Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Iqtisodiyot kafedrasi

1

 

 

     Kafedra mudiri: i.f.n.,dots. Sh.A.Sultonov

     Telefon: (+998 90) 743-57-07

     Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

KAFEDRA TARIXIDAN LAVHALAR

 

“Iqtisodiyot” kafedrasi institutning yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, bugungi kunda institutning  5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 5A-5230102 - Iqtisodiyot (xizmatlar sohasi bo’yicha) magistratura mutahassisligi uchun tayanch kafedra hisoblanadi. 

 Kafedra tarixi institut tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlariga malakali iqtisodchilar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun malakali iqtisodchi-pedagog kadrlar yetishtirib berayotgan kafedradir.

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining «Iqtisodiyot» kafedrasi O‘rta Osiyo rejalashtirish institutining «Tarmoqlarni rejalashtirish kafedrasi» bazasida 1931 yili tashkil qilingan. Kafedra u vaqtda «Sotsiolistik sanoat», «Sotsiolistik qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va rejalashtirish» va «Savdo va ta’minot iqtisodiyoti» kurslaridan tarkib topgan.

Kafedraning birinchi mudiri M.V.Gorodilen va kotibi bo‘lib I. Mavlyani ishlaganlar.

1932 yili ushbu kafedra uchta kafedraga ajralgan, ya’ni «Sanoat iqtisodiyoti va rejalashtirish», «Qishloq xo‘jaligi  iqtisodiyoti va rejalashtirish» va «Sovet savdosi va ta’minot iqtisodiyoti va rejalashtirish».

1936 yili sentyabrda «Xalq xo‘jaligi instituti»da «Sovet savdosi va ta’minot iqtisodiyoti va rejalashtirish»  kafedrasi tashkil qilindi, kafedra mudiri dotsent Petr Savich Korpegin tayinlandi. P.S.Korpekin ushbu kafedrada  1982 yilgacha dotsent lavozimida ishlagan.

1938 yildan kafedra «Sovet savdosi iqtisodiyoti va tashkil qilish» deb nomlana boshlagan.

Har xil yillarda yuqoridagilardan tashqari kafedra mudiri lavozimida quyidagilar xizmat ko‘rsatgan: dotsent Aminov Siddiq Aminovich; dotsent Blinov Anatoliy Petrovich; dotsent Safoyev Toir Safoyevich; professor Altinboyev Ravel Ibragimovich; dotsent Shagolovich Basiya Samuyelovna; i.f.d. professor Muhammedov Murod Muhamedovich; i.f.d. professor Abdukarimov Ismat To‘xtayevich; dotsent Qutbetdinov Aslan Takiyevich; dotsent Shavqiyev Erkin Shavqiyevich; dotsent Xusanova Gulchehra Muhammedovna.

2005 yil sentyabrdan 2013 yilgacha kafedra mudiri lavozimida dotsent B.A. Abdukarimov ishlab keldi. Hozirda u kishi professor lavozimini bajarmoqda. 2013 yil 22 iyundan kafedra mudiri lavozimida dotsent Sh.A.Sultonov ishlab kelmoqda.

1966 yil kafedraga  «Moliya va kredit» va «Matlubot korporatsiyasi moliyasi» kurslari berilib, bu fanlar 1977 yilgacha kafedrada o‘qitilgan. (1977 yili «Moliya va kredit» kafedrasi tashkil qilingan.) Ushbu kurslarni kafedrada dotsentlar Zaynab Abdullayevna Fatkulina, Tamara Kamolovna Shamsiyeva, o‘qituvchilar Sobir Qodirovich Orziyev, Erkin Shavqiyevich Shavqiyev, Jahongir Rasulovich Zaynalovlar olib borganlar.

Turli  yillarda  kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar xizmat qilgan: pofessorlar i.f.d., professor G‘.H.Qudratov, i.f.d., professor M.Q.Pardayev, i.f.d., professor Q.J.Mirzayev, dotsentlar – G‘.X.Xodjayev, I.S.Siddiqov, E.G‘.Ibragimov, E.K.Kulmuradov, Abdukarimov B.A., X.Sh.Yenikeeva, A.N.Vosilov, Sh.T.Kabilova, A.N.Nizomov, R.Ya.Istamkulov, S.R.Julmatova, V.Veysblyum, M.Yusupov, R.Po‘latov, T.Sultonov,  E.S.Fayziyev, Sh.S.Salimov, E.Sh.Shavqiyev, Sh.A.Sultonov, A.B.Bektemirov, D.H.Aslanova, T.S.Sharipov, F.B.Abdukarimovlar,  katta o‘qituvchilar – V.Neverov, A.Artus,  J.Sh.Shodiyev, V.I.Nagornaya, Z.N.Toshev, Z.S.Sattarova, Z.I.Abdullayeva, R.J.Qurbonova,  U.N.Normurodovlar, assistentlar - V.N.Abramova, Ch.S.Abdurasulova, L.R.Chorshanbayeva, Q.Sh.Islomov, A.A.Siddiqov, Z.S.Artiqov, A.S.Sheraliyev, Z.B.Usmonov, A.P.Xazratov, D.K.Urazov, N.Ro‘ziyeva  va B.Xasanovlar.

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilaridan quyidagilar institutda rahbarlik lavozimida xizmat qilib kelmoqda:

-             institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,  i.f.d., professor Q.J.Mirzayev;

-             institut ilmiy ishlari bo‘yicha prorektor,  i.f.n., dotsent D.H.Aslanova;

-             “Bank moliya xizmatlari” fakulteti dekani, i.f.n., dotsent A.B.Bektemirov;

-              “Servis va turizm” fakulteti dekani, i.f.n., dotsent v.b. T.S.Sharipov;

-             “Servis va turizm” fakulteti dekan o‘rinbosari, i.f.n., dotsent v.b. F.B.Abdukarimov;

-             “Iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekani o‘rinbosari A.S.Sheraliyev.

Kafedraning professor o‘qituvchilari katta hajmda ilmiy tadqiqot, o‘quv uslubiy, ma’naviy ma’rifiy va ahloqiy tarbiyaviy         ishlarni amalga oshirib kelgan.

1967 yilda kafedra mudiri, dotsent Siddiq Aminovich Aminov va o‘sha davrda institut rektori,  dotsent Muxtor Rasulovich Rasulovlar1968 yilda birinchi bo‘lib o‘zbek tilida «Sovet kooperativ savdosi iqtisodi» fanidan (28,5 b.t.) darslikni «O‘qituvchi» nashriyotida chop etishga muyassar bo‘lishgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari  M.M.Muhammedov, R.I.Altinboyev,  A.T.Qutbetdinov, B.A.Abdukarimovlar, tomonidan 1998 yili «Ekonomika torgovli» (18,0 b.t.) o‘quv qo‘llanma  chop etildi. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari Respublika mustaqillikka erishishi va o‘zbek tilini davlat tili deb qabul qilinishi munosabati bilan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini, o‘quv adabiyotlarini davlat tilida yaratish va chop etishga katta e’tibor qaratdilar.

1989 yilda kafedraning dotsenti B.A. Abdukarimov (A. Toyirov va M. Yusupovlar bilan hamkorlikda) «Kooperativ ulgurji savdo yangi sharoitda» (9,45 b.t.) mavzusida monografiya «Mehnat» nashriyotida chop etildi.

1991 yili dotsent B.A.Abdukarimov  (Suyunov D. bilan hamkorlikda) «Matlubot kooperatsiyasi iqtisodiyoti» (21,0 b.t.)o‘quv qo‘llanmasini  «Mehnat» nashriyotida chop etdi.

1994 yilda dotsent B.A. Abdukarimov institut professor o‘qituvchilari E.N.Hodjayev, R.T Yunusovalar bilan hamkorlikda «Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari» (9,6 b.t.) o‘quv qo‘lanmani «Zarafshon» nashriyotida chop etishgan. 

2002 yil kafedra dotsenti Abdukarimov B.A., professor  M.Q.Pardayev bilan  «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi» (15,6 b.t.) o‘quv qo‘llanmasini chop etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 26 martdagi «Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil qilish to‘g‘risidagi» 144 – sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan iqtisodiyot kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil qilish asosida o‘quv – uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va ahloqiy tarbiyaviy ishlarni tubdan o‘zgartirish, ularni sifati va samaradorligini oshirishni zamon talablari darajasiga yetkazishni, xizmat va servis sohalari uchun yetuk oliy ma’lumotli mutaxasislarni tayyorlashni o‘z maqsadi sifatida belgilab oldi.

Kafedra yangi ochilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun o‘quv rejalar ishlab chiqish, yangi fanlar bo‘yicha namunaviy dasturlar tayyorlash, ularni o‘quv-uslubiy ta’minotini yaxshilash, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedogogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar yaratishni va ilmiy-tadqiqot ishlarini xizmat va servis sohalari faoliyatini tadqiqot qilishiga yo‘naltirdi.

2004 yil institut professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda kafedra olimlari ishtirokida (prof. Pardayev M.K., dots. Abdukarimov B.A., dots. Qutbetdinov A.T.) «Bozor munosabatlarini takomillashtirish» mavzusida monografiya (10,5 b.t.) «O‘qituvchi» nashriyotida chop etildi.

O‘tgan davr moboynida kafedrada «Korxona iqtisodiyoti» fanidan ilk bor davlat tilida darslik tayyorlandi va «Fan» nashriyotida chop etildi, 2005 yil, 17.0 b.t. mualliflar jamoasi, dotsent B.A.Abdukarimov rahbarligida.

Dotsent D.Aslanova rahbarligida bir guruh olimlar tamonidan 2006 yilda «Sotsial iqtisodiyot» o‘quv qo‘llanmasi “O‘zbekiston” nashriyotida o‘zbek va rus tillarida chop etildi (jami 41,0 b.t).

Dotsent B.A.Abdukarimov tamonidan tayyorlangan «Ichki savdo iqtisodiyoti» fanidan darslikning birinchi qismi Toshkent «Fan va texnologiyalar» nashriyotida 2007 yil, 26,0 b.t., ikkinchi qismi ushbu nashriyotda  2008 yili 14,0 b.t. chop etildi.

Ushbu darslik 2012 yilda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respblika tanlovining g‘olibi OLIY VA O‘RTA MAXSUS, XALQ TA’LIMI VAZIRLIKLARI HAMDA “ISTE’DOD” JAMG‘ARMASINING 1 DARAJALI DIPLOM bilan taqdirlangan.

Dotsent E.S.Fayziyev tomonidan «Servis tizimi faoliyati asoslari» fanidan 2007-2008 yillari davomida o‘quv qo‘llanma 20,0 bosma taboqda tayyorlandi va Samarqand «Zarafshon» nashriyotida chop etildi.

Dotsent Sh.S.Salimov tomonidan “Iste’mol iqtisodiyoti” fanidan 2008 yilda ma’ruza matni SamISI bosmaxonasida chop etildi.

Dotsent Q.J.Mirzayev va assistent Q.Sh.Islomovlar tomonidan 2009 yilda “Mikroiqtisodiyot” o‘quv qo‘llanmasi chop etildi

Professor B.A.Abdukarimov tomonidan 2010 yilda lotin alifbosida “Ichki savdo iqtisodiyoti” (qayta ishlangan va to‘ldirilgan nashri) darsligining I qismi va II-qismi professor B.A.Abdukarimov va T.S.Sharipovlar tomonidan Toshkentdagi “Iqtisod-moliya” nashriyotida chop etildi.

Professor B.A.Abdukarimov., N.Kamilova va F.B.Abdukarimovlar tomonidan “Aktualnie problemi razvitiya torgovli v O'zbekistane” mavzusidagi monografiya tayyorlandi va Toshkentdagi «Iqtisodiyot» nashriyotida chop etildi.

B.A.Abdukarimov va T.S.Sharipovlar tomonidan “Umumiy ovqatlanish: muammolar va yechimlari” monografiyasi tayyorlandi va Toshkentdagi “Iqtisodiyot” nashriyotida 2011 yilda chop etildi.

B.A.Abdukarimov va T.S.Sharipovlar tomonidan “Umumiy ovqatlanish sohasi iqtisodiyoti” nomli ma’ruza matni ham nashrdan chiqarildi.

2007-2008 yilida kafedra a’zolari tamonidan  5340100    «Iqtisodiyot» ta’lim yo‘nalishi va 5A340102 «Tarmoqlar iqtisodiyoti» mutaxassisligi uchun Oliy va o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda yangi Davlat ta’lim standartlari tayyorlandi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tamonidan tasdiqlanib, 2008-2009 o‘quv yilidan boshlab o‘quv jarayoniga joriy qilindi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari kafedrada o‘qitiladigan 33 fandan takomillashgan namunaviy dasturlar tayyorlashdi va ular tegishli ravishda tasdiqlanib, o‘quv jarayoniga joriy qilindi. Ushbu fanlar bo‘yicha kopmleks o‘quv-uslubiy majmualar yaratildi.

Kafedrada o‘qitilayotgan barcha fanlar bo‘yicha yangi pedogogik texnologiyalarni qo‘llab dars o‘tish uchun mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlandi.

Kafedrada 2007 yildan boshlab 4 yilga mo‘ljallangan «Xizmatlar sohasi va servis korxonalari iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samarasini oshirish yo‘llari» mavzusida Davlat byudjeti asosidagi ilmiy-tadqiqot ishini bajarish boshlandi va 2010 yili tamomlandi hamda hisobot topshirildi.

Iqtisodiyot kafedrasi 2006 yil 21-23 dekabr kunlarida «Xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, servis va turizm korxonalri iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdi. Unda 75 ta ma’ruzalar tinglandi, taklif va tavsiyalar tegishli davlat organlari, vazirlik, idoralar, korxona va  tashkilotlarga yuborildi. Konferensiya materiallari 15,8 bosma taboq hajmda chop etildi va o‘quv jarayonida foydalanish uchun oliy o‘quv yurtlari kutubxonalariga topshirildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari 2004-2016 yillari institutda o‘tkazilgan 15 ta ilmiy – amaliy, 2 ta respublika ilmiy-amaliy va 2 ta xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyalarida ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi va ularning ma’ruzalari chop etildi.

Samarqand iqtisodiyot maktabini shakllanganligining 40 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning nazariy va metodologik muammolari» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada (17-18 fevral 2009 yil) kafedra a’zolarida i.f.d., professor M.K.Pardayev, i.f.d., G.M.Shodiyeva, dotsent B.A.Abdukarimov, katta o‘qituvchi T.S.Sharipovlar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar va 5 ta ma’ruzalar konferensiya materiallarida chop etildi.

Kafedra a’zolari institut professor-o‘qituvchilari bilan hammualliflikda “Xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yechimlari” mavzusida (Toshkent “Iqtisod - moliya”, 2008 y., 16,25 bosma toboqda) monografiyalarni tayyorlashda ishtirok etishgan.

Kafedra dotsenti D.X.Aslanova rahbarligida 2006-2007 yillari «O‘zbekistonda mehnat bozorida yoshlarning bandligi va ishsizlik muammolari» mavzusida 12701,0 ming so‘mlik DITD – 1 doirasidagi davlat granti asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi, u muvaffaqiyatli yakunlandi va hisobotlar topshirildi.

«Iqtisodiyot» kafedrasi professor-o‘qituvchilari 2007-2011 yillarga mo‘ljallangan «Servis tizimini rivojlantirishning metodologik muammolari» mavzusidagi davlat granti asosida fundamental tadqiqot ishlarini olib borildi va muvoffaqiyatli yakunlandi. Loyiha rahbari dotsent E.S.Fayziyev, ishtirokchilar professorlar M.K.Pardayev, B.A.Abdukarimov, dotsent E.Sh.Shavqiyev, tadqiqotchilar T.S. Sharipov, Sh.A.Sultonov va B.Sh.Musayevlar. Tadqiqotda magistrantlarni ishtiroki ta’minlandi.

2008 yil kafedra tadqiqotchisi N.A.Komilova nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi va O‘zbekiston Respublikasi OAKning tasdig‘ini oldi.

2008 yili kafedrada 08.00.05 «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha  aspirantura ochildi va 1-aspirant (N.A. Yunusova) 2009 yili A.Raximov, 2010 yili E.Suyunov va S.Husenovlar, 2011 yilda U.Normurodov va M.Ibragimovalar qabul qilindi.

T.S.Sharipov 08.00.05 «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha 2010 yil 11 dekabr kuni nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va OAKdan tasdig‘ini oldi. Sh.A.Sultonov 08.00.05 «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha 2011 yil 24 dekabr kuni nomzodlik dissertatsiyasini muvvoffaqiyatli himoya qildi va OAKdan tasdig‘ini oldi. F.B.Abdukarimov 08.00.05 «Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha 2011 yil 2 iyul kuni nomzodlik dissertatsiyasini muvvoffaqiyatli himoya qildi va OAKdan tasdig‘ini oldi.

Kafedrada bajarilgan  ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi amalyotga joriy qilinib kelmoqda. Jumladan:

- «Iqtisodiy faoliyat turlarini umumdavlat tasniflagichi»ga berilgan takliflar (professorlar M.Q.Pardayev, B.A.Abdukarimov, tadqiqotchi I.Ochilov) O‘zstandart agentligi rahbariyati tamonidan qabul qilingan.

“Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2004-2016 yillari yaratilgan o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlari jumladan, darsliklar 6 ta, o‘quv qo‘llanmalar 9 ta, ma’ruza matnlari 10 ta, monografiyalar 7 ta, kitoblar, risolalar (amaliy qo‘llanmalar) 16 ta, ilmiy ishlar to‘plami 3 ta, dissertatsiya, mualliflik referatlari 3 ta, ilmiy maqolalar (Respublika jurnallarida va ilmiy to‘plamlarida) 284 ta, ma’ruza tezislari 328 ta va o‘quv-uslubiy adabiyotlar 40 tadan iborat ilmiy ishlar chop etilgan.

«Savdo faoliyati to‘g‘risida» qonun loyihasi (Professor B.A.Abdukarimov, tadqiqotchilar N.A.Komilova, T.S.Sharipov va aspirant F.B.Abdukarimov) tayyorlangan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilgan;

«Samarqand viloyatida savdoni holati va uni rivojlantirish yo‘llari» (Professor B.A.Abdukarimov, tadqiqotchi T.S.Sharipov va aspirant F.B.Abdukarimov).  Samarqand viloyat hokimiyati tomonidan qabul qilingan:

«O‘zbekistonda ichki savdoning holati va takomillashtirish yo‘llari» mavzusida bajarilgan nomzodlik dissertatsiyasining natijalari Samarqand viloyat “Ta’minotsavdo” asotsiatsiyasi boshqaruvi va «Orion» xususiy firmasi tomonidan amaliyotga joriy qilish uchun qabul qilingan. (Ilmiy rahbar dotsent B.A.Abdukarimov, tadqiqotchi N.A.Komilova);

barcha xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilgan ilmiy – tadqiqot ishlar natijasi (jami 4 ta shartnoma-2 mln. so‘mlik)  tegishli korxonalar xo‘jalik faoliyatini takomillashtirish uchun dalolatnoma asosida qabul qilingan;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi topshirig‘i asosida “Iqtisodiyot” kafedrasi professor o‘qituvchilari B.A.Abdukarimov, T.S.Sharipov, “Kasbiy ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi N.Kamilova va “Menejment va statistika” kafedrasi o‘qituvchisi F.B.Abdukarimovlar tomonidan  O‘zbekiston Respublikasida savdoni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanib Iqtisodiyot vazirligiga 1 b.t. hajmda topshirilgan; 

kafedrada bajarilgan bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalarini  80,0 % korxona va tashkilotlar byurtmasi asosida amalga oshirilib, ular natijalari dalolatnomalar bilan amaliyotga joriy qilinishga qabul qilinib kelinmoqda.

Bulardan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga o‘quv jarayonini, jumladan: o‘quv rejalarini; namunaviy dasturlarni; reyting tizimini takomillashtirish bo‘yicha dotsent B.A.Abdukarimov tomonidan bir qancha taklif va tavsiyalar yuborilgan.

Professor – o‘qituvchilar kafedra rejasi asosida «Milliy g‘oya, ma’naviyat va ijtimoiy taraqqiyot», «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat», «Axborot texnologiyalari» va «Oliy ta’lim fanlari» kurslari bo‘yicha malakalarini oshirgan.

T.S.Sharipov 2006 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi «Iste’dod» jamg‘armasining «Turizm va servis» yo‘nalishi bo‘yicha grant sovrundori bo‘ldi va Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay universitetida malaka oshirib kelgan.

Z.N.Toshov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasining 2005 yil grant sovro‘ndori. Moskva Davlat Universitetida 2004 va 2006 yillarda malaka oshirishga muvofiq bo‘ldi.

Kafedra faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va axloqiy tarbiya masalalari alohida o‘rin tutadi.

Kafedraning 80 % professor-o‘qituvchilari guruh murabbiylari hisoblanadi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari har oyda bir marotaba talabalar uyida «Kafedra kuni»ni o‘tkazib kelmoqda. Ushbu suhbatlarda talabalar bilan «Davra suhbati» tashkil qilinib, unda talabalarni qiziqtirgan iqtisodiyot muammolari, Respublikada o‘tkazilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy islohatlar to‘g‘risida savol javoblar o‘tkazilmoqda.

Iqtisodiyot kafedrasida hozirgi (2016 yil holatiga) kunda jami 25 ta professor – o‘qituvchilar xizmat ko‘rsatmoqda, jumladan: 4 ta fan doktori, professorlar; 1 ta professor, 6 fan nomzodi, dotsentlar; 7 ta katta o‘qituvchi; 7 ta o‘qituvchi. Kafedrada ilmiy darajalilik – 56 % tashkil qiladi, kafedraning shtat lavozimida ishlayotganlarni (o‘rindoshlarsiz) o‘rtacha yoshi 45 yoshni tashkil qiladi.

Kafedraning kelajak maqsadi o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, fanlarni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ta’minotini ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari talablari asosida yangi avlodlari bilan ta’minlash, ilmiy – tadqiqot ishlarining samaradorligini (amaliyotga joriy etishni) oshirish, «Fan – Ta’lim – Ishlab chiqarish»  integratsiyasini kengaytirish, doktarantlar, tadqiqotchilarni ilmiy tadqiqot ishlarini muddatda bajarilishini ta’minlash, iqtidorli talabalar bilan yakka tartibda ishlashning mazmun mohiyati va shakllarini takomillashtirish, «Ustoz - Shogirt»  munosobatlarini no’ananaviy shakllarini joriy qilish kabilardan iboratdir.

Kafedra professor – o‘qituvchilarining yaqin kelajakda bajaradigan ishlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

- kafedrada rejalashtirilgan (boshqa oliy o‘quv yurtlari olimlari bilan hammualliflikda) darslik va o‘quv qo‘llanmalarni zamon talablari darajasida, belgilangan muddatda yaratishni ta’minlash;

- barcha doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlayotgan 20 ta doktorant tadqiqotchilarni rejalashtirgan muddatda dissertatsiyalarini himoya qilishini ta’minlash;

- kafedra professor-o‘qituvchilarini Davlat va chet el grantlarini olish uchun tanlovga qatnashishini ta’minlash;

- bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarining mavzularini kompleks bog‘liqligini ta’minlash nuqtai nazaridan Respublikada o‘tkaziladigan iqtisodiy islohatlar, muammolardan kelib chiqib tasdiqlash.

 2005 yil sentyabrdan 2013 yilgacha kafedra mudiri lavozimida dotsent B.A. Abdukarimov ishlab keldi. Hozirda u kishi professor lavozimini bajarmoqda. 2013 yil 22 iyundan kafedra mudiri lavozimida dotsent Sh.A.Sultonov ishlab kelmoqda.

 

“Iqtisodiyot” kafedrasi professsor-o‘qituvchilari

2

 

“Iqtisodiyot”  kafedrasi professsor-o‘qituvchilari ish faoliyatidan lavhalar

3

4

 

Kafedra professor – o‘qituvchilarining yaqin kelajakda bajaradigan ishlari jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin

5

 

Iqtisod kafedrasida o‘qitiladigan fanlar

6

 

7

8

        Yuqoridagi keltirilgan fanlar bo‘yicha na’munaviy o‘quv dasturlarining aksariyat qismi tayanch oliy o‘quv yurtlaridan olib kelinadi, bir qismi esa kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanadi.

 

Kafedraning ilmiy salohiyati

Hozirgi vaqtda kafedrada 23 nafar professor-o‘qituvchi talabalarga dars bermoqda, jumladan:

9

 

  • Sultonov Sh.A. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent      
  • Abdukarimov B.A. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • Seytmuratov R. – iqtisod fanlari doktori dotsent
  • Bektemirov A. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • Aslanova D.H. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • Shavqiyev E.Sh. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • Sharipov T.S. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • Abdukarimov F.B. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • Quvondiqov Sh.O. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • Arabov N.U. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • Fayziyev E.S. – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • Sattorova Z.I. - katta o‘qituvchi
  • Abdullayeva Z.I. - katta o‘qituvchi
  • Qurbonova R.J. - katta o‘qituvchi
  • Normurodov U.N. - katta o‘qituvchi
  • Artikov Z.S. - assistent-o‘qituvchi
  • Usmonov Z.B. - assistent-o‘qituvchi
  • Sheraliyev A.S. - assistent-o‘qituvchi
  • Xazratov A.P. - assistent-o‘qituvchi
  • Urazov D.K. - assistent-o‘qituvchi
  • Hasanov B. T - assistent-o‘qituvchi
  • Ruziyeva N. - assistent-o‘qituvchi
  • Maxmudov L. - assistent-o‘qituvchi

 

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARINING TARKIBI

 1

Sultonov Shodiyor Abduxalilovich, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2013 yil 22 iyundan Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Iqtisodiyot kafedrasi mudiri

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998907435707

Batafsil

 11

Abdukarimov Barat – Ali, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2013 yil 22 iyundan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti

Baratali47@umail.uz +998915246600

Batafsil

 12

Bektemirov Abdumalik, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2015 yil 7 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining Bank-moliya xizmatlari fakulteti dekani

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998902716088

Batafsil

 13

Aslanova Dilbar Hasanovna iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2004 yil 13 sentyabrdan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor

Hasanovna25@umail.uz +998662332838

Batafsil

 14

IShavqiyev Erkin iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2013 yil  1 martdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti  

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998906036640

Batafsil

 15

Fayziyev Erkin Saydiyevich, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2004 yil 26 martdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti 

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998939955383

Batafsil

 16

Sharipov To‘lqin Saidaxmedovich, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2011 yil 26 martdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining servis va turizm fakulteti dekani

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998915238487

Batafsil

 17

Arabov Nurali Uralovich,  iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2013 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti.   

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998939913458

Batafsil

18

Abdukarimov Furkat Barat-Aliyevich, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2013 yil 10 iyuldan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining servis va turizm fakulteti dekan o‘rinbosari

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998915247700

Batafsil

 19

Kuvandikov Shuxrat Obloqulovich, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent.

2013 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998937253818

Batafsil

 20

Sheraliyev Axror Sodikovich.

2013 yil 25 iyundan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining «Iqtisodiyot va menejment» fakulteti dekan o‘rinbosari

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998933520440

Batafsil

 21

Sattarova Zuxra Ilxomovna, katta o‘qituvchi

2004 yil 7 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998915245115

Batafsil

 22

 Abdullayeva Zulfiya Izzatovna, katta o‘qituvchi.

2005 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998933526537

Batafsil

 23

Qurbonova Raxima Jamshedovna, katta o‘qituvchi.

2008 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998915369928

Batafsil

 24

Normurodov Umidjon Normurod o‘g‘li, katta o‘qituvchi.

2015 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi katta o‘qituvchisi

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998905051516

Batafsil

 25

Artikov Zokir Sayfiddinovich, assistent-o‘qituvchi.

2016 yil 2 yanvardan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi katta ilmiy izlanuvchi

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998933558668

Batafsil

 26

Usmonov Zayniddin Berdirasulovich, assistent-o‘qituvchi.

2010 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi assistenti

Zayniddin82@umail.uz +998941878735

Batafsil

 27

Xazratov Abror Panjiyevich, assistent-o‘qituvchi.

2014 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi assistenti

This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. +998905033113

Batafsil

 28

Urazov Davlat Komilovich, assistent-o‘qituvchi.

2015 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi assistenti

Urazov-avlat@rambler.ru +998915206448

Batafsil

 29

Hasanov Bektosh Tursunqulovich, assistent-o‘qituvchi.

2015 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi assistenti

Bektosh0086@umail.uz +998945360016

Batafsil

 30

Maxmudov Lazizbek Ubaydullo o‘g‘li, assistent-o‘qituvchi.

2016 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining iqtisodiyot kafedrasi assistenti

Mahmudov090@umail.uz +998915596619

Batafsil

Kafedraga olib borilayotgan ilmiy ishlar

       Kafedraning ilmiy-tadqiqot mavzusi «Xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlarini rivojlantirish va aholi farovonligini yuksaltirish muammolari va yechimlari» deb nomlanib, ushbu mavzu doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan birgina 2015-2016 o‘quv yilining o’zida 82 ta ilmiy maqola chop qilindi. SHuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari davlat loyihalarida ham ishtirok etib kelmoqda.

31

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy  ishlar

32

 

«Iqtisodiyot» kafedrasida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar haqida ma’lumot

Tadqiqotchi

ning

F.I.Sh.

Ixtisos­li­gi

shifri va nomi

Ilmiy rahbarining F.I.Sh.

Dissertatsiya mavzusi

Disserta-siyaning tayyorlik darajasi,% Himoyaga chiqish muddati
1 Qurbonova R.J.

08.00.05

«Xizmat ko‘rsa

tish tarmoqlari iqtisodiyoti»

G‘.H.Qudratov

I.f.d., professor

Servis korxonalarni moderinizatsiyalash va ularda xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari 90 2017
2 Normurodov U.N.

08.00.05

«Xizmat ko‘rsa

tish tarmoqlari iqtisodiyoti»

I.f.d.,

Professor A.Soliyev

O‘zbekistonda savdo korxonalari raqobatbardoshligi va iqtisodiy- samaradorligini oshirish 90 2017
3 Ibragimova M.Sh.

08.00.05

«Xizmat ko‘rsa

tish tarmoqlari iqtisodiyoti»

I.f.d.,

professor

Muhammedov M.M.

Ta’lim turizmi xizmatlari bozorini rivojlantirishning konseptual yo‘nalishlari va istiqbollari 90 2017
4 Artikov Z.C.

08.00.05

«Xizmat ko‘rsa

tish tarmoqlari iqtisodiyoti»

I.f.d., professor

A.To‘ychiyev

Savdo xizmatlarini takomillashtirish orqali axoli xayot darajasi va sifatini oshirish yo‘llari 30 2019


Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1 avgust 2008 yildagi № 237 sonli «Oliy ta’lim muassasalari kafedralarida ilmiy – tadqiqot ishlari, ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash hamda talabalar ilmiy – ijodiy faoliyatini tashkil etish yuzasidan yuritiladigan hujjatlar namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan kafedrada 28 ta iqtidorli talaba ishlamoqda. Bu iqtidorli talabalarga kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbarlik qilishmoqda. Bundan tashqari kafedrada «Biznes reja» to‘garagi ham mavjud bo‘lib, bu to‘garaklarga katta o‘qituvchi Z.I.Sattorova rahbarlik qilmoqda. To‘garakga kafedramizning iqtidorli talabalaridan tashqari institutimizning boshqa iqtidorli talabalari ham qatnashdilar. Ular kafedraning mavzusi asosida ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ilmiy ishlar olib borishmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining 2016 yilida malaka oshirishi haqidagi ma’lumotlar

Malakasini oshirgan o‘qituvchi Malakasini oshirgan sanasi Malakasini oshirganligi to‘g‘risida hujjat

Yo‘nalishi

1 Sattarova Z.I. 01.06 dan 30.07 Malaka attestati №005911 Iqtisodiyot (tarmoqlar va soxalar bo‘yicha)
2 Sheraliyev A.S. 29.02.dan 05.03 Malaka sertifikati №255271 Oliy ta’limni tashkil etishning dolzarb masalalari

«Iqtisodiyot» kafedrasining 2017 yildagi malaka oshirish rejasi

O‘qituvchilarning ismi-sharifi Lavozimi O‘tkazilish joyi Muddati

Mutahassislik,

kursning nomi

1 Kurbanova Raxima Jamshedovna Kafedra katta o‘qituvchisi TDIU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

2017 yil

yanvar-fevral

Iqtisodiyot
2 Usmanov Zayniddin Berdirasulovich

Kafedra

o‘qituvchisi

TDIU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

2017 yil

mart-aprel

Iqtisodiyot
3 Hasanov Bektosh Tursunqulovich

Kafedra

 o‘qituvchisi

TDIU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

2017 yil

may-iyun

Iqtisodiyot
4 Normurodov Umidjon Normurod o‘g‘li Kafedra katta o‘qituvchisi TDIU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

2017 yil

sentyabr-oktyabr

Iqtisodiyot
5 Xazratov Abror Panjiyevich

Kafedra

o‘qituvchisi

TDIU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

2017 yil

noyabr-dekabr

Iqtisodiyot