SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA`NAVIYAT VA MA`RIFAT BO`LIMI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI “YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT” BO’LIMI

2021-04-08 268

Abduraimov Dilshod Muratkulovich - Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:  Har kuni

Telefon:  (0 866) 233-12-85      

 

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

“YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT” BO’LIMI

 

NIZOMI

 

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi (bundan keyin - bo’lim) - talabalarda ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy istiqlol g’oyasi va mustaqillik mafkurasini shakllantirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim-tarbiya faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi Bo’limdir.

1.2. Bo’lim - O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug’i asosida institutda tashkil etiladi.

1.3. Bo’lim faoliyatiga javobgarlik mas’uliyati - o'quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha prorektor zimmasiga yuklatiladi.

1.4. Bo’lim o’z faoliyatini - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy xujjatlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

 

II. BO’LIMNING MAQSAD VA VAZIFALARI

2.1. Institutda Vatan va Davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi, intellektual salohiyatga ega, barkamol avlodni shakllantirish borasida olib borilayotgan barcha faoliyatlarni muvofiqlashtirish, yo’naltirish hamda uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

2.2. Talabalar, magistrlar, yosh o’qituvchilarning hayotda o’z o’rinlarini topishlariga, ularda vatanparvarlik, Davlat manfaatlariga sodiqlik burch va mas’uliyatlaridan kelib chiqib, o’zlarining aqliy, ijtimoiy imkoniyatlarini Vatan manfaati yo’liga yo’naltirish borasidagi faoliyatlariga tegishli muhit va sharoit yaratish ishlarini amalga oshirish;

2.3. Mustaqil dunyoqarshga ega bo’lgan, ajdodlarimizning buyuk tarixiy merosi va hozirgi zamon tafakkuri asosida yashaydigan, vatanparvar, insonparvar, milliy o’zligini anglaydigan, milliy g’urur va o’z millatiga sadoqatli bo’lishni eng yuksak burch deb biladigan, odamlarda iymon, mehr-shavqat, poklik va halolik kabi fazilatlarni qadrlay oladigan va ularga hayotda amal qiladigan, ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat, bag’ri keng, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni amalda ajrata oladigan shaxsni shakllantirishga ko’maklashish;

2.4. Vatan mustaqilligiga tahdid soladigan ekstremistik oqimlar, har xil buzg’unchi g’oyalarga qarshi g’oyaviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirish, bu borada psixologik texnologiyalarga asoslangan tizimni yaratish va takomillashtirish tadbirlarini olib borish;

2.5. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar mazmunini talabalar va professor-o’qituvchilar ongiga etkazishni amalga oshirish;

2.6. Talabalarning ma’naviy-ahloqiy saviyasi va madaniy ehtiyojlarini aniqlash maqsadida davriy ravishda sosiologik tadqiqotlar o’tkazish va monitoring olib borish;

2.7. Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

2.8. Talabalarning siyosiy madaniyati, dunyoqarashi, ma’naviyati, siyosiy etukligi, axloqiy barkamolligi va ijtimoiy faolligini shakllantirish, ularni Vatanga, xalq va millatga yuksak mehr-muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan ehtirom ruhida tarbiyalash, erkin, mustaqil, ijodiy fikrlaydigan komil inson etib tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy Dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

2.9. Talabalar turar joylarida va ijarada yashovchi talabalar bilan institut rahbarlarining amaliy uchrashuvlarini tashkil qilish;

2.10. Talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-ijodiy mavzulardagi davra suhbatlari, uchrashuvlar, bayram kechalari tashkil qilish va o’tkazish;

2.11. Institutda Vatanimiz bayramlari va talabalar hayotiga doir devoriy gazetalarni muntazam chiqishini ta’minlash;

2.12. Institut talaba-yoshlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, turli yo’nalishdagi badiiy-ijodiy to’garaklar, badiiy san’at va teatr jamoalari tuzish hamda ularning faoliyatini yo’lga qo’yish;

2.13. Respublika, viloyat va shahar miqyosida o’tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash;

2.14. Institut miqyosida turli ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-ijodiy, sport-sog’lomlashtirish mavzularida konkurslar, festivallar, ko’rik-tanlov va musobaqalar tashkil qilish;

2.15. Institutda talabalarning ma’naviy tarbiyasiga mutasaddi bo’lgan bo’g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

2.16. Institut talaba-yoshlari orasida ma’naviyat va milliy istiqlol g’oyasini targ’ibot qilish maqsadida - Bo’lim qoshida mavzular bo’yicha sho’balar tuzish hamda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar yo’nalishlari va ularning samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar kiritishdan iborat.

 

 

III. BO’LIMNING HUQUQLARI

3.1. O’quv va tarbiya ishlari bo’yicha prorektor bilan kelishilgan holda fakultet dekanlari, dekan muovinlari va professor-o’qituvchilarni ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarga bevosita jalb qilish;

3.2. Institut tasarrufidagi fakultet va kafedralarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holatini o’rganish natijalari yuzasidan institut Ilmiy Kengashi va Ijtimoiy-gumanitar ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy ishlar Kengashlariga axborotlar taqdim etish;

3.3. Institutda ta’lim olayotgan kam ta’minlangan, moddiy va ma’naviy yordamga muhtoj talaba-yoshlarga hamda Bo’lim qoshidagi sho’balarning faol a’zolariga moddiy yordam va rag’batlantirish ko’rsatish bo’yicha takliflar berish;

3.4. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha muovinlariga bevosita ko’rsatma va topshiriqlar berish.

 

IV. BO’LIM ISh FAOLIYaTINI TAShKIL QILISh

4.1. Bo’lim ish faoliyatini sifatli va samarali tashkil etish maqsadida quyidagi hujjatlar yig’ma jildini yuritish tavsiya etiladi:

  • Bo’lim Nizomi;
  • yillik ish reja va turli tadbirlarga oid Dasturlar;
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining buyruq, ko’rsatma va Hay’at qarorlari;
  • institut Rektorining buyruq, ko’rsatma va Ilmiy Kengash qarorlari;
  • "Ma’naviyat kuni" tadbirlari hujjatlari;
  • berilgan ma’lumotnoma, tavsiya va ularga ilova hujjatlar;
  • o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlar hamda sho’balar faoliyatiga oid hujjatlar;
  • institut talabalari va ularning tarkibiga oid hujjatlar;
  • talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalarga oid hujjatlar;
  • kirish va chiqish xatlari, ariza va iltimosnomalarni qayd etish kitobi;
  • kvartal va yillik hisobotlar;

4.2. Bo’lim samarali faoliyat olib borishi uchun institut tomonidan quyidagi tegishli sharoitlar yaratiladi:

  • ish kabineti, kabinet va ish jihozlari;
  • kompyuter majmuasi;
  • televizor, audio/video texnika;
  • telefon raqami (ichki va tashqi tarmoq);
  • ovoz kuchaytirish texnikasi va zaruriy musiqa asboblari bilan ta’minlanadi.
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
+2
°
C
H: +
L: -1°
���������
�����, 29 ������
������� �� ������
�� �� �� �� �� ��
+ + +10° +11° + +
-1° + + + -1°
ENG KO`P O`QILGAN YANGILIKLAR
2020-04-17 15591