Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

BITIRUVCHILARNING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI
BITIRUVCHILARNING YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI 

Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 5 iyunda 1963-sonli raqam bilan ro‘yxatdan o‘tgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘rsiesda Nizom"ga muvofiq amalga oshiriladi

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to‘g‘rsiesda” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘rsiesda”gi qonunlari va Oliy ta‘limning Davlat ta‘lim standartiga muvofiq oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy ta‘lim muassasasidagi har bir ta‘lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bitiruvchining bilim, malaka va ko‘nikma darajasining davlat ta‘lim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash;

yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini hal qilish;

komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari o‘z faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va ta‘lim mazmuniga qo‘yilgan Davlat ta‘lim standartlari talablarini bajarishga yo‘naltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug‘i