Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

MULKCHILIK SHAKLIDAN QAT’IY  NAZAR, BARCHA TASHKILOT VA MUASSASALAR RAHBARLARI DIQQATIGA!

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2016 yil 13 dekabrdagi “2017 yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi to‘g‘risida”gi SK-124-III-son qarori ilovasiga muvofiq, 2016/2017 o‘quv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlarni yo‘llanmalar asosida ishga taqsim qilishga kirishganligini ma’lum qiladi. Institut bakalavr va magistrlari nazariy bilimlardan tashqari, zamonaviy innovatsion axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanish bo‘lib, har jihatdan raqobatbardosh va zamon talablariga javob beruvchi mutaxassislardir. Bugungi kun talablariga  javob bera oladigan bakalavr va magistrlarga ehtiyoji mavjud bo‘lgan korxona rahbarlari talabnoma hamda so‘rov xati bilan 2016 yil 1 martgacha  institut rektoratiga murojaat etishlari mumkin. Talabnomada buyurtmachining rekvizitlari (pochta manzili, telefoni) va taklif etilayotgan lavozim to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq ko‘rsatilsa maqsadga muvofiq. Talabnoma bilan murojaat etgan korxona va tashkilotlar vakillari  taklifnoma asosida “Bitiruvchi – 2017” taqsimotiga taklif etiladi.

Sizning e’tiboringizga yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni ilova qilamiz.

Ma’lumotlar uchun telefon: 233-38-72. Samarqand iqtisodiyot va servis institutining marketing xizmati bo‘limi telefoni: +998979207577.

Manzilimiz: Samarqand shaxri, Amir Temur ko’chasi, 9-uy 

Снимок