Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi

Tuxliyev Iskandar Suyunovich

  
 
               Kafedra mudiri: i.f.d. professor Tuxliyev Iskandar Suyunovich
 

               Telefon: (99891) 524-45-90

              Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

Xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi tarixi

      O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 26 martdagi «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‘g‘risida»gi 144-sonli qarori asosida va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2006 yil 13 iyuldagi № 78-79 F sonli buyrug‘i bilan institut tarkibida «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi tashkil qilingan edi. «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi institutining «Servis va turizm» fakulteti tarkibiga kiradi. Institut mamlakatimizda turizm va mehmonxona servis sohasi uchun oliy toifadagi kadrlar tayyorlaydigan tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanadi.

      2006 yildan «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasining tashkilotchisi iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tuxliyev Iskandar Suyunovich, 2008 yildan tanlov asosida kafedra mudiri etib saylandi va ushbu kafedradagi yangi 29 ta ixtisoslik fanlarning barchasi bo‘yicha o‘quv, ishchi o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashni tashkil qildi. Shu davr mobaynida kafedrada 5 ta ta’lim yo‘nalishi va 5 ta magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv rejalari  ishlab chiqildi va o‘quv jarayoniga tadbiq qilindi.

    Yangi ochilgan kafedradagi tashkil qilingan o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha dastlab kafedrada o‘qiladigan fanlarning birortasi bo‘yicha darslik yoki o‘quv qo‘llanmalar yo‘q edi, bu borada ham o‘tgan davrda katta ishlar amalga oshirildi. Kafedrada “Turizm marketingi”, “Turizm menejmenti”, “Turizm operatorlik xizmatlarini tashkil etish”, “Servis (turizm va mehmonxona xo‘jaligi)”, “Turizm (faoliyat turlari buyicha)” va “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat Ta’lim Standartlari va o‘quv rejalar tayyorlandi. Eng muhimi kafedrada barcha fanlar bo‘yicha zamonaviy o‘quv adabiyotlarining yangi avlodi yaratildi.

2

 Iqtisodiyot fanlari doktori professor I.S.Tuxliyevning kafedra o‘qituvchilarigatashkil qilgan seminar treningi

 

     Davlat ilmiy-tadqiqotlar dasturi doirasida 2007-2011 yillar mobaynida OT-7F-130 «Turizm xizmatlar bozorining ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini modernizatsiyalash» mavzusidagi fundamental grantining ilmiy rahbari I.S.Tuxliyev tomonidan grant doirasida bevosita turizm sohasi bo‘yicha 3 ta fan nomzodi tayyorlandi va ta’lim sohasida qator o‘quv adabiyotlari va monografiya nashr qilindi. Xozirgi paytda 2015 – 2017 yillarga mo‘ljallangan “Turizm ta’lim tizimi samaradorligini oshirishda elektron darslik yaratish va uni amaliyotga joriy etish” nomli Davlat amaliy grantining ilmiy rahbari sifatida kafedraning yosh bo‘lajak fan doktorlariga rahbarlik qilib kelmoqda.

      «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi institutda 10 yillik tarixga ega bo‘lishiga qaramasdan, uning tarkibida institutda 40 yildan ortiq ishlagan dotsent X.M.Mamatqulov va 30 yildan ortiq ishlagan dotsent I.U.Usmonov kabi hurmatli o‘qituvchilar samarali mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. 

3

Dosent X.M.Mamatqulov institut yotoqxonasida talabalar bilan uchrashuvi

 

4

Institut yotoqxonasida dosent I.U.Usmonov va kafedra prof-o‘qituvchilari talabalar bilan uchrashuvi

 

5

Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi 99-sessiyasiga tashrif buyurgan mexmonlar bilan uchrashuv

 

       Hozirgi paytda kafedraning professor-o‘qituvchilari Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida, jumladan 2012-2016 yillarga mo‘ljallangan «Turistik klasterni shakllantirish va amal qilish metodologiyasi» mavzusidagi fundamental grant va 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan “Turizm ta’lim tizimi samaradorligini oshirishga oid elektron darslik yaratish va uni amaliyotga joriy etish” amaliy grant mavzulari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

       Kafedrada “Turizm operatorlik xizmatlarini tashkil etish”, “Servis (turizm va mehmonxona xo‘jaligi)”, “Turizm marketingi”, “Turizm menejmenti”, “Turizm va mehmonxona xo‘jaligi servisi”, “Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)”, 2011 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus ta’lim vazirligi № 308 qarori asosida bakalavriyat bosqichida “Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)” va “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishlari, uzluksiz ta’limni davom ettirish maqsadida kafedra tomonidan magistratura mutaxasissligini ochish bo‘yicha tayyorlangan asosnoma tufayli “Xalqaro turizm operatorlik xizmatlari”, “Xizmat ko‘rsatish va turistik xizmatlarni tashkil etish”, “Turoperatorlik xizmatlarini tashkil etish” magistratura mutaxassisliklari ochildi.

     Bugungi kunda “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Institut yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari bo‘yicha tayanch oliy o‘quv yurti sifatida e’tirof etilganligi sababli, kafedra tomonidan o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun yangi Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va vazirlik tomonidan tasdiqlandi.

     Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan shu paytga qadar jami 4 ta darslik, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta monografiya, 25 ta ma’ruzalar matni, 34 uslubiy qo‘llanma va 22 ta uslubiy ko‘rsatma chop etildi. Bugunga kelib kafedrada barcha o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha zamonaviy o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy majmualari ishlab chiqilgan bo‘lib, respublikaning turdosh oliy o‘quv yurtlari ham bu adabiyotlar bilan ta’minlangan.

      Ushbu fanlarni o‘qitishda avvalambor ishni kafedra professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berildi va bugunga kelib, ularning barchasi turizm ta’lim yo‘nalishlarida qayta tayyorlanib, o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar. Jumladan: 2008 yilda kafedra dotsenti X.M.Mamatkulov, 2009 yilda esa professor I.S.Tuxliyev, katta o‘qituvchi, i.f.n. N.Ye.Ibadullayevlar Misr Arab Respublikasiga «Turizm menejmenti va mexmonxona xo‘jaligi» yo‘nalishi bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdilar. 2012 yilda katta o‘qituvchi, i.f.n. F.U.Tursunov “Yetakchi akademik tarkibning kasbiy salohiyatini oshirish orqali ta’lim sifatini ta’minlash tizimini takomillashtirish (QAPD)” TEMPUS dasturi doirasida London Metropoliten universitetida malakasini oshirishdi.

     «Xalqaro turizm va turizm servisi» kafedrasi bir qancha chet el oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Jumladan, Moskva Davlat Servis Universiteti, Moskva hukumati qoshidagi “Turizm va mehmonxona-restoran biznesi Moskva akademiyasi”, Misr Arab Respublikasi Xeluan Universiteti, Malayziyaning “Taylor” universiteti, Xo‘ja Axmad Yassaviy nomli xalqaro universitet (Qozog‘iston), Qozog‘iston  Iqtisodiyot Universiteti va Qozog‘iston Davlat Universitetlari hamda  Toshkent shaxridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan ilmiy ish va ilmiy-amaliy konferensiyalarda bevosita ishtirok etib kelmoqdalar.

6

 Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashi 99-sessiyasiga F.T.Babayevning ishtiroki

 

       Har yili kafedra professor-o‘qituvchilari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ananaviy “Buyuk ipak yo‘lida turizm” Xalqaro turistik yarmarkasida ishtirok etib, qator yutuqlarga  ega bo‘lmoqda. 2009 yil XV xalqaro turistik yarmarkada kafedraning “Turizm operatorlik xizmatlarini tashkil etish” yo‘nalishi talabasi Zohidov Firuz “Yilning eng yaxshi turizm yo‘nalishi bo‘yicha talabasi” sertifikatiga ega bo‘ldi. “Servis va turizm” fakulteti esa shu yilning o‘zida “Yilning eng yaxshi fakulteti” nomiga sazovor bo‘ldi. 2010 yil XVI xalqaro turistik yarmarkada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm sohasini o‘qitish bo‘yicha “Turizm bo‘yicha eng yaxshi o‘quv yurti” nominatsiyasini olishga erishdi. 2011 yil 2-4 noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan XVII Xalqaro turizm yarmarkasida kafedra professori I.S.Tuxliyev “Turizm sohasi bo‘yicha eng yaxshi murabbiy-o‘qituvchi” nomiga sazovor deb topildi va diplom bilan taqdirlandi.

     Kafedra tomonidan bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 2009 yilda davlat granti doirasida “O‘zbekiston: turizm, iqtisodiyot va ekologiya” respublika ilmiy-amaliy anjumani va 2010 yilning noyabr oyida «Turizm barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va inson salohiyati o‘sishining omili sifatida» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy va 2014 yil may oyida “Turizm xizmatlar bozorini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 may, PQ-1754-sonli farmonining talablari asosida “Xalqaro turizm va turizm servisi” kafedrasining quyidagi professor – o‘qituvchilari i.f.d., professor I.S.Tuxliyev rahbarligida doktorlik dissertatsiyalar bo‘yicha ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Bulardan Safarov Bahodir Shaxriyorovich “Milliy turistik xizmatlar bozorini innovatsion rivojlantirishning metodologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini 2016 yilda ximoya qildi, Usmanova Zumrad Islamovna “O’zbekistonda turistik–rekreatsion xizmatlarni rivojlantirishning nazariy-metadologik asoslarini tayyorlash”, Tursunova Gulmira Rabbanovnaning “Turistik mahsulotni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish”, Nabiyeva Shaxnoza Baxtiyorovnaning “Turistik rekreatsion destinatsiyalarda klasterli rivojlanishning metodologik asoslari”, Abduhamidov Sarvar Adhamovichning “O‘zbekistonda mintaqaviy turizmni rivojlantirish samaradorligini oshirishning nazariy-metodologik asosini tayyorlash” mavzularida va i.f.d, professor M.Q. Pardayev rahbarligida Abiyev Jaxongir Ne’matovichning “Milliy iqtisodiyot tizimida turizm tarmog‘ini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy omillari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

 Professor I.S.Tuxliyev rahbarligida i.f.d. B.Sh.Safarov va Z.I.Usmanova tomonidan 2015-2016 yillar moboynida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalariga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining quyidagi guvohnomalari olindi: turistik korxona boshqaruv samaradorligini dinamik me’yorlar modeli yordamida baholash, turizm xizmat bozori boshqaruv tizimi samaradorligini baholashning uslubiy asoslari, O‘zbekiston hududlarida turizm taraqqiyotining intensivlik koeffitsiyentini elektron hisoblash va hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan turfirma, mehmonxonalar ma’lumotlar bazasiga va Samarqand viloyati turistik – rekreatsion resurslarining geoaxboratli tizimiga  (№DGU 03656, №DGU 03562, № DGU 03563, №VGU 00327, №VGU 2015 0012).

Patentlar

      “Xalqaro turizm va turizm servisi” kafedrasi 15 mart 2007 yildan boshlab Sartepo turizm kolleji bilan, 21 aprel 2011 yilda Buxoro turizm kolleji bilan va 28 aprel 2011 yilda Urganch turizm va tadbirkorlik kolleji bilan ikki tomonlama shartnoma asosida ilmiy, amaliy va pedagogik hamkorlik qilmoqda. Xususan, Sartepo turizm kollejida kafedraning filiali tashkil qilingan. Qayd qilingan kollejlarda kafedraning professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayonida yangi pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, ilmiy-uslubiy ishlar va o‘quv-uslubiy seminarlarni o‘zaro hamkorlikda amalga oshirmoqdalar.

     2010 yil “Servis” bo‘yicha bo‘lib o‘tgan respublika olimpiadasida N.Ye.Ibadullayev rahbarligida tayyorlangan kafedraning iqtidorli talabasi Tugalova Mohidil faxrli birinchi o‘ringa loyiq, deb topildi. 2012 yilda katta o‘qituvchi R.Hayitboyev rahbarligida tayyorlangan kafedraning iqtidorli talabasi Nurfayziyeva Mohinur birinchi o‘rin sovrindori bo‘ldi. 2013 yilda kafedraning iqtidorli talabasi Bo‘tayeva Dilrabo professor I.S.Tuxliyev ilmiy raxbarligida A.Navoiy stipendiyasiga sazovar bo‘ldi. R.S.Amriddinova ilmiy rahbarligida 2014 yilda “Servis” bo‘yicha respublika olimpiadasining g‘olibi Nurullayeva Yulduz “Oybek” stipendiyasiga sazovar bo‘ldi. 2015 yil “Servis” bo‘yicha bo‘lib o‘tgan respublika olimpiadasida i.f.n.R.S.Amriddinova rahbarligida tayyorlangan kafedraning iqtidorli talabasi Sobirov Bobur faxrli birinchi o‘ringa loyiq, deb topildi.

7

8

9

Kafedra professor – o‘qituvchilari va xodimlari
1 Kafedra mudiri, i.f.d. professor Tuxliyev Iskandar Suyunovich
2 i.f.n. Amriddinova Rayxona Sadriddinovna
3 Dotsent Mamatqulov Xolboy Mamatqulovich
4 Dotsent Safarov Bahodir Shahriyorovich
5 Katta o‘qituvchi i.f.n. Tursunov Farxod Umrzoqovich
6 Katta o‘qituvchi i.f.n. Ibadullayev Nurali Eshniyazovich
7 Katta o‘qituvchi i.f.n. Raximov Zafar Odilovich
8 Katta o‘qituvchi Hayitboyev Raxmatullo
9 Katta o‘qituvchi Abduxamidov Sarvar Adxamovich
10 Katta o‘qituvchi Tursunova Gulmira Rabbonovna
11 Assistent Abiyev Jaxongir Ne’matovich
12 Assistent Babayev Farrux Tuxtameshovich
13 Assistent Daminov Mirvoxid Isroil o‘g‘li
14 Assistent Hamitov Mubin Xabibjonovich
15 Assistent Nabiyeva Shaxnoza Baxtiyorovna
16 Assistent Zoxidov Feruz Faxriddinovich
17 Assistent Berdimurodov Azizjon Shukrillayevich
18 Assistent Abdusaidova Shirin Yakubovna
19 Assistent Karimov Anvar Aktam o’g’li
20 Assistent Xudayberdiyev Ulugbek Abdualimovich
21 Assistent Haydarov Oybek Zoirovich
22 Kabinet mudiri Boynazarov Ulugbek Egamberdiyevich
23 Laborant Qodirova Sanobar

 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar

        Kafedra “Turizm sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslari” mavzusi doirasida ilmiy ishlar olib bormoqda.
1. Loyiha nomi: «Turizm ta’lim tizimi samaradorligini oshirishga oid elektron darslik yaratish va uni amaliyotga joriy etish»
Loyiha turi: amaliy ITI
Loyiha rahbari: Tuxliyev I.S.
Loyiha bajaruvchilari: Aslanova D.H., Safarov B.Sh., Usmanova Z.I., Abduhamidov S.A., Tursunova G.R., Hamitov M.X., Muxammadiyev A.
Muddati: 2015-2017 yy.
 
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy – uslubiy ishlar
Ishning nomi Turi Muallif
1 Turizm Elektron  Darslik Tuxliyev I.S.
2 Ekskursiya xizmatini tashkil qilish Darslik Amriddinova R.S., Ibadullayev N.Ye., Tursunova G.R.,
3 Mehmonxonalarda xodimlar faoliyatini boshqarish O‘quv qo‘llanma

Amriddinova R.S.

Raximov Z.O.,

Aliyeva M.T.

4 Xalqaro turizm Darslik (2 nashri) Mamatqulov X.M.
5 Mehmonxona xizmatlarini tashkil etish O‘quv qo‘llanma Mamatqulov X.M.
6

Turizmda mehmonxona xizmatlari

(kurs ishini yozish bo‘yicha)

Uslubiy ko‘rsatma Amriddinova R.S., Abduhamidov S
7 O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish yo‘li bilan atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish Uslubiy ko‘rsatma Tursunov F.U.
8 Turoperator faoliyatini tashkil etish O‘quv qo‘llanma

Ibadullayev N.Ye.,

Amriddinova R.S.

Raximov Z.O.

9

Restoran xizmatlarini tashkil etish

(o‘zbek tilida)

Ma’ruza kursi Tursunova G.R., Boboyev F.
10

Restoran xizmatlarini tashkil etish

(rus tilida)

Ma’ruza kursi

Boboyev F.,

Tursunova G.R.

11 Turistlarga transport xizmatini ko‘rsatishni tashkil qilish Ma’ruza kursi Nabiyeva Sh.B., Daminov M.I.
12 Ekskursiya ishini tashkil etish Uslubiy ko‘rsatma Zoxidov F.F.
13

Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

(kurs ishini yozish bo‘yicha)

Uslubiy ko‘rsatma Tursunova G.R., Nabiyeva Sh.B.