Telefon: 8(366) 233-38-72, Faks: 8 (366) 233-12-53

headeruz

Yotoqxona

Talabalar turar joylari haqida ma'lumot

    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti  talabalar turar joyi 210 kishiga mo’ljallangan  bo'lib    talabalar uchun shart-sharoitlar yaratilgan.Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlari uchun «Ma’naviyat maskani», «Sardorlar kengashi» tashkil etilib, faoliyat olib bormoqda.
    1-son talabalar turar joyida talabalarning dam olishlari va yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida turli yo'nalishdagi tugaraklar tashkil etilgan. Fan yo’nalishi  , «Zulfiyaxonim qizlari», Badiiy xavaskorlik tugaragi, Sport tugaralari, shaxmat-shashka, Stol tennsi, Kurash, mashg’ulotlari o’tkazilmoqda. Har bir qavatda dam olish xonasi tashkil etilgan bo'lib, talabalar uchun televizor, shaxmat shashka joylashtirilgan. Shu bilan birgalikda talabalar turar joyida institut axborot resurs markazining qiroatxonasi, har bir qavatida «Ustoz va shogird», «Ota-onalar» xonalari, va Til o’rganish markazi, Ma’naviyat-ma’rifat bo'limi, «Kamolot» YoIX b.tashkiloti faoliyat ko’rsatmoqda.Talabalar turar joyida talabalar istiqomat qilib kelishmoqda. Ularning a’lo o’qishlari, sog’lom bo’lib voyaga yetishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Talabalar turar joy manzili : Samarqand shahar, Dahbed ko'chasi 237
Telefon: +998 66 235-29-42