Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Kasb-hunar ta’limi kafedrasi
siddiqov
              
 
 
        Kafedra mudirif: p.f.n.,dots. Suyunov Ochil Jumabayevich
        Telefon: :(+998 91) 656-24-64

        Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

         

 

        

          “Kasb ta’limi” kafedrasi institutning yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, bugungi kunda institutning Kasb ta’limi (5111017-Iqtisodiyot, 5111008-Buxgalteriya hisobi va audit) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tayanch kafedra hisoblanadi. 

     Kafedra tarixi institut tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, turli yillar davomida “Siyosiy iqtisod”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”, “Kasb-hunar ta’limi” va “Kasb ta’limi” kafedrasi nomlari bilan atalib, iqtisodiyot tarmoqlariga malakali iqtisodchilar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun malakali iqtisodchi-pedagog kadrlar yetishtirib berayotgan kafedradir.

     “Kasb ta’limi” kafedrasi ilk bor 1931 yil «Siyosiy iqtisod» kafedrasi nomi bilan tashkil qilingan bo‘lib, birinchi kafedra mudiri sifatida dotsent X.Minubaev, keyinchalik Muso Toshmuhammedov (Oybek) ishlagan.

     1936-1938 yillarda kafedra mudiri bo‘lib professor I.SHtern ishlagan, keyinchalik 1938-1940 yillarda kafedra mudiriligini V.Mishen bajargan.

     1940-1941 yillarda kafedrani dotsent A.Kalujin, 1942-1945 yillarda dotsent M.To‘raev va professor Z.Mendelson, dotsent A.Sidorovlar boshqargan.

    1945-1960 yillarda kafedraga dotsent A.Svetlichniy rahbarlik qilgan. 1960-1978 yillar davomida kafedraga dotsent N.Abdullaev, dotsent F.Amonullaev, dotsent N.Sirojev, dotsent SH.Abdullaev, dotsent H.Qurbonovalar rahbarlik qilishgan.

     1978 yildan 1993 yilgacha kafedra mudirligini dotsent O.Qodirqulov bajargan. 1993-1998 yillarda kafedra mudirligini i.f.d., prof. O‘.Rashidov, 2001 yildan 2008 yilgacha i.f.n., dotsent R.Qarshiev bajardi. 2004 yil kafedra «Falsafa va O‘zbekiston tarixi» kafedrasi bilan birlashtirilib, «Ijtimoiy – gumanitar fanlar» kafedrasiga aylantirildi. Kafedra mudiri etib, f.f.d., prof. S.K.Karimov tayinlandi.1

    2004 yil 26 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Samarqand iqtisodiyot va servis instituti»ni tashkil etish to‘g‘risidagi 144-sonli qarori qabul qilingach, institut ilmiy kengashining 2005 yil 28 oktyabrdagi 2 - son qarori, institut rektorining 2005 yil 7 dekabrdagi 147 «F» sonli buyrug‘i asosida «Kasb-hunar ta’limi» kafedrasi nomi bilan qayta tashkil qilindi. Kafedra mudiri etib, i.f.n., dotsent R.Qarshiev tayinlandi. 2008 yil aprelda kafedra mudirligiga p.f.n., dotsent E.Iskandarov saylandi, 2008 yilning sentyabridan 2013 yilning mayigacha kafedra mudirligiga i.f.d., prof. M.Muxammedov tayinlandi. 2013 yilning may oyidan hozirgi vaqtga qadar kafedraga p.f.n., dotsent O.Suyunov rahbarlik qilib kelmoqda.

    O‘tgan yillar davomida kafedra a’zolaridan prof. M.To‘raev 1944-1951 yillarda, prof. M.Rasulov 1961-1968 yillarda, prof. SH.Sulaymonov 1968-1986 yillarda, prof. E.Aliqulov 1986-1988 yillarda, prof. M.Muxammedov 1994-1998 yillarda institut rektori sifatida faoliyat olib borganligini alohida ta’kidlash joiz.

    Hozirgi davrda kafedrada 24 ta fan mujassamlashgan bo‘lib, shulardan 10 dan ortig‘i pedagogika, psixologiya va hozirgi zamon kasb - hunar ta’limini shakllantiruvchi fanlardir.

Kafedraning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:
5111008 – kasb ta’limi: buxgalteriya hisobi va audit;
5111017 – kasb ta’limi:  iqtisodiyot;
 

Kasb-hunar ta’limi kafedrasida o‘qitiladigan fanlar:

 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Didaktik materiallar kompleksi va vositalari
  • Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
  • Iqtisodiy tarbiya nazariyasi
  • Iqtisodiyot nazariyasi
  • Kasb ta’limi metodikasi.
  • Kasbiy pedagogika
  • Kasbiy psixologiya
  • Kasbiy ta’lim metodikasi
  • Makroiqtisodiy siyosat
  • Makroiqtisodiyot
  • Mikroiqtisodiyot
  • Notiqlik san’ati
  • Pedagogik etika
  • Pedagogik mahorat
  • Pedagogika. Psixologiya
  • Sotsial iqtisodiyot
  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi
  • Umumiy pedagogika
  • Umumiy psixologiya
  • YAngi pedagogik texnologiyalar

 

 Magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Iqtisodiy fanlarni o‘qitish uslubiyati
  • Sotsial iqtisodiyot
  • Pedagogik texnologiyalar

     Yuqoridagi keltirilgan fanlar bo‘yicha na’munaviy o‘quv dasturlarining aksariyat qismi tayanch oliy o‘quv yurtlaridan olib kelinadi, bir qismi esa kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanadi.

Kafedraning ilmiy salohiyati

Hozirgi vaqtda kafedrada 21 nafar professor-o‘qituvchi talabalarga dars bermoqda, jumladan:

  • M.Muxammedov – iqtisod fanlari doktori, professor2
  • O.Suyunov – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
  • R.Qarshiev – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • J.Oripov – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • O.Hamroqulova – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • L.Xoliqova– iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • N.Xusanov – tarix fanlari nomzodi dotsent
  • A.SHakarov – texnika fanlari nomzodi dotsent
  • N.Kamilova – iqtisod fanlari nomzodi dotsent
  • A.To‘xtamishov – katta o‘qituvchi
  • N.Temirova – katta o‘qituvchi
  • A.SHonazarov – katta o‘qituvchi
  • D.Norboeva – katta o‘qituvchi
  • YU.O‘runboeva – assistent-o‘qituvchi
  • I.Nasimov – assistent-o‘qituvchi
  • F.Salomov – assistent-o‘qituvchi
  • O‘.Zubaydullaev  – assistent-o‘qituvchi
  • L.Musaboeva – assistent-o‘qituvchi
  • D.Norqulova – assistent-o‘qituvchi
  • U.Xolboev – assistent-o‘qituvchi
  • B.Iskandarov – assistent-o‘qituvchi

 

Kafedraga olib borilayotgan ilmiy ishlar

       Kafedraning ilmiy-tadqiqot mavzusi «Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish va psixologik omillar rolini oshirish muammolari» deb nomlanib, ushbu mavzu doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan birgina 2015-2016 o‘quv yilining o’zida 93 ta ilmiy maqola, 5 ta monografiya chop qilindi. SHuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari davlat loyihalarida ham ishtirok etib kelmoqda.

Loyiha nomi: F1-FA-0-73578 FA-F1-G029 «Qishloq joylarida mehnat resurslaridan unumli foydalanish va aholi bandligini oshirishning konseptual yo‘nalishlari»
Loyiha turi: fundamental
Loyiha rahbari: i.f.d.prof. Muxammedov M.M.
Loyiha bajaruvchilari:    Muxammedov M.M, O‘rinboeva YU.P, Xoliqov Y.M.
3
4
5
6
 
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy  ishlar
7
8
 
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash
 
                O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 1 avgust 2008 yildagi № 237 sonli «Oliy ta’lim muassasalari kafedralarida ilmiy – tadqiqot ishlari, ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash hamda talabalar ilmiy – ijodiy faoliyatini tashkil etish yuzasidan yuritiladigan hujjatlar namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan kafedrada 28 ta iqtidorli talaba ishlamoqda. Bu iqtidorli talabalarga kafedraning etakchi professor-o‘qituvchilari ilmiy rahbarlik qilishmoqda. Bundan tashqari kafedrada «YOsh iqtisodchi» va «Pedagogik mahorat» to‘garaklari ham mavjud bo‘lib, bu to‘garaklarga assistent-o‘qituvchilar YU.O‘rinboeva, F.Salomov, D.Norboevalar rahbarlik qilishmoqda. To‘garaklarga kafedramizning iqtidorli talabalaridan tashqari institutimizning boshqa iqtidorli talabalari ham qatnashdilar. Ular kafedraning mavzusi asosida ilmiy rahbarlari bilan birgalikda ilmiy ishlar olib borishmoqda.
9

Malaka oshirish

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-son farmoni ijrosi kafedra professor – o‘qituvchilari tomonidan izchil ta’minlanib kelinmoqda. Kafedra professor – o‘qituvchilari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoq markazlarida belgilangan grafik asosida o‘z malakalarni oshirib kelmoqda.

10

Kafedra manzili:   2-qavat,  161-xona