillarda kafedraning asosiy o‘quv – uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi faoliyati Respublika Oliy ta’lim vazirligining 1992 yil 31 avgustda qabul qilingan “Ijtimoiy fanlarni o‘qitishni yaxshilash to‘g‘rsiesda” gi qarori ijrosini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Kafedra o‘qituvchilari ta’limning faol usullarini qo‘llash, ularni takomillashtirishga alohida ahamiyat berdilar. Kafedra professor o‘qituvchilari 1992 yildan buyon ikkita kafedra mavzusi bo‘yicha ishladi.

Birinchi mavzu : “O‘zbekiston kooperatsiyasining bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoiti tarixidan”. Mas’ullar: rahbar professor Avliyaqulov M.S., dotsent To‘xtamishev O‘., Nazarov S.N. Xusanov N.H., Rahimova S.Z. va Ochilovalar. Ikkinchi mavzu: Rahbar dotsent S.H. Suyunov, O.M. Atayeva, K.D.Haydarov, B.S. To‘xliyev, A.A. Mavlyanov, Mo‘minov, katta o‘qituvchi M.I. Ibragimov, o‘qituvchi Mo‘minova va boshqalar.

Falsafa va O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchilari kafedra mavzulari bo‘yicha professsor-o‘qituvchilarning yakuniy anjumanida 19 ta ma’ruza qildilar. Ushbu ma’ruzalar ilmiy to‘plamlarda chop etildi.

Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan ushbu kafedra a’zolari yubileyga bag‘ishlab 14 ta ilmiy maqolalar chop etdilar. Kafedrada talabalar yakuniy anjumanida 33 ta talaba maruzasi tinglandi to‘plamda chop etildi.

Eski totalitar tuzum davrida yaratilgan o‘quv uslubiy ishlarning barchasi yaroqsiz bo‘lib qolganligi munosabati bilan kafedra a’zolari tomonidan mustaqillik davrini aks ettiruvchi yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi. Kafedra prof-o‘qituvchilari bir qator xalqaro, respublika miqyosida o‘tkazilgan anjumanlarda turli muammoli mavzularda ma’ruzalar qildilar. Bu ma’ruzalar ilmiy to‘plamlarda nashr etildi. Jumladan: dotsent S.H. Suyunov “Mustaqillik mafkurasi va ma’naviy meros”, “Milliy istiqlol mafkurasi va uning ta’lim tarbiyadagi o‘rni”. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya tezislari. 2-qism. Samarqand. 1995. 22-23-bet. Ilmiy tafakkur rivoji mustaqillik istiqbolidir. “Bu aziz vatan barchamizniki” Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalar to‘plami. Samarqand-1996. 102-105 bet.

Yoshlarda mustaqillik va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirishning ba’zi masalalari. “Bu aziz vatan barchamizniki”. Respublika ilmiy amaliy konferensiya. Ma’ruzalar to‘plami. Samarqand-1996. 69-71 b. Ibragimov J.I. “Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda Temur va temuriylar ma’naviyatining o‘rni”. Samarqand-1996 y. 36-38 b.

Falsafa va O‘zbekiston tarixi kafedra a’zolari 2000-2009 yillar mobaynida o‘quv uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish va talaba yoshlarni milliy g‘oya, mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiyalashda bir qator yutuqlarga erishdi.

Kafedra a’zolari 2000-2009 yillar mobaynida kafedrada o‘qitiladigan fanlaridan 25 ta o‘quv-uslubiy majmua va qo‘llanmalar nashr etdi. Shu yillar mobaynida 350 dan oshiqroq har xil dolzarb muammolar bo‘yicha ilmiy maqolalar chop etdilar.

Kafedraa’zolari tomonidan shu yillar mobaynida shahrimiz va viloyatimizning tuman va qishloqlarida prezidentimizning asarlari oliy majlis qarorlari va boshqa mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatiga doir mavzularda 950 dan oshiqroq ma’ruzalar, suhbatlar va davra suhbatlari o‘tkazildi.  

2009 yil 7 fevral oyidan boshlab “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudirligi lavozimiga dotsent J.R. Karimov tayinlandi. Kafedrada hammasi bo‘lib 23 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatdi. Shulardan 1 ta professor, 7 ta dotsent, 2 kishi katta o‘qituvchi, 11 kishi o‘qituvchi lavozimida ishladi.

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasiga dotsent J.R. Karimov rahbarlik qilgan davrda   ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohada bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2009 yil 9-aprelda buyuk bobokalonimiz Amir Temur hazratlarining 673 yili munosabati bilan “Amir Temur adolat va e’tiqod tuyg‘usi bilan buyuk imperiya yaratgan davlat arbobi” mavzusida ilmiy nazariy anjuman o‘tkazildi. Anjumanda qilingan ma’ruzalar 6,5 b.t. hajmida to‘plam qilib nashrdan chiqarildi. Bundan tashqari institut professor-o‘qituvchilarining 2008-2009 o‘quv yili ilmiy tadqiqot ishlari yakunlariga bag‘ishlab 2009 yil mart oyida o‘tkazilgan anjumanda ham kafedra a’zolarining barchasi ma’ruzalari bilan qatnashdilar

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Kafedrada talabalar ilmiy tadqiqot ishlari yakunlariga bag‘ishlangan mart oyidagi anjumanda 23 ta iqtidorli talabalarning ma’ruzalari tinglandi.

Bundan tashqari “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi a’zolari Respublika, viloyat miqyosida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan anjumanlarda turli xil muammoli, dolzarb, mavzularda o‘zlarining ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelmoqdalar.

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi a’zolari ayniqsa ma’naviy ma’rifiy sohalarga alohida e’tibor berib, talabalar o‘rtasida,   shahrimiz mahallalari, viloyatimizning tuman va qishloqlarida bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. Viloyatimizning Narpay, Paxtachi tumanlari viloyat hokimiyatining farmoni bilan bizning institutimizga berkitilgan. Ushbu tumanlarda bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Xulosa qilib aytganda kafedra a’zolari kadrlar tayyorlash milliy dasturida qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash uchun bor kuch- g‘ayratlarini sarflamoqdalar.

2010 yilning noyabr oyidan 2012 yilning sentyabriga qadar kafedraga dotsent M.Bo‘riyev rahbarlik qildi.

2010-2011 o‘quv yilidan e’tiboran   kafedrada o‘qitiladigan barcha (12) fanlardan o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyasiga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlandi va darslar ana shu o‘quv-uslubiy majmualar asosida olib borilmoqda.

2012-2013 o‘quv yilining aprel oyidan e’tiboran kafedraga prof. S.K.Karimov rahbarlik qilib kelmoqda. Qisqa vaqt ichida kafedraning faoliyatida katta ijobiy o‘zgarishlar yuzaga keldi. . Jumladan, kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlardan yangi o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlandi. 6 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 5 ta uslubiy qo‘llanmalar chop etildi. Kafedraning ilmiy to‘plami chop etildi. Kafedra prof-o‘qituvchilarining ko‘plab maqolalari xalqaro, respublika miqyosida o‘tkazilgan konferensiya ilmiy to‘plamlarida  chop etildi.

Samarqand viloyati tumanlarida, shahar mahallalarida turli tadbirlar o‘tkazildi.

Kafedraprofessor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berildi va bugunga kelib ularning barchasi malakalarini oshirib kelmoqdalar.

«Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi» boshqa oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda, tajriba almashmoqda. Kafedra prof-o‘qituvchilari tomonidan ochiq darslar o‘tkazilib, unda turdosh oliy o‘quv yurtlaridan yetakchi prof-o‘qituvchilar taklif qilinmoqda. Samarqand «Iqtisodiyot kolleji, institut litseylari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda, uslubiy qo‘llanmalar chop ettirilib, o‘quv jarayonida foydalanish uchun tadbiq qilinib kelinmoqda.

1

 

      Kafedrada 19 nafar professor – o‘qituvchilar ishlamoqda. Shulardan 1 nafari professor, 3 nafari dotsent.; 1 nafari – fan nomzodi; 3 nafari katta o‘qituvchi, 11 nafari -  assistentlardir.
 
2

 

KAFEDRA O‘QITUVCHILARI TOMONIDAN NASHR ETILGAN KITOBLAR
20
 

Ilmiy maqolalar: Xalqaro ilmiy jurnallarda:

1.    Khurshid Samatov. Issues Naqshbandi teaching peace and harmony in society // France/USA  Theoretical Applied Science,– № 02(34) 2016 . - P.179-181

2.    Khurshid Samatov. Preaching of Compatible of Ideology in Education Khojagi Akhmad Kosoni Makhdumi Azam// International Research Journal of Social Sciences, № Vol .5(5),1-5. (2016). P. 22-25.

3.    Xurshid Samatov. Sotsialnaya politicheskiye vzzgyadi Maxdumi Azami Kasaniya//  Rossiya //Ucheniy XXI veka №2-1(15), 2016.S 63-66.

Ilmiy maqolalar: Respublika ilmiy jurnallarida

1.    Xurshid Samatov. Mahdumi A’zam Kosoniy dunyoqarashi shakllanishining tarixiy omillari. // Toshkent Islom Universiteti Ilmiy tahliliy axborot №2, 2016. B.28-30.

2.    Xurshid Samatov. Maxdumi A’zam Kosoniy ilmiy merosiga germenevtik yondashuv.// Berdaq nomidagi Qoraqalpoqiston davlat universiteti Xabarshisi. № 3,2016. B.110-112.

3.    Xurshid Samatov. Kosoniy va Konfutsiy qarashlarida g‘oyaviy mushtaraklik.//  Moziydan sado” jurnali. O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi ilmiy nashri.№ 3, 2016. B.25-28.

4.    Xurshid Samatov. Markaziy Osiyo integratsiyasini  nazariy asoslashda  Maxdumi A’zam Kosoniy qarashlarining o‘rni.// Andijon Davlat universiteti Ilmiy Xabarnoma Nauchniy-vestnik.№ 4.B. 35-37.  


Kafedra nazariy-metodologik seminaridan lavhalar

Mavzu: Maxdumi A’zam Kosoniy ta’limotida ijtimoiy hamkorlikka oid g‘oyalar

Ma’ruzachi: kafedra o‘qituvchisi Xurshid Samatov. Ma’ruza davomida Maxdumi A’zam Kosoniyning hayoti va ijodi, ilmiy asarlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, X.Samatov ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy rahbari f.f.d. prof.S.Karimov bilan ilmiy tadqiqot olib bormoqda.Nazariy metodologik seminar  davomida ilmiy tadqiqot natijasida olingan yangi ilmiy g‘oyalar ham muhokama qilindi.Nazariy metodologik seminarda kafedraning barcha o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

21
 

22

 

Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilarining talabalar turar joyidagi tadbirlaridan lavhalar

 

     “Ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchilarining” Iqtisodiyot va menejmen fakulteti talabalari bilan uchrashuv.Ushbu tadbirda Institut ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori F.Tursunov, Iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani A.Holiqulov, dekan o‘rinbosari X.Samatov, ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti S.Suyunovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida yoshlarda Vatan to‘yg‘usini shakllantirish, mehr muhabbatini oshirish hamda Vatan himoyasi uchun jon fido qilgan ulug‘ shaxslar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

23

 

Kafedra manzili: Amir Temur ko‘chasi, 9-uy,bosh  binosi, 2 qavat 222 xona