998 (66) 233 38 73 info@sies.uz




QABUL-2019

“Iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishiga kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kirishga ishtiyoqi bo‘lgan fuqarolar bilan quyidagi savollar bo‘yicha sinov-suhbat o‘tkaziladi.

  1. Tadbirkorlikni tushunchasi moxiyati va ahamiyati.
  2. Tadbirkorlikning umumiy qoidalari.
  3. Tadbirkorlikning sub’ektlari, shakllari va turlari.
  4. Tadbirkorlikning kelib chiqishining huquqiy asoslari.
  5. O‘zbekistonda tadbirkorlikni ko‘llab – kuvvatlash yo‘nalishlari.
  6. Tadbirkorlik va raqobat.
  7. Xizmat sohasida tadbirkorlik faoliyatining shakllari.
  8. Respublikamizda kasanachilik va uning rivojlanish istiqbollari.
  9. Tadbirkorlikning rivojlanish tarixi.
  10. Ishlab chiqarish tadbirkorligi.
  11. Tijorat tadbirkorligi.
  12. Moliyaviy tadbirkorlik.
  13. Konsalting tadbirkorlik
  14. Tadbirkorlikning shakllari.
  15. Kichik biznes va tadbirkorlikda rahbarning boshqaruv uslubi
  16. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
  17. Biznes rejaning mohiyati va asosiy bo‘limlari tasnifi.
  18. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat qiluvchi infratuzilmaning vazifalari va funksiyalari.
  19. Infratuzilmaning tavsiflanishi
  20. Respublikada infratuzilmaning zamonaviy holati va muammolari
  21. Ishlab chiqarish harajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari.
  22. Mahsulot tannarxi va uni hisoblash usullari.
  23. Mahsulot tannarxini pasaytirishning yo‘llari.
  24. Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyatini ifodaluvchi ko‘rsatkichlar.
  25. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy tahlili.
  26. Tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish usullari.
  27. Tadbirkorning ishbilarmon etikasi, madaniyati va obrusi
  28. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish – mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili.
  29. Kichik biznesni jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy rivojlanishdagi  rolini oshirish.
  30. Yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilishning zarurligi va ahamiyati.
  31. Samaradorlik tushunchasi va mohiyati.
  32. Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikni oshirishning o‘rni va ahamiyati.
  33. Ishlab chiqarish samaradorligini mezonlari va ko‘rsatkichlari.
  34. Ishlab chikarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari.  
  35. Korxona iqtisodiy xavfsizligi tushunchasi va tasnifi
  36. Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning maqsadi va vazifalari
  37. Korxonada iqtisodiy xavfsizlik xizmati, uning funksiyalari va tarkibi
  38. Korxonaning tijorat siri mohiyati
  39. Korxona tushunchasi va belgilari.
  40. Korxonalarning shakllari va turlari.
  41. Korxonalar faoliyatini litsenziyalash.
  42. Korxona faoliyatini iste’molchilar talabiga yo‘naltirish.
  43. Korxonani tashkil etish qoidalari.
  44. Korxonani barpo etish hujjatlari va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.
  45. Korxona mulki.
  46. Korxonaning moliyaviy barqarorligi.
  47. Korxonaning tashki iktisodiy shartnomalari.
  48. Korxona faoliyatida boshqaruv tushunchasi va uning ob’ektiv zaruriyati.
  49. Korxona xavfsizligini ta’minlashning maksadi va vazifalari.
  50. Bozor iktisodiyoti sharoitida rejalashtirishning metodologik asoslari.
  51. Rejalashtirishning metodlari.
  52. Rejalashtirishning ko‘rsatkichlari.
  53. Korxonada rejalashtirish tizimi va rejaning turlari.
  54. Korxona faoliyatiga ta’sir kiluvchi omillar.
  55. Korxona rejasining bo‘limlari va ko‘rsatkichlari.
  56. Biznes-reja tushunchasi, turlari va tarkibi.
  57. Xo‘jalik mexanizmining asosiy elementlari, ularning tavsifi va  o‘zaro aloqasi.
  58. O‘zbekistonda bozor iktisodiyotini shakllantirish mexanizmini o‘ziga  xos xususiyatlari.
  59. Bozor iqtisodiyotining qaror topishi sharoitida xo‘jalik   yuritishning turli shakllarining rivojlanishi.
  60. Mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar.
  61. Iqtisodiy ishning mohiyati va mazmuni, bozor munosabatlarining  shakllanish sharoitida uning ahamiyati.
  62. Xizmat sohasi korxonalari va tashkilotlari faoliyatini taxlil  kilishning mazmuni va vazifalari.
  63. Xo‘jalik faoliyatini  tahlil qilishning usul va uslublari.
  64. Iktisodiy axborotlar tushunchasi, turlari va iqtisodiy ishdagi ahamiyati.
  65. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xizmat sohasida prognozlashtirish va rejalashtirish.
  66. Prognozlash va rejalashtirishni moxiyati, maksadi, vazifalari va ahamiyati. 
  67. Prognozlashtirish  va rejalashtirishning umumiy qoidalari.
  68. Prognozlashtirish va rejalashtirishning turlari va bosqichlari.
  69. Aniq maqsadli (strategik) rejalashtirish va uning  mazmuni.
  70. Biznes reja, uning ahamiyati va ishlab chikish tartibi.
  71. Baho tushunchasi, mohiyati, turlari va ahamiyati.
  72. Bahoning elementlari.
  73. Raqobat sharoitida bahoning  shakllanishini metodologik asoslari.
  74. Bahoni shakllanishi va belgilashni metodologiyasi.
  75. Tannarx tushunchasi, uning elementlari, yangi sharoitda shakllanishi.
  76. Bahoni davlat tomonidan tartibga solinishi.
  77. Baho va inflyatsiya.
  78. Xizmat sohasi korxonalari daromadlarining moxiyati, ahamiyati.
  79. Daromadlarning turlari.
  80. Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar sotishdan olingan va asosiy faoliyatdan olingan boshka daromadlar tarkibi.
  81. Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan va moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar tushunchasi.
  82. Favqulotdagi daromadlarni kelib chiqishi va tarkibi.
  83. Xizmat sohasi korxonalari, tashkilotlari va aloxida tadbirkorlarning yalpi daromadlarini tahlili.
  84. Xizmat sohasi korxonalarida yalpi daromadlar xajmini va tarkibini prognozlash va rejalashtirish.
  85. Xizmat sohasining foydasi, uning mazmuni va ahamiyati.
  86. Foydaning shakllanishi va ishlatilishi.
  87. Xizmati sohasi korxonalari va tashkilotlari foydasiga (rentabelligiga) ta’sir qiluvchi omillar.
  88. Foyda va rentabellikni tahlili.
  89. Foyda va rentabellikni prognozlash va rejalashtirish.
  90. Xizmat sohasi korxonalari rentabelligini oshirishning iqtisodiyotga ta’siri.
  91. Resurslar tushunchasi va tarkibi
  92. Asosiy fondlar tushunchasi, tarkibi va baholanishi
  93. Asosiy fondlarning ko‘rsatkichlari
  94. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi
  95. Aylanma fondlar (mablag‘lar) ning harakati va ahamiyati
  96. Aylanma fondlar (mablag‘lar)tarkibi
  97. Aylanma fondlar (mablag‘lar) ning ko‘rsatkichlari
  98. Moliyaviy resurslar mohiyati va ularni savdo korxonalari samaradorligini oshirishda ahamiyati
  99. Moliyaviy resurslarning manbalari
  100. Moliyaviy resurslarning ko‘rsatkichlari

 

Yuqorida ko‘rsatilgan savollar yuzasidan o‘tkazilgan suhbat jarayonida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball miqdodi. (0 balldan 100 balgacha) mezonda tashkil etilib, baholash yaxlitlangan holda butun sonlarda ifodalanadi.

Nazariy savolga to‘g‘ri va to‘liq yoritilsa, mutaxassisligi bo‘yicha ijodiy qobiliyati, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan mustaqil ishlash, tizimli mustaqil tahlil qilish, xulosalar chiqarish va natijalarni hayotga tadbiq etilishi bo‘yicha mustaqil, ijodiy fikrlar mavjud bo‘lsa o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86-100 ballni tashkil etadi.

Nazariy savolga to‘g‘ri javob berilsa, qo‘yilgan savollar mazmunan yoritilib, mohiyati ochib berilgan bo‘lsa, javobda abituriyentning mustaqil mushohada yuritish qobiliyati sezilsa o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71-85 ballni tashkil etadi.

Nazariy savolga asosan to‘g‘ri javob berilsa, biroq qo‘yilgan masalaning mohiyati, mazmuni, natijalari yuzasidan yoritilsa, fikr- mushohada bayonida tarqoqlik kuzatilsa, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 56-70 ballni tashkil etadi.

Nazariy savollarga javoblar noto‘g‘ri berilsa yoki umuman javob berilmasa o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-55 ballni tashkil etadi.

 

Asosiy adabiyotlar ro‘yxati

 

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. (yangi taxriri).
  2. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2017 – yil 7 – fevral. Xalq so‘zi, 2017 – yil 8 – fevral.
  3. Mirziyoev Sh.M O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2018
  4. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. T.: TDIU, 2010.
  5. Samadov A.N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. T.: Moliya-iqtisod, 2008.
  6. Qosimova M.S., Yusupov M.A., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. –T.: TDIU -2010.
  7. Abdukarimov B.A. va boshq. Korxona iqtisodiyoti. Darslik. - T.: Fan va texnologiya, 2013.

 

Qo‘shimcha adabiyotlar

 

1. B.A.Abdukarimov, F.B.Abdukarimov Savdo iqtisodiyoti, I-qismT.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.

2. B.A.Abdukarimov, Q.J.Mirzayev, T.S.Sharipov, A.S.Sheraliyev Savdo iqtisodiyoti, II-qismT.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, Davlat ilmiy nashriyoti, 2013.

3. Sultonov Sh.A. Kichik biznes va tadbirkorlik: xududiy muammolari va yechimlari. – Monografiya. SamISI. 2013.

 

 

Internet saytlari

  1. www.ziyonet.uz
  2. www.edu.uz
  3. www.e-ilm.uz
  4. www.uzinfocom.uz