Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

«Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi
1
              

        Kafedra mudiri: Shukurov Izzatillo Hikmatovich

       Telefon: :(99890) 600-46-77
       Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

 

 

«Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasining tarixi

            «Xizmatlar ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasi rasmiy ravishda 2007 yil 2 sentyabrda tashkil etilgan bo‘lsada, uning zaminida shu vaqtgacha 63 yillik yorqin tarixi yotadi.

            Kafedraning tashkil etilgan dastlabki kunlaridan hozirgacha, o‘tgan yillarda asosan xalq xo‘jaligining xizmatlar sohasining aniqrog‘i xizmat ko‘rsatish sohasining bosh bo‘g‘ini hisoblangan ovqatlanishni tashkil etish va unga bog‘liq ishlab chiqarish va boshqalar bo‘yicha minglab oliy malakali mutaxassislar, ilmiy kadrlar (fan nomzodlari, fan doktorlari) tayyorlashda jonbozlik ko‘rsatib keldi. Shu bilan birga xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib bordilar.

            O‘tgan yillar davomida zamon talabiga binoan kafedra ba’zasida  boshqa kafedralar tashkil etildi yoki birlashtirildi. Umuman olganda, institutning strukturaviy tarkibiga ham ohang ravishda rivojlanib keldi.

            Quyida biz uning 63 yillik tarixidan ayrim davrlarni va qilingan ishlarni qisqacha yoritishga harakat qilamiz. Kafedraning tarixi 1958 yil nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ilk bor tashkil etilgan. "Umumiy ovqatlanish taxnologiyasi va uni boshqarish" nomi bilan atalgan kafedradan (kafedra mudiri, dotsent Ye.P.Pankov va 1963 yildan iqtisodchi-muxandis, dotsent I.N.Toporovskiy) boshlangan.

                        Kafedra faoliyatining birinchi yillarida umumtexnikaviy va maxsus fanlar o‘qitildi. Ushbu davrda shu sohalar bo‘yicha malakali kadrlar yetishmaganligi sababli “Umumiy ovqatlanish texnologiyasi", "Umumiy ovqatlanishni tashkil etish", "Ovqatlanish korxonalarining jihozlari" hamda “Texnologik jarayonlarning avtomatikasi va avtomatlashtirish", “Materiallar qarshiligi" fanlarini o‘qitish uchun chetdan o‘sha vaqtda ko‘zga ko‘ringan yirik olimlar va mutaxassislar taklif qilindi. Masalan, Leningrad savdo instituti (hozirgi Sankt-Peterburg iqtisodiyot instituti) dotsenti N.I.Kovalev, Moskva xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti)ning professori N.I.Vishelesskiy, Toshkent elektrolampa zavodining bosh muxandisi D.G.Sorochinskiy,  Samarqand "Serp i molot" konserva zavodining bosh injeneri A.L.Razdolskiylar va boshqalar. Ulardan tashqari Moskva xalq xo‘jaligi institutining bitiruvchisi N.F.Fatixov, Leningrad savdo instituti bitiruvchisi B.K.Vinokurov, Kiyev umumiy ovqatlanish instituti bitiruvchisi  injener-texnolog S.V.Pavlov o‘qituvchilik lavozimlariga qabul qilindi. Ularning institutga kelib kafedra ishlarini yo‘lga qo‘yish bilan, kelgusida yuqorida keltirilgan o‘quv yurtlari bilan keng ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha aloqa o‘rnatildi va kelgusida ko‘plab yoshlar tarbiyalandi.

            Kafedraga ilmiy pedagogik xodimlarni tayyorlash uchun dastlab ilmiy baza sifatida Moskva xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti) tayinlandi. Kafedraga 1964-1968 yillar  katta o‘qituvchi A.R.Razdolskiy rahbarlik kildi. Ushbu yillarda  dastlabki milliy kadrlardan N.N.Gatko, V.A.Atoyev va T.Xudayshukurovlar fan nomzodlari ilmiy unvonini olishdi. Aynan shu yillardan kafedra o‘qituvchilari bitiruvchilari hisobidan boyitib borildi.

            Kafedrada 1968-1974 yillarda dotsent V.A.Atoyev va 1974 yildan boshlab esa dotsent T.Xudayshukurovlar rahbarlik qildi.

            1966 yilda Dushanbe (Tojikiston) umumiy ovqatlanish trestining bosh injener-texnologi A.S.Vanukevich kafedraga ishga taklif qilindi va o‘sha yili kafedra fanlari hisobidan «Umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti» kafedrasi tashkil etildi (kafedra mudirlari: A.S.Vanukevich, T.A.Xudayshukurov, D.I.Istamov, A.T.Qutbidinov, N.Bozorov, M.Sharipov, D.A.Aslanova). Kafedra esa "Umumiy ovqatlanish texnologiyasi" (kafedra mudirlari T.A.Xudayshukurov, V.A.Atoyev) nomi bilan yuritila boshladi. 1973 yilda kafedra fanlari hisobidan "Umumiy ovqatlanish korxonalari jixozlari" kafedrasi tashkil etildi (kafedra mudirlari: J.F.Fatixov, E.Mansurov,  L. Zbitneva, X.O.Oqilov, A.M.Kimyagarov, B.T.Eshquvvatov).

            1970-1980 yillarda kafedra hozirgi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Moskva matlubot kooperatsiyasi universiteti, Novosibirsk matlubot kooperatsiyasi universiteti, Sankt-Peterburg iqtisodiyot universiteti, Harkov umumiy ovqatlanish akademiyasi, Kiyev umumiy ovqatlanish instituti, Moskva texnologiya instituti va Poltava matlubot kooperatsiyasi institutining maxsus kafedralari bilan ilmiy aloqa o‘rnatdi va aloqa bugungi kunda ham davom etmokda.

            1993 yilda «Konservalash texnologiyasi» kafedrasi ochildi (kafedra mudirlari: J.M.Qurbonov, I.M.Mamatov).

            1989-2004 yillar davomida umumiy ovqatlanish uchun kadrlar tayyorlash sobiq Buxoro yuqori texnologiya muxandis-texnika institutiga berildi va Samarqand kooperativ institutida esa oziq-ovqat sohasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanib boshlandi. Shu munosabat bilan "Umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti", “Umumiy ovqatlanish korxonalari jihozlari” va "Umumiy ovqatlanish texnologiyasi", «Konservalash texnologiyasi» kafedralari birlashtirilib, kafedraga “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” nomi berildi (kafedra mudirlari: D.X.Aslanova, B.T.Eshquvvatov, J.M.Qurbonov).

            Turli yillarda turli kafedralarda ko‘plab kafedra mudirlari va uning a’zolari ish faoliyati ko‘rsatishdi. Biroq shular ichida kafedralarning ravnaqiga alohida o‘z hissasini qo‘shgan A.S.Vanukevich, T.A.Xudayshukurov, V.Atoyev, X.O.Oqilov, N.B.Bozorov, B.T. Eshquvvatov va J.M.Qurbonov rahbarligida kafedralarning moddiy-texnika ba’zasi tubdan yangilanib, o‘quv-uslubiy ishlar keskin yaxshilandi, ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasi oshirildi, kafedra  yoshlar hisobidan kengaytirildi.

            Bundan tashqari, kafedra a’zolari institut, fakultet hayotida ham faol ishtirok etib, uning taraqqiyotida o‘zlarining katta hissalarini qo‘shib keldilar. Masalan: A.S.Vanukevich institut ilmiy ishlar prorektori, T.A.Xudayshukurov o‘quv va ilmiy ishlar prorektori, fakultet dekani, ichki inspeksiya boshlig‘i, J.M.Qurbonov fakultet dekani va h.k.

            Kafedra a’zolari o‘tgan davrda sobiq bitiruvchilaridan: N.N.Gatko, Atoyev V.A., Xudayshukurov T.A., Bozorov N.B., Oqilov X.O., Eshquvvatov B.T., Salomov Sh.S., Kimyagarov A.M.,, Mo‘minov N.N., Karimov M.K., Sharipov M.S., Qurbonov J.M., Aslanova D.X., Xudoyberdiyev A.Yu., Olimov A.O., Safarov O‘.T. va boshqalar     kafedrada ham ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanib, fan nomzodi, fan doktorlari ilmiy darajasini olishdi va yetuk pedagog sifatida va ko‘p yillar kafedralarda ish faoliyatini yuritdilar.

            Xuddi shuningdek, kafedralar a’zolaridan S.I.Kodirov, S.V.Pavlov, F.S.Rijkova, L.Ya.Zuyeva, M.R.Muxtarova,  A.X.Amirov T.Lezina, M. N. Abdusalomova, R.Raimova, N.F.Markelova, A.Illayev, T.A.Axmedjanov, I.M.Mamatov va boshqalar mahoratli o‘qituvchilar sifatida kafedra tarixida qoldilar.

            Samarqand kooperativ institutining 2004 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga aylantirilishi munosabati bilan "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi "Xizmat ko‘rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasiga aylantirildi va bugungi kungacha shu nom bilan yuritilib kelmokda. Kafedraga yangi nom berilgandan keyin uning mudiri sifatida professor J.M.Qurbonov, dotsent A.Yu. Xudayberdiyev, dotsent J.S. Fayziyev va hozirda katta oq’ituvchi I.X.Shukurov rahbarlik qilib kelmoqda.

            Institut rahbariyatining kafedrani ilmiy pedagogik xodimlar bilan mustahkamlash bo‘yicha olib borgan ishlari  natijasida kafedra  bugungi kunda katta ilmiy pedagogik markaz sifatida shakllandi. Hozirgi kunda kafedrada 26 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat  ko‘rsatishmoqda: 1 ta O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (professor B.T.Eshquvvatov), 2 ta professor (J.M.Qurbonov, R. Normaxmatov), 5 ta dotsent (N.N.Mo‘minov, M.K.Karimov, A.Yu.Xudoyberdiyev, J.S.Fayziyev, F.A. Axmedjanova), 2 ta katta o‘qituvchi  (texnika fanlari nomzodlari I.X.Shukurov va X.P. Sadinov) va 16 ta assistent (Z.E. Mamarasulov, Z.Suvonov, Sh.Maksumov, S.Toshnazarov, M.Komilov, Z.Ravshanov, Sh.Karimova, J.Qurbonov, Z.Bozorov, J.Kaxxorov, S.Mirzayev, G‘.Pardayev, M.Kalonova, M.Bolbekov, F.Beknazarov, D.Mirzaaxmadov).

            O‘tgan davrlarda kafedra o‘qituvchilari fan doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi: N.Bozorov, B.T.Eshquvvatov (1992 yil), J.M.Qurbonov (1993 yil), I.M.Mamatov (2000 yil), keyinchalik hammalari ham professor ilmiy unvonini olib samarali mehnat qilishdi. Xuddi shuningdek, professor unvoni T.A.Xudayshukurovga berildi.

            Kafedra professor o‘qituvchilari xizmat ko‘rsatish, ayniqsa ovqatlanish sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash bilan bir vaqtda  soha uchun muhim bo‘lgan muammolar ilmiy izlanish ishlarini  tashkil  etish va olib borishda aktiv ishtirok etishdi. 1970-1980 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari dotsentlar T.Xudashukurov V. A. Atoyevlar  va katta o‘qituvchi M.R. Muxtorova "Umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti" kafedrasining professor-o‘qituvchilari (dotsent A.S. Vanukevich katta o‘qituvchi A.D.Ilayev va assistent T. Axmedjanov) bilan birgalikda Markaziy  Osiyo  xalqlari  millat  taomlari texnologiyasini  resepturasini aniqlash va tiklash bo‘yicha  katta ilmiy izlanishlar olib borishdi. Uning natijasida 2000 ga yaqin o‘zbek, tojik, turkman, qozoq va qirg‘iz milliyaomlari va hamirli mahsulotlari reseptura va texnologiyalari ishlab chiqildi. Ushbu ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha 1978 yilda  Tojik milliy taomlar resepturasi ishlab chiqildi (dotsent A.S. Vanukevich dotsent T. Xudashukurov katta o‘qituvchi A. D. Ilayev  assitent.  T. Axmedjanov) a chop etilib, Tojik potrebsoyuz tizimining umumiy ovqatlanish sohasida rasmiy hujjat sifatida qo‘llanib boshlandi. 1981 yilda  Turkman kulinariyasi nomi bilan Turkman milliy taomlar texnologiyasi (Dotsent T. Xudayshukurov A.S. Vanukevich va injener texnolog A. A. Bagdasarov)  va  1995 yilda "O'zbek milliy taomlari" (T. Xudayshukurov va boshkalar chop etildi).

            1970-1980 yillar davomida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va monografiyalar tayyorlash bo‘yicha ham kafedra professor-o‘qituvchilari katta ish olib borishdi. 1981-1982 yillar davomida "Matlubot kooperatsiyasi  sistemasining ovqatlanish korxonalarini loyihalash" fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma (professor T.Vanukevich, dotsentlar T.Xudayshukurov va E.A.Arustamov, 1981 yil) va darslik (1982 yil), "Umumiy ovqatlanish texnologiyasi” fani bo‘yicha esa "Matlubot  kooperatsiyasi umumiy ovqatlanish korxonalarida mahsulotlarni ishlab chiqarishning ilmiy asoslari"  (dotsentlar T.Xudayshukurov, V.A.Atoyev, M.R.Muxtorova, M.K.Karimov, Sh.Salomov va M.A.Doroxina) nomi bilan o‘quv qo‘llanma, 1982 yilda  esa  "Vitaminlar va salomatlik" (dotsent T.Xudayshukurov,  professor A.S.Vanukevich va boshqalar), “Elektrofizicheskiye metodi vozdeystviya na pisheve produkti” (J.M.Qurbonov, 19994 yil) monografiyalar chop etildi.

            Ayniqsa, 2004 yildan boshlab, kafedrada servis soxalari buyicha mutaxassis kadrlar  tayyorlanib boshlangandan keyin, tayanch kafedra sifatida  professor-o‘qituvchilarning ilmiy potensiallaridan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Bu ishlarda  kafedra professor-o‘qituvchilardan, ayniksa professor J.M.Qurbonov, professor T.Xudayshukurov, akademik B.T.Eshquvvatov, dotsent N.N.Mo‘minov  va J.S.Fayziyevlar aktiv ishtirok  etishmoqda.

            2004-2015 yillarda «Ovqatlanish korxonalari jihozlarining ekspluatatsiyasi» (J.M.Qurbonov, 2011 yil), «Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish asoslari» (T.Xudayshukurov, N.N.Mo‘minov va boshqalar, 2009 yil), «Dunyo xalqlarining ovqatlanishiga xos xususiyatlar» (dotsent D.Aslanova, professor T.Xudayshukurov, dotsent N.N.Mo‘minov, 2011 yil) fanlaridan darslik, «Savdo texnik jixozlari» (J.M.Qurbonov, 2013 yil), «Oziq-ovqat mahsulotlari tadqiqotining fizik-kimyoviy uslublari» (J.S.Fayziyev, J.M.Qurbonov, 2010 yil), «Texnologik jihozlar va ularni loyihalash» (akademik B.T.Eshquvvatov, 2006 yil) fanlaridan o‘quv qo‘llanmalar, «Elektrofizicheskiye metodi vozdeystviya na produkti pitaniya servisnix predpriyatiy» (J.M.Qurbonov, U.R.Xodjayeva, 2012 yil), «Meva, sabzavot, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi» (professor J.M.Qurbonov va boshqalar, 2010 yil), «Texnologiya sushki plodov i ovoshey» (professor J.M.Qurbonov, 2009 yil), «Osnovi techeniya uprugo-vyazkix plasticheskix mass» (akademik B.T.Eshquvvatov, 2004 yil), «Optimizatsiya i matematicheskoye modelirovaniye texnologicheskix sistem v spirtovodochnom proizvodstve» (akademik B.T.Eshquvvatov, 2005 yil) nomli monografiyalar chop etildi.

            Kafedraning 63 yillik tarixini ko‘rib chiqar ekanmiz, uning dastlabki tashkil etilganligi, o‘tgan asrning 70-80-yillarda keng ko‘lamda rivojlanganligi va mustaqillik yillarida esa «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning o‘quv jarayonida bajarilishini ta’minladilar. Jumladan, bir necha yangi bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisligini tayyorlashni yo‘lga qo‘ydilar. Ta’limning Xizmatlar ko‘rsatish sohalari bo‘yicha tayanch institut sifatida Oliy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishlari uchun Davlat ta’lim standartlari, o‘quv-dasturlari va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqdalar.

“Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi professsor-o‘qituvchilari
2
 
“Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi professsor-o‘qituvchilari ish faoliyatidan lavhalar
3
 

 “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi professsor-o‘qituvchilari ish faoliyatidan lavhalar

4

 

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishlari

5

 

“Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasida o`qitiladigan fanlar

 

Bakalavriat

  • Biokimyo, mikrobiologiya, biotexnologiya
  • Hayot faoliyati xavfsizligi
  • Ilmiy izlanish asoslari
  • Iste'molchilar huquqini himoya qilish
  • Intelektual mulk muxofazasi
  • Korxona jihozlari ekspluatatsiyasi
  • Korxonalar sanitariya va gigienasi
  • Korxonalarda servis xizmatini tashkil etish
  • Korxonalarda xizmat ko'rsatish jarayonlarini loyihalash
  • Korxonalarni loyihalash asoslari
  • Mahsulotlarni ishlab chiqarish asoslari
  • Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish
  • Mutaxassislikka kirish
  • Oqilona ovqatlanish asoslari
  • Ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiena
  • Restoranlarda ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Servis faoliyati asoslari
  • Servis korxonalari mahsuloti va xizmatini sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish
  • Servis korxonalarining texnik ta'minoti
  • Servis sohasi dizayni va reklamasi
  • Servis xizmat sifat ko'rsatkichlarini baholash
  • Servisdagi texnologik jarayonlar
  • Xizmat ko'rsatish korxonalarini elektron texnikasi
  • Turistlar ovqatlanishini tashkil qilish
  • Mehmonxonalarda  standartlashtirish  va  sertifikatlashtirish
  • Oziq - 'yektlari
  • Sifatni boshqarishni  tashkil etish
  • Tovarlarni ekspertizadan o'tkazish
  • Turizmda nooziq -ovqat tovarlarining sifati va xavfsizligi
  • Tovarshunoslik va tovar ekspertizasi asoslari
  • Taom va xizmatlar sifat ko‘rsatkichlari
  • Xizmat ko‘rsatish korxonalari dizayni
  • Mehmondorchilik industriyasi
  • Xizmatlarni sertifikatlashtirish va sifatini boshqarish
  • Ovqatlanish korxonalari jihozlari ekspluatatsiyasi
  • Restoran ishini tashkil etish
  • Dunyo xalqlari ovqatlanishining xususiyatlari
  • Kasbiy etika va etiket
  • Tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish usullari
  • Sifatni boshqarishni tashkil etish
  • Tovar dizayni va reklamasi
  • Nooziq-ovqat tovarlari ekspertizasi ob’ektlari
  • Bojxona ekspertizasi
  • Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya xizmati
  • Oziq-ovqat mahsulotlari sifat ekspertizasi  xizmatini tashkil etish
  • Nooziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi xizmatini tashkil etish

6

 

« Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish » kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 2016 yilda nashr etilgan o`quv qo`llanma, o`quv-uslubiy qo`llanma, uslubiy qo`llanma, uslubiy ko`rsatmalar to`g‘risida

MA`LUMOT

Kitobning nomi O`quv-uslubiy ishlari Muallif (mualliflar) Qaysi nashriyotda chop etilgan, vaqti
1 Hayot faoliyati xavfsizligi O`quv kullanma Qurbonov J.M., Mamarasulov Z.E.

SamISI bosmaxonasi,

2016 yil, avgust

2 FoodSafety Inspections:LessonsLearnedfrom Other Countries” (tarjima) O`quv qo`llanma Axmedjanova F.A. SamISI, 2016 yil, oktyabr
3 Norman G. Marriott, Robert B. Gravani. “Principles of Food Sanitation (tarjima) O`quv qo`llanmasi

SHukurov I.X.

Maksumov SH.

SamISI, 2016 yil, oktyabr
4 Cengiz Haksever, Barry Render «Service Management»  si (tarjima) O`quv qo`llanma

Fayziev J.S.

Bazarov Z.M.

SamISI, 2016 yil, oktyabr
5 Ronald H. Schmidt, Gary E. Rodrick. Food Safety Handbook” (tarjima) O`quv qo`llanma

Normaxmatov R.N.

Pardaev G‘.

SamISI, 2016 yil, oktyabr
6 «Turistik tovarlarning sifati va xavfsizligi» fanidan amaliy darslar uchun uslubiy qo`llanma Axmedjanova F.A.

SamISI bosmaxonasi,

2016 yil, may

7 «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani testlar bo`yicha ma`lumotlar to`plami va banki Qurbonov J.M., Mamarasulov Z.E.

SamISI bosmaxonasi,

2016 yil, iyun

8 “Servis tizimi faoliyati asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko`rsatma Suvonov Z.SH.

SamISI bosmaxonasi,

2016 yil, iyun

9 Korxonalarda xizmat kursatish jarayonlarini loyixalash ma`ruzalar matni SHukurov I.X.

SamISI bosmaxonasi,

2016 yil, aprel

10

“Servisnaya deyatel’nost’” Xorijiy adabiyotlar asosidagi

o`quv - uslubiy majmua

Fayziev J.S.

Mamarasulov Z.E.

Bazarov Z.M.

SamISI bosmaxonasi,

2016 yil, noyabr

11 Maishiy xizmat ko`rsatish korxonalari strukturasi orqali ovqatlanish va mehmonxonalar jihozlarini o`rnatish va ta`mirlash xizmatini tashkil etish monografiya Qurbonov J.M., Mamarasulov Z.E.

SamISI bosmaxonasi,

2016 yil, avgust

 

KAFEDRANING ILMIY SALOHIYATI

      Hozirgi kunda kafedrada 3 nafar professor, 5 nafar dotsent, 2 nafar katta o`qituvchi hamda 16 nafar assistentlar samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan uch nafari texnika  fanlari doktori, 5 nafari texnika fanlari nomzodlari hisoblanishadi.

7

 

 «Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasida doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar to`g’risida ma`lumot

 

Tadqiqotchining

F.I.SH.

Ixtisoslik shifri (dok­torlik yoki nomzod­lik)

Dissertatsiya mavzusi

(mavzu tasdiqlangan sana

va hujjat raqami)

Ilmiy rahbari (maslahatchisi) F.I.SH., ilmiy darajasi va unvoni

1.

Fayziev J.S.

05.18.04-«Texnologiya myasnix, molochnix i xolodil’nix proizvodstv

Nauchnie osnovi termokislotnoy koagulyatsii belkov moloka v texnologii servisnix molochnix produktov

Qurbonov J.M., t.f.d., professor

3

Komilov M.K.

05.18.12 – Oziq-ovqat sanoati jarayonlari, iashina va agregatlari

Razrabotka trexsektsionnoy konvektivnoy sushilki dlya plodov i ovoshey

Qurbonov J.M., t.f.d., professor.

1

Fayziev J.S.

05.18.04-«Texnologiya myasnix, molochnix i xolodil’nix proizvodstv

Nauchnie osnovi termokislotnoy koagulyatsii belkov moloka v texnologii servisnix molochnix produktov

Qurbonov J.M., t.f.d., professor

1

Tashnazarov S.A.

08.00.05 – Xizmatlar sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti

Senergetik metodlar asosida xizmat ko`rsatish sifati va raqobatbardoshligini oshirishning ilmiy asoslari

Ivatov I i.f.d.

2

SHukurov I.X.

02.00.12 - Texnologiya i biotexnologiya obrabotki xraneniya i pererabotki sel’xozyaystvennix i pishevix produktov

Nauchni osnovi texnalogii tenderizatsii myasa s tsel’yu uvelecheniya ob’ema i rasshireniya assortimenta natural’nix myasoprodukt

Kurbonov J.M.

t.f.d

Tadqiqotchining

F.I.SH.

Ixtisoslik shifri (dok­torlik yoki nomzod­lik)

Dissertatsiya mavzusi

(mavzu tasdiqlangan sana

va hujjat raqami)

Ilmiy rahbari (maslahatchisi) F.I.SH., ilmiy darajasi va unvoni

1.

Fayziev J.S.

05.18.04-«Texnologiya myasnix, molochnix i xolodil’nix proizvodstv

Nauchnie osnovi termokislotnoy koagulyatsii belkov moloka v texnologii servisnix molochnix produktov

Qurbonov J.M., t.f.d., professor

3

Komilov M.K.

05.18.12 – Oziq-ovqat sanoati jarayonlari, iashina va agregatlari

Razrabotka trexsektsionnoy konvektivnoy sushilki dlya plodov i ovoshey

Qurbonov J.M., t.f.d., professor.

1

Fayziev J.S.

05.18.04-«Texnologiya myasnix, molochnix i xolodil’nix proizvodstv

Nauchnie osnovi termokislotnoy koagulyatsii belkov moloka v texnologii servisnix molochnix produktov

Qurbonov J.M., t.f.d., professor

1

Tashnazarov S.A.

08.00.05 – Xizmatlar sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti

Senergetik metodlar asosida xizmat ko`rsatish sifati va raqobatbardoshligini oshirishning ilmiy asoslari

Ivatov I i.f.d.

2

SHukurov I.X.

02.00.12 - Texnologiya i biotexnologiya obrabotki xraneniya i pererabotki sel’xozyaystvennix i pishevix produktov

Nauchni osnovi texnalogii tenderizatsii myasa s tsel’yu uvelecheniya ob’ema i rasshireniya assortimenta natural’nix myasoprodukt

Kurbonov J.M.

t.f.d

 

“Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi professsor-o‘qituvchilar tarkibi

 
        Professor o`qituvchilarining                    F.I.SH Ilmiy daraja Ilmiy unvon Lavozimi Tug‘ilgan yili
  1 SHukurov Izzatullo Xikmatovich t.f.n. - Kafedra mudiri 15.05.1962
  2 Qurbonov Jamshed Madjidovich t.f.d. Professor Professor 17.02.1952
  3 Eshquvvatov Baxtiyor Teshaevich t.f.d. Professor Professor 20.08.1938
  4 Normaxmatov Ro`ziboy Normaxmatovich t.f.d. Professor Professor 22.06.1949
  5 Mo`minov Najmiddin Normurodovich t.f.n. Dotsent Dotsent 25.12.1942
  6 Karimov Majid Karimovich t.f.n. Dotsent Dotsent 05.05.1944
  7 Axmedjanova Farida Abduxalimovna t.f.n. Dotsent Dotsent 15-05-1963
  8 Xudoyberdiev Abdumalik YUsupovich t.f.n. Dotsent Dotsent 25.03.1955
  9 Fayziev Junadillo Sadievich t.f.n. Dotsent Dotsent 02.07.1960
  10 Sadinov Xudoyqul Pardaevich t.f.n. - Katta o`qituvchi 12.07.1957
  11 Mamarasulov Zokirjon erkinovich - - Assistent 29.04.1976
  12 Suvonov Ziyobidin SHaminovich - - Assistent 20.01.1979
  13 Toshnazarov Sur’atjon.Abdullaevich - - Assistent 28.05.1986
  14 Maksumov SHuxrat. Toshpulatovich. - - Assistent 13.01.1986
  15 Karimova SHexroza. Majidovna. - - Assistent 01.09.1981
  16 Qahhorov Jasur Abulqosimovich. - - Assistent 04.12.1987
  17 Bazarov Zafarali Muzaffarovich - - Assistent 31.10.1989
  18 Beknazarov Farxod Abduvoxidovich - - Assistent 04.12.1987
  19 Tashev Firdavs Nazarovich - - Assistent 28.06.1986
  20 Bolbekov. Mahsud Abduvahob o`g‘li - - Assistent 15.04.1990
  21 Mirzaaxmadov. Durbek Mirzaaxmadovich - - Assistent 27.002.1990
  22 Kalanova Moxigul Baxritdinovna - - Assistent 01.03.1987
  Urindoshlar
  25 Komilov Mizrobjon Kobiljonovich - - Assistent 07.08.1978
  26 Qurbonov Jahongir. Jamshedovich. - - Assistent 24.12.1989
  27 Ravshanov Zaxriddin Ibragmovich. Assistent 0.05.1969

 

«Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish» kafedrasida doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar to`g’risida ma`lumot

Tadqiqotchining

F.I.SH.

Ixtisoslik shifri (dok­torlik yoki nomzod­lik)

Dissertatsiya mavzusi

(mavzu tasdiqlangan sana

va hujjat raqami)

Ilmiy rahbari (maslahatchisi) F.I.SH., ilmiy darajasi va unvoni
1. Fayziev J.S. 05.18.04-«Texnologiya myasnix, molochnix i xolodil’nix proizvodstv Nauchnie osnovi termokislotnoy koagulyatsii belkov moloka v texnologii servisnix molochnix produktov Qurbonov J.M., t.f.d., professor
3 Komilov M.K. 05.18.12 – Oziq-ovqat sanoati jarayonlari, iashina va agregatlari Razrabotka trexsektsionnoy konvektivnoy sushilki dlya plodov i ovoshey Qurbonov J.M., t.f.d., professor.
1 Fayziev J.S. 05.18.04-«Texnologiya myasnix, molochnix i xolodil’nix proizvodstv Nauchnie osnovi termokislotnoy koagulyatsii belkov moloka v texnologii servisnix molochnix produktov Qurbonov J.M., t.f.d., professor
1 Tashnazarov S.A. 08.00.05 – Xizmatlar sohasi tarmoqlari iqtisodiyoti Senergetik metodlar asosida xizmat ko`rsatish sifati va raqobatbardoshligini oshirishning ilmiy asoslari Ivatov I i.f.d.
2 SHukurov I.X. 02.00.12 - Texnologiya i biotexnologiya obrabotki xraneniya i pererabotki sel’xozyaystvennix i pishevix produktov Nauchni osnovi texnalogii tenderizatsii myasa s tsel’yu uvelecheniya ob’ema i rasshireniya assortimenta natural’nix myasoprodukt

Kurbonov J.M.

t.f.d

“Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi professsor-o‘qituvchilar tarkibi

KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARINING TARKIBI

 1

Shukurov Izzatillo Hikmatovich, texnika fanlar nomzodi, katta o`qituvchi.

2016 yildan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi mudiri

 8

Qurbonov Jamshid Majidovich, texnika fanlar, doktori, professori.

2013 yil 22 iyundan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi professori

 9

Eshquvvatov Baxtiyor Teshaevich, texnika fanlar, doktori, professori.

2007 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi professori

 10

Normaxmatov Ro`ziboy Normaxmatovich texnika fanlar, doktori, professori.

2013 yil 22 iyundan  buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi professori

Mo`minov Najmiddin Normurodovich

 11

Karimov Majid Karimovich texnika fanlar, nomzodi, dotsent.

2007 yil  2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi dotsenti

 12

Axmedjanova Farida Abduxalimovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

2014 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi dotsenti

 13

Xudoyberdiev Abdumalik Yusupovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

2015 yil 8 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi dotsenti

 14

Fayziev Junadillo Sadievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

2001 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi dotsenti

 15

Sadinov Xudoyqul Pardaevich, texnika fanlari nomzodi, katta o`qituvchi.

2014 yil 1 apreldan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi katta o`qituvchisi

 16

Mamarasulov Zokirjon erkinovich, assistent.

2012 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 17

Suvonov Ziyobidin SHaminovich, assistent.

2012 yil 2 sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 18

Toshnazarov Sur’atjon Abdullaevich, assistent.

2011yil 28 avgustdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 19

Maksumov Shuxrat. Toshpulatovich, assistent.

2011yil 28 avgustdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 20

Karimova Shexroza Majidovna, assistent.

2007 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 21

Qahhorov Jasur Abulqosimovich, assistent.

2013 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 22

Bazarov Zafarali Muzaffarovich, assistent.

2014 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 23

Beknazarov Farxod Abduvoxidovich, assistent.

2015 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 24

Tashev Firdavs Nazarovich, assistent.

2015 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 25

Bolbekov. Mahsud Abduvahob o`g‘li, assistent.

2015 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 26

Mirzaaxmadov. Durbek Mirzaaxmadovich, assistent.

2015 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 27

Kalanova Moxigul Baxritdinovna, assistent.

2015 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti

 28

Komilov Mizrobjon Kobiljonovich, assistent.

2012 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti (0.25 sh.t. bilan o`rindosh)

 29

Qurbonov Jahongir. Jamshedovich assistent.

2013 yil 2sentyabrdan buyon Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Xizmatlar ko`rsatish, servis va uni tashkil etish” kafedrasi assistenti (0.25 sh.t. bilan o`rindosh)