998 (66) 233 38 73 info@sies.uz




SAMISI RESPUBLIKADAGI ENG YAXSHI O‘N UCHINCHI OLIY TA’LIM MUASSASASI DEB TOPILDI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining reyting natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti eng yaxshi o‘n uchinchi oliy ta’lim muassasasi bo‘ldi. Reytingda O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Samarqand davlat universitetlari yuqori uchta o‘rinni egallagan.

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2018 yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 9 nafar professor-o‘qituvchilari dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan. Bundan tashqari, 5 nafar professor-o‘qituvchilar dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga borib o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

Yuqorida qayd etilgan reyting natijalari ro‘yxatida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Samarqanddagi OTMlar o‘rtasida 2-o‘rinda bo‘lsa, Samarqand davlat chet tillar instituti 26, Samarqand davlat tibbiyot intituti 35, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti esa 42-o‘rinni egallagan.

Reytingda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga 47-o‘rin berilgan.