| Barqaror ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda turizmning roli |
| Written by CIA | |
AXBOROT XATISamarqand iqtisodiyot va servis institutida 2010 yil 24-25 noyabr kuni “Barqaror ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda turizmning roli” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman o‘tkaziladi. Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan:
1. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolari. 2. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga turizm sohasining o‘rni. 3.Turizm - aholi turmush darajasi va sifatini oshirishning muhim omili sifatida. 4.Turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish mexanizmlarini modernizatsiyalash va takomillashtirish. 5.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida turizmni rivojlantirish xususiyatlari.
Anjuman o‘z ishini o‘zbek va rus tillarda olib boradi.
Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirilishi bo‘yicha talablar:
ü Ma’ruza matnlari Times New Roman, Times New Roman IRO hamda 14 o‘lchamdagi shriftlarida, 1 intervalda, 5-8 varaqgacha bo‘lgan hajmda yozilgan bo‘lishi lozim; ü Tezis matnini joylashtirishda sahifaning chegaralari quyidagi tarzda belgilanadi: yuqoridan – 2 sm, pastdan – 2 sm, ungdan – 2 sm, chapdan – 2 sm; ü Ma’ruza tezislari 2 nusxada va elektron varianti disketada RTF formatida yozilgan holda taqdim etiladi; ü Ma’ruzalar mavzusidan yuqorida muallifning ismi, sharifi, ilmiy unvoni, ish joyi to‘liq ko‘rsatilishi kerak; ü Mualliflik badali 5000 so‘m miqdorida to‘lanadi; ü Ma’ruzalar 2010 yilning 20 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Bog‘lanish uchun telefonlari: 233-28-38 e-mail:ilm-bulim@bk.ru
|
|
| Last Updated ( Wednesday, 23 June 2010 ) |
| < Prev | Next > |
|---|







