Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

“Xorijiy tillar” kafedrasi

 

mardiyev

   

   Kafedra mudiri:  Katta o'qitucvhi Mardiyev To'lqin Kulibayevich

   Telefon: (+998 93) 344 61 51

   Elektron manzili: mardiyevtulkin@umail.uz

 

                               

 

 

KAFEDRA TARIXI

Institut faoliyat korsata boshlagan dastlabki yillaridaXorijiy tillarkafedrasiTillar sektorinomi bilan atalib, jamoa 1936 yildan kafedra sifatida faoliyat korsata boshladi.

«Xorijiy tillar» kafedrasi institutda dastlabki qadamlarni talabalarga 240 soat hajmida amaliy mashg‘ulot o‘tkazish bilan o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada o‘zbek, tojik, rus, qozoq, turkman, qirg‘iz,, qoraqalpoq, nemis, ingliz tillari amaliy mashg‘ulot asosida o‘qitilgan.

70-yillarning ikkinchi yarmida institut kontingenti ko‘payishi munosabati bilan kafedra professor-o‘qituvchilarining soni yanada  ko‘paytirilib, “Tillar” kafedrasi ikkita mustaqil jamoaga: “Rus tili” va “Chet tili” kafedrasiga bo‘lindi. Kafedra mudirligi lavozimiga SamDU “Rus filologiyasi” fakulteti “Rus adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi N.N.Namozov taklif etilib, dots. N.F.Pak, M.M.Shebarshina, L.G.Korobeynikova, L.M.Lizova, A.A.Raxmonova, T.A.Zotova, R.G.Boruxova, K.I.Kim, O.G.Miratnichenko, G.A.Gparinina, N.I.Samibayeva, S.A.Adilova, T.X. Nazirov, D.J.Mirzayevalar kabi professor-o‘qituvchilar bilan jamoa shakllantirildi. 

1976 yildan 1992 yilgacha “Tillar” kafedrasi ikki bor mustaqil kafedralarga ajratilgan va so‘ng yana qayta bir jamoaga aylantirilgan. “Tillar” kafedrasi a’zolari T.X.Nazirov  S.Adilova, L.Yu.Xusainova, Z.A.Nasrullayeva, N.N.Namozovlar o‘z ilmiy tadqiqot ishlarini yakunlab, “Filologiya  fanlari nomzodi” ilmiy darajasini olishga erishdilar.

2004 yil “Tillar” kafedrasiga yosh izlanuvchi pedagoglardan biri katta o‘qituvchi T.K.Mardiyev mudir etib tayinlandi. 2013 yil SamISI 2-sonli Ilmiy Kengash qaroriga binoan kafedra nomi “Xorijiy tillar” kafedrasi deb nomlandi. Ayni paytda kafedrada quyidagi o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Dotsentlar: L.Yu.Xusainova, M.B.Begmatov, S.A.Adilova va G.Mirsanovlar. Katta o’qituvchilar K.Mamatqulova, N.Xamidova va D.Norboyeva. O’qituvchilar O’.Ostonov, R.Samandarov, I.Mattiyev, N.Imomov, O.Sadriyev, Z.Ashurova, Sh.Xabibova, N.Narziyev, R.Qodirov, S.Kipchakova, Z.Bektimirovlar. 

1

 

KAFEDRANI RIVOJLANTIRADIGAN ASOSIY YO’NALISHLAR 

2

 

2016-2020 O’QUV YILLARI BO’YICHA KAFEDRANING ISH REJASI

3

 

“XORIJIY TILLAR” KAFEDRASINING 2016-2020 YILLARDA ILMIY-TADQIQOT YO’NALISHI BO’YICHA STRATEGIK REJASI 

4

 

TALABALAR BILAN OLIB BORILADIGAN ILMIY TADQIQOT ISHLAR

         Institut hamda kafedraning ilmiy – tadqiqot rejasiga asoslanib “Xorijiy tillar” kafedrasi talabalarni ilmiy – tadqiqotga yo’naltirilgan “Iqtidorli talabalar” to’garak rejasi mavjud. Kafedra qoshida “Yosh tilshunoslar” nomli iqtidorli talabalar to’garagi mavjud bo’lib, unda o’zbek, rus, ingliz, nemis va fransuz tillarni o’rganishga qiziqqan talabalar ishtirok etishadi. To’garaklar rahbarlari: Katta o’qituvchi K.Mamatqulova, D.Norboyeva. o’qituvchilar I.Mattiyev, N.Narziyev, Z.Ashurovalar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

MA’NAVIY – MARIFIY TADBIRLAR.

            “Xorijiy tillar” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan talabalar yoshlar o’rtasida “Bilimlar kuni”, “O’zbek tilim – jon-u dilim”, “Navoiy ijodi barhayotdir”, “Giyohvandlik umr zavoli” nomli mavzularda talabalar bilan davra suhbatlari  2017-2018 o’quv-yillarda tashkil etiladi.

         Shuningdek, “Let’s learn English” va “You can do it” nomli mavzularda iqtidorli talabalar o’rtasida viktorinalar tashkil etiladi. Ingliz tilida gaplashuvchi mamlakatlarning geografik joylashuvi, tarixi, milliy ramzlari, diqqatga sazavor joylari, mashhur kishilari hayoti va ijodi haqida doimiy ravishda “Self work”lar yoziladi. 

 5

 

Kafedra tarkibi

 

 mardiyev

   

  “Xorijiy tillarkafedrasi mudiri: Mardiyev Tolqin Kulibayevich  1976 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida ziyolilar oilasida tugilgan. 1993-1998 yillarda Fargona Davlat universitetiXorijiy filologiyafakulteti talabasi. 2004 yildan buyonXorijiy tillarkafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2016 yil yanvardan boshlab SamDCHTI mustaqil ilmiy xodim izlanuvchisi sifatidaIngliz va ozbek tillarida inson tuygularining kontseptual tahlilimavzusida ilmiy tadqiqot olib  kelmoqda. Telefon: (+998 93) 344 61 51 Elektron manzili: mardiyevtulkin@umail.uz

 6

            Доцент кафедра “Иностранных языков” Хусаинова Лейла Юнусовна родилась  24.07.1951 года. В 1973 году окончила СамГУ, факултет иностранных языков и с августа этого же года работаю преподавателем кафедры языковб с 1988 года-старший преподавател с 1992 года – доцент кафедрыю с 1982 года.

Telefon: (+998 91) 556 51 41 Elektron manzili: xusainova@umail.uz

 7

          “Xorijiy tillar”  kafedrasi rus tili katta o’qituvchisi Adilova Soliya Odilovna 1948 yil 21 fevralda tug’ilgan. 1971 yilda Samarqand davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatib, avgust oyidan boshlab mazkur institutning milliy guruhlarda rus tili oqitish kafedrasida oqituvchi sifatida ish faoliyatini boshlagan. 1980 yilda kondidatlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirgi kundaXorijiy tillarkafedrasida faoliyat olib bormoqda

Telefon: (+998 90) 271 71 28  Elektron manzili:  adilova.soliyaxon@umail.uz

 

8

             “Xorijiy tillar kafedrasi frantsuz tili katta o’qituvchisi Mamatqulova Komila Abduxalikovna  1967 yil 5 noyabrda Samarqand shahrida tugilgan.1990-yilda Samarqand Davlat  Chet tillar  institutini  “Fransuz filologiyasi”  fakultetini  “Filolog,  o’qituvchi”   kvalifikatsiyasi bilan tamomlagan . K.A.Mamatqulova  mehnat  faoliyatini  1990-yildan  boshlab Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xorijiy tillar” kafedrasida “fransuz tili”  katta o‘qituvchisi  lavozimida ishlaydi.

Telefon: (+998 91) 534 45 91 Elektron manzili:  mamatqulova@umail.uz

 9

Xorijiy tillar kafedrasi rus  tili o’qituvchisi Norboyeva Dilafruza Djumakulovna 1973 yil 31 oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1990 yilda Samarqand Davlat universitetiga o‘qishga kirib,  “Rus tili va adabiyoti” fakultetini 1995 yilda tamomlagan. 2006 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Kasbiy ta’lim” kafedrasi assistenti lavozimida ish boshladi. 2012 yildan SamISIning “Xorijiy tillar” kafedrasi assistenti va 2015 yildan katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Telefon: (+998 91) 525 50 97 Elektron manzili:  norboyeva@umail.uz

 10

            “Xorijiy tillar” kafedrasi ingliz tili katta o’qituvchisi Xamidova Nigina Zakirjanovna 1979 yil 15 sentabrda Samarqand shahrida tug’ilgan. U 2001 yilda Samarqand Davlat Chet Tillar institutini “Ingliz tili lingvistika” mutaxassisligini tamomlagan.  Xamidova Nigina Zakirjanovna Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti “Xorijiy tillar” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlaydi.

Telefon: (+998 91) 545 80 49  Elektron manzili:  nigin_soul@mail.uz

 11

                “Xorijiy tillar” kafedrasi nemis tili o’qituvchisi Mattiyev  Ilhom  Begmatdulobovich  1976-yil  9-sentabrda  Samarqand  viloyati Past-Darg’om tumanida tug’ilgan. 1998-yilda Samarqand Davlat  Chet- tillar  institutini  “Nemis filologiyasi”  fakultetini  “Nemis va ingiliz tillari”  o’qituvchisi   kvalifikatsiyasi bilan tamomlagan .I.B.Mattiyev  mehnat  faoliyatini  1998-yildan  boshlab Samarqand  Iqtisodiyot  va Servis instituti  “Xorijiy  tillar” kafedrasida  nemis tili  o’qituvchisi  lovozimida  ishlaydi.

Telefon: (+998 95) 509 18 76 Elektron manzili:  mattiyev.ilhom@umail.uz

 12

         “Xorijiy tillar” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Samandarov Rustam Dusyorovich 1984  yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 2005 yil  Jizzax Davlat pedagogika instituti “Xorijiy tillar” fakultetini tugatgan. 2007 yil  Samarqand davlat chet tillar instituti  Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tugatgan. 2008 yildan buyon hozirgi vaqtgacha Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlab  kelmoqda.

Telefon: (+998 97) 927 72 72  Elektron manzili:  rusya_1984@mail.uz

 13

Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi Kipchakova Sanobar Baxriddinovna – 1970 yilda Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug‘ilgan. 1993 yilda O‘zbekiston davlat jaxon tillar Universitetini «Ingliz tili va milliy maktablarda rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. S.B.Kipchakova mehnat faoliyatini 2016 yildan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xorijiy tillar” kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida ishlaydi. 

Telefon: (+998 93) 994 55 07  Elektron manzili:  sanobar.kipchakova@mail.uz                                    

 14

          Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi Ostonov O’tkir Yangiboyevich 1977 yil 6 yanvarda Samarqand viloyat Urgut tumanida tug’ilgan. U 1994 yil SamDU ga o’qishga kirib 1999 yil SamDChTI ning “Filolog, ingliz va arab tillari o’qituvchisi” ixtisosligini olgan. “Xorijiy tillar” kafedrasida  2006 yildan buyon ingliz tili fani o’qituvchisi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Telefon: (+998 93) 729 49 13  Elektron manzili:  vatkan77@mail.uz

 15

            “Xorijiy tillar” kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi Sadriyev Ozod Hamdamovich 1986 yil 4 mayda Samarqand viloyati Tayloq tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda Samarqand Davlat chet tillar Institutining ingliz tili lingvistika mutaxassisligini tamomlagan. Sadriyev 2012 – yildan beri Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xorijiy tillar” kafedrasida ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida ishlaydi.

Telefon: (+998 94) 285 57 58 Elektron manzili:  sadriyev.ozod@umail.uz

 16

            Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi Xabibova Shaxnoza Ismatullayevna 1985 yil 8 oktabrda Samarqand viloyati, Oqdaryo  tumanida tugilgan.

2007 yilda Samarqand Davlat Chet tillar Institutini “Filolog, Ingliz va Yapon tili o’qituvchisi” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan..

Sh.I.Xabibova  mehnat  faoliyatini  2015-yildan  boshlab  Samarqand Iqtisodiyot  va Servis instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi   ingliz  tili  fani o’qituvchisi  lovozimida  ishlab kelmoqda. 

Telefon: (+998 91) 548 06 88  Elektron manzili:  xabibova.shaxnoza@umail.uz

 17

“Xorijiy tillar”  kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi Narziyev Navruz Tollibayevich 1986 yil 9 mayda Samarqand viloyati, Payariq tumanida tug’ilgan. 2010 yilda Samarqand Davlat Chet tillar Institutini “Filolog, Ingliz tili o’qituvchisi” mutaxassisligi bo’yicha bakalavr darajasini tamomlagan.2016 yilda Samarqand Davlat Chet tillar Instituti magistratura bosqichini lingvistika (ingliz tili) yo’nalishini tamomlagan. 2016 yildan boshlab Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Xorijiy tillar” kafedrasi assistent o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Telefon: (+998 93) 355 54 22 Elektron manzili:  mamatqulova@umail.uz

 18

             Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o’qituvchisi Imamov Navro’z Pattaqulovich – 1986 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug’ilgan. 2010-yilda Samarqand Davlat Chet tillar instituti Ingliz tili filologiyasini tamomlagan.

2013 yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Xorijiy tillar” kafedrasida ingliz tili fani o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

     Telefon: (+998 93) 721 31 39  Elektron manzili:  imamov_navruz1986@mail.uz

 19

              “Xorijiy tillar” kafedrasi o’zbek tili o’qituvchisi Ashurova Zulxumor Shodiyevna – 1987 yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug’ilgan.2012 yilda Samarqand Davlat Universiteti o’zbek filologiyasini tamomlagan.

2003 yilda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. Z.Ashurova             2013 yildan buyon Samarqand iqtisodiyot va sevis instituti “Xorijiy tillar” kafedrasining “O’zbek tili” o’qituvchisi lavozimida ishlaydi.

Telefon: (+998 90) 270 86 46  Elektron manzili:  ashurova.zulximor@umail.uz

 

20

21

 

“Xorijiy til” kafedrasining 2016-2017 o’quv yilida quyidagi fanlar o’tiladi:

22

23

24

 

Xalqaro  hamkorlik va chet el bilan  ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar

      Kafedrada chet el oliygohlari bilan ilmiy-amaliy pedagogik aloqalar o‘rnatish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilib borilmoqda. Kafedraning yosh ilmiy izlanuvchilari tomonidan joriy yilga qadar ko’plab xalqaro, ilmiy-amaliy anjumanlarida maruzalar qilingan. Shunigdek xalqaro tanlovlar ishtrokchisi bo’lgan.

25

26

27