Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

TANLOV VA GRANDLAR
TANLOV VA GRANDLAR    

Oliy ta’lim muassasalarida talabalari o`rtasida chet tilida tayyorlangan “Ingliz tilidagi eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi”, “Ingliz tilidagi eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi” tanlov o`tqazish to`rsiesda

"E-yoshlar" respublika internet tanlovi

Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Ma'naviyat targ`ibot markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan 2016 yil fevral oyidan boshlab yoshlar qalbi va tafakkuriga bevosita ijobiy ta'sir ko`rsatadigan, qiziqarli va foydali foto, video, audio va matn ko`rinishidagi ijod namunalarini ishlab chiqishga qaratilgan “e-yoshlar.uz” internet tanlovi e'lon qilindi.

“e-yoshlar.uz” internet tanlovining asosiy maqsadi - yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishdan iboratdir.

Tanlov 2016 yil 1 fevraldan boshlanadi va nominatsiyalar bo`yicha davomiyligi www.e-yoshlar.uz veb-saytida e'lon qilib boriladi.

Tanlovda 5 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning 1-turi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi, zaruriyatdan kelib chiqib, nominatsiyalar yangilab boriladi:

 

Tanlov yo‘nalishlari nomi

Tanlov nominatsiyalari nomi

Kontent turi

1

Vatanga muhabbat, vatan tuyg‘usi

“Mardlar qo`riqlaydi Vatanni!”

Foto, video, audio, matn

2

O`zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosi, buyuk mutafakkirlarimizning jahon taraqqiyotiga qo`shgan hissasi

“Ajdodlarga munosib avlod bo`laylik!”

Foto, video, audio, matn

3

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosi

“Sog`lom ona - sog`lom bola”

Foto, video, audio, matn

4

Yoshlarni ularning ma'nan va aqlan yetuk inson bo`lib shakllanishida terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va “ommaviy madaniyat” kabi yot g`oyalarning ta'siridan himoyalash, ma'naviy immunitetni shakllantirish

“Seni yovuzlarga bermaymiz, Vatan!”

Foto, video, audio, matn

5

Sportning barcha turlarini keng targ`ib qilish, yoshlarning jismonan va ruhan barkamol shakllanishi

“Men sog`lom turmush tarzi tarafdoriman”

Foto, video, audio, matn

6

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni ommalashtirish

“Men nechun sevaman O`zbekistonni?!”

Foto, video, audio, matn

7

Mamlakatimizning boy madaniy merosi, qadriyatlari va mustaqillik yutuqlarini chet tillarda targ`ib etish

“Yurtimni dunyoga tanitaman!”

Foto, video, audio, matn

8

Badiiy va amaliy san'atning turli yo`nalishlari bo`yicha yaratilgan asarlar

“Mumtoz san'at durdonalari”

Foto, video, audio, matn

9

Milliy, ma'naviy-madaniy qadriyatlarni, mamlakatimizning boy ma'naviy merosini yoshlar o`rtasida targ`ib qilish

“Milliy qadriyatlar va ma'naviy meros”

Foto, video, audio, matn

10

Mustaqillik yillarida respublikamizda amalga oshirilayotgan yaratuvchanlik ishlari, shahar va qishloq joylarida olib borilayotgan yangi qurilish va ta'mirlash ishlari, yangi yo`llar va boshqa infrastruktura ob'yektlarining O`zbekistonni ozod va obod yurtga aylantirayotganini, xususan, mazkur yaratuvchanlik tadbirlarida yoshlarimizning faol ishtirok etayotganini ochib berish

“Bizdan ozod va obod Vatan qolsin!”

Foto, video, audio, matn

11

O`zbekistonda amalga oshirilayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat, insonparvarlik, tinchlikparvarlik va tolerantlik siyosati, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning “O`zbek modeli” va uning xalqaro maydonda tan olinishini yoshlar orasida keng targ`ib etish

“O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat!”

Foto, video, audio, matn

 

 Tanlov haqida batafsil

Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining so`nggi o`quv yili aspirantlariga O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o`tkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga ko`ra tayinlanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bo`lgan davlat oliy ta'lim muassasalari (bakalavriat va magistratura bo`yicha alohida) talabalariga O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan o`tkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi. Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug`bek va Imom al-Buxoriy nomidagi davlat stipendiyalari O`zbekiston Respublikasi davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat bo`yicha o`qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi.

 

2014-2015 yillarga mo`ljallangan yosh olimlar amaliy tadqiqotlar davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar ro`yxati

 

2014-2015 yillarga mo`ljallangan yosh olimlar fundamental tadqiqotlar davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshiriladigan loyihalar ro`yxati