SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

INSTITUT TARIXI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

INSTITUT TARIXI

2020-01-27 1

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti O’zbekiston Respublikasida va O’rta Osiyo hududidagi eng keksa va eng ulug’ Oliy ta’lim muassasalaridan biridir.

Institut 2016 yil fevral oyida o’zining tabarruk 85 yoshiga to’ladi. Eng avval institutning obro’- e’tibori shundaki, u nafaqat O’rta Osiyo, balki sobiq sovetlar ittifoqining aytarlik barcha hududiga kadrlar tayyorlashda katta xizmatlar qildi.

Institutning tarixi respublikamizning nufuzli oliy maktablarining yaratilishi 7 sentyabr 1920 yildagi sobiq sovet hukumatining dekreti asosida yaratilgan  Turkiston (keyinchalik O’rta Osiyo) davlat universitetiga bog’liqdir. Chunki uning fakultetlari va bo’limlari asosida O’zbekistonda va O’rta Osiyoda qator institutlar tashkil etildi.

Respublika xalq xo’jaligi va madaniyatining keskin taraqqiyoti tobora keng miqyosda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga talab oshib bordi. Bular jumlasiga iqtisodiyot va boshqaruv sohasi yetakchi o’rinlarga chiqa boshladi.

Natijada 6 iyun 1931 yilda O’rta Osiyo davlat universitetining (SAGU) iqtisodiyot fakulteti asosida O’rta Osiyo reja iqtisodiyot instituti tashkil etildi va uning iqtisodiyot fakulteti asosida O’rta Osiyo kooperativ instituti tuziladi. Mazkur institutga davlat savdosi va kooperativ instituti nomi beriladi va Sentrosoyuz ixtiyoriga topshiriladi.

1935 yilda O’rta Osiyo reja instituti Samarqandga ko’chiriladi va keyinchalik 1936 yilda davlat savdosi va kooperasiya instituti bilan qo’shiladi. Unga O’zbekiston xalq xo’jalik instituti deb nom berildi.

1949 yilda Samarqand savdo institutiga aylandi va 1960 yildan boshlab Sentrosoyuz ixtiyoriga o’tadi va endi Samarqand kooperativ instituti nomini oladi.

Institutning gurkirab rivojlanishi anashu oltmishinchi yillardan boshlandi va 1990 yillargacha O’rta Osiyo hududida yagona oliygoh hisoblandi va O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston respublikalari va Janubiy Qozoqiston viloyatlari uchun matlubot kooperasiyasi va davlat savdosiga kerakli yuqori malakali iqtisodchi, buxgalter, tovaroved va injener-texnologlar tayyorlab berardi. Aynan shu yillar davomida O’rta Osiyo respublikalari matlubot kooperasiyasi va davlat savdosining eng yuqori boshqaruv organlaridan tortib, to quyi tashkilotlarida band bo’lgan mutaxassislarning aksariyati Samarqand kooperativ institutini bitirgan kadrlar edi.

Shuni ta’kidlash joizki institutni bitirgan mutaxassislar sobiq sovet ittifoqi respublikalarida Kaliningraddan tortib Saxalingacha, Moskva, Leningraddan tortib to Kushkagacha faol ishlab keldilar va katta obro’-e’tiborga erishdilar. Bunga sabab birinchi navbatda O’zbekiston hukumati tomonidan oliy ta’limga bergan katta e’tibori hisoblanadi. Oliy ta’lim olgan mutaxassislar har tomonlama yetuk darajada chuqur bilimga ega bo’lganlar, ularning ma’naviy, siyosiy qarashlari xalqlar do’stligi ruhida tayyorlangan edilar.

Institutning keyingi 20 yillik tarixi jonajon Respublikamizning mustaqillik davriga to’g’ri keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitini boshidan kechirayotgan respublikamizda xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib aholi talablarini qondirish maqsadida xizmat sohalari keng taraqqiyot etganligini hisobga olib Samarqand kooperativ instituti 2011 yildan boshlab Samarqand iqtisodiyot va servis instituti nomini oldi. Natijada institutning istiqboli uchun juda qulay sharoitlar yaratilganligi barchani cheksiz quvontiradi.

Bugungi kunda institut yuqori malakali mutaxassislarni yetishtirishi uchun yetarli shart-sharoitlarga ega. Bular qatoriga oliygohning moddiy-tehnika bazasi yuqori malakali professor-o’qituvchilar tarkibi, fakultetlar, kafedralarda institutning turli bo’limlarida xizmat qilib kelayotgan xizmatchilar, har tomonlama talabga javob beradigan laboratoriyalar, kompyuter xonalari, internet bilan bog’liq bo’lgan hisoblash texnikasi kafedrasi ta’minoti bo’limlarni ko’rsatish mumkin. Institutda yaratilgan sharoitlar talabalarning samarali o’qishiga, madaniy xordiq chiqarishiga, jamoat ishlarida faol ishtirok etishiga asos bo’lmoqda.

Bular uchun institut jamoasi muxtaram prezidentimiz I.A.Karimovga, O’zbekiston Respublikasi hukumatiga, oliy va o’rta ta’lim vazirligiga va boshqalarga cheksiz minnatdorchiligini bildiradi.

Mazkur to’plamni tayyorlashda  qatnashdilar: prof. R.Abdullayev....

 

Tarixiy sanalar tafsiloti

 

I bob O’rta Osiyoda birinchi iqtisodiyot oliygohining shakllanishi va rivojlanishi

(1931-2011 yillar)

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hyech mubolag’asiz boy tarixga ega va respublikamizdagi oliygohlar ichida eng keksalari hisoblanadi.

1917 yil oktyabr revolyusiyasidan ko’p o’tmay mustaqil respublikalarni barpo etish maqsadida sobiq sovet hukumati tashabbusi bilan Turkiston avtonom respublikasi tashkil etiladi va keyinchalik avtonomiya tarkibiga kirgan O’zbekiston, Qozoqiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston milliy respublikalar paydo bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi hukumatining ilk bor bajargan hatti-harakatlari qatorida malakali kadrlar tayyorlash maqsadida va zamonaviy oliy ta’lim muassasalarini ochishga e’tibor berildi. Maqsadlarning nihoyasi sifatida O’rta Osiyoda birinchi bo’lib Toshkent shahrida 7 sentyabr 1920 yilda Turkiston Davlat universiteti tashkil topadi.

1924-1925 o’quv yilida O’rta Osiyoda mustaqil respublikalar tashkil etilganligi sababli Turkiston Davlat universiteti O’rta Osiyo Davlat universiteti (SAGU, hozirgi Toshkent davlat universiteti) deb nomlana boshladi.

Aynan mazkur universitet O’zbekistonda va O’rta Osiyo respublikalarida oliy ta’lim tizimini yaratishga asos soldi. SAGU fakultetlari va bo’limlari asosida keyinchalik qator tarmoq institutlari, jumladan hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti paydo bo’ldi. 

XX asrning 20 yillar oxiri 30 yillar boshlarida respublikada sanoatda va qishloq xo’jaligida keng miqyosda rivojlanishi sababli xalq xo’jaligi tarmoqlarida yuqori malakali mutaxassislarga extiyoj paydo bo’ldi, bular jumlasida Iqtisodiyot sohasining mutaxassislari xalq xo’jaligi uchun yetarli darajada yuqori malakali kadrlarni                   O’zbekiston hukumatining 1928, 1929, 1930 yillarda qator qarorlari ishlab chiqildi va amaldagi fakultetlar va bo’limlarni, mustaqil tarmoq oliygohlarini tashkil etish masalalari ko’rib chiqildi va bunday oliygohlar tegishli soha vazoratlari (narkomatlar) ixtiyoriga berilish ta’kidlandi.

Respublika hukumati qarorlari asosida 1930 yilda SAGUni qayta tashkil etish, jumladan universitetning iqtisodiyot fakulteti negizida O’rta Osiyo reja instituti va O’rta Osiyo matlubot kooperasiyasi institutlarini tashkil etish masalalari ko’rib chiqildi.

15 yanvar 1931 yilda O’rta Osiyo davlat plan komissiyasi prezidiumi reja institutini tashkil etishi to’g’risida  qaror qabul qiladi va 10 fevralda institutning 1931 yilgi smetasini tasdiqlandi. Shu qaror bilan SAGU iqtisodiyot o’quv binosi va yotoqxonasi yangi tashkil etilgan reja institutiga berilishi belgilandi.  

1931 yil fevral oyining boshlarida O’rta Osiyo reja institutini tashkil etishga doir ishlar nihoyasiga yetadi va 1931 yil 13 fevralda O’rta Osiyo iqtisodiyot kengashi (ekonomsovet) Prezidiumi mazkur masalani ko’rib chiqdi va quyidagi qarorni qabul qiladi: “O’rta Osiyo Reja institutini” tashkil qilish to’g’risidagi Davlat reja komissiyasi (GOSPlan) ning taklifi inobatga olinsin”. Mazkur qaror bilan yangi reja instituti iqtisodchilarni tayyorlovchi 6 ta bo’lim tashkil etish masalasi qo’yiladi. Bu bo’limlar:

     1) sanoatda rejalashtirish;

     2) qishloq xo’jaligida rejalashtirish;

     3) ijtimoiy-madaniy sohada rejalashtirish;

     4) moliyada rejalashtirish(kredit iqtisod bo’limi negizida);

     5) ta’minot va iste’molni (xomashyo bo’limi negizida);

     6) transportda rejalashtirish (yangidan tashkil etilgan);

Iqtisod fakultetining matlubot kooperasiyasi bo’limini mustaqil matlubot kooperasiyasi institutiga aylantirishga kelishildi.

O’rta Osiyo reja instituti (SAPI) ning 1930-1931 o’quv yili uchun talabalar tarkibi 486 kishi qilib belgilanadi. 1931-1932 o’quv yili uchun qabul 450 kishi, shulardan 150 tasi fevral qabuli uchun va 300 tasi sentyabr qabuli uchun. Belgilangan qabul rejasining (450 kishi) 75% mahalliy millatlar vakili bo’lishi kerak edi.

Institutni abituriyentlar bilan ta’minlash maqsadida SAPI qoshida 200 kishilik rabfak (ishchi fakulteti), Qozoqiston hamda O’rta Osiyo respublikalarida tayyorlov kurslarini tashkil qilish vazifasi qo’yildi.

Institut uchun SAGU ning iqtisodiyot fakultetining binosi va talabalar hamda o’qituvchilar uchun yotoqxona binosi ajratildi.

O’rta Osiyo iqtisodiyot Kengashining (SEKOSO) 13 fevral 1931 yildagi Prezidium qaroriga asosan SAPI ni tashkil etishni 15 fevralda tugallash vazifasi qo’yilgan edi.

     Nihoyat, tashkilotchi, talabalarga va o’qituvchilarga ko’rsatgan samimiy munosabatlari va ayniqsa milliy kadrlarga bo’lgan samimiy e’tibor bilan institut jamoasida juda katta iz qoldirdi.

1949-1953 yillarda reja va savdo-iqtisod fakultetlarida dekan bo’lib dosent A.P.Zavarin ishladi. Keyinchalik savdo-iqtisod fakulteti dekani bo’lib 1940 yilda institutni bitirgan dosent A.P.Blinov ishladi  va 11yil davomida tovaroved va sirtqi fakultetlarni boshqardi. Oxirgi yillari statistika kafedrasining dosenti sifatida ishladi va o’zining e’tiborchanligi, yoshlarga maslahatchi, madadkorligi va yuqori madaniyati bilan jamoa ichida katta hurmat e’tiborga sazovor bo’ldi.

         1958-1965 yillarda uzluksiz bo’lmagan holatda injener texnologiya fakultetini ximiya fanlari nomzodi, dosent M.M.Abramov boshqardi va o’zining talabchanligi, yorqin pedagog va tarbiyachi sifatida, tashkilotchilik qobiliyati bilan fakultetni shakllantirishda va rivojlantirishda katta hissa qo’shdi. Malakali olim o’lkamizning yovvoyi o’simliklarini o’rganish va ulardan dori-darmon yasashda sezilarli natijalarga ega bo’ldi.Lagoxilin va uni medisinada qo’llanishi ilmiy ishlari uchun M.M.Abramov ixtiro guvohnomasini olishga muyassar bo’ldi. 1961-1962 yillarda institutning o’quv va ilmiy ishlari bo’yicha direktorning muovini lavozimida ishladi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                   Institutda tashkiliy, tarbiyaviy va siyosiy ishlarni tashkil etishda va ularning samarali olib borishda partiya tashkiloti xodimlaridan  V.I.Irgashov, K.A.Pogrebinskaya, N.I.Agыlseva, P.I.Gutkevich, A.A.Badalyan, V.G.Saxokiya, A.I.Marshalkov, Sh.X.Samiboyev, T.K.Kabilovlar ko’p mehnat sarfladilar. Institut obro’-e’tiborini yuqori darajada ko’tarishda jamoa yoshlar tashkilotining namoyondalaridan I.A.Sheluxin, L.N.Melkumov, Sh.S.Suleymanov, L.Genkina, Z.Xamzayev, I.G.Karimov, V.Avakov, G.Dedov, T.K.Kabilov, I.T.Abdukarimov, T.Nasriddinovalarni keltirish mumkin. Pyotr Savvich Karpekin (1892-1978 y.) institut tashkilotchilardan biri sifatida o’zining butun umrini institut ravnaqi, talabalarni tarbiyalashga sarfladi va unitib bo’lmaslik iz qoldirdi. U kishi 20 yildan ortiq savdo iqtisodiyoti va rejalashtirish kafedrasiga rahbarlik qildi. Shu davrda reja va savdo-iqtisodi fakulteti dekani va iyul 1942 yildan sentyabr 1944 yilgacha institutning direktori lavozimida ham ishlagan.

Professor-o’qituvchilar tarkibida va talabalar ichida so’zsiz katta obro’-e’tiborga ega bo’lgan ximiya kafedrasining mudiri, dosent N.D.Cыsoyevani esga olish savobdan xoli bo’lmas. U kishi uzluksiz 30 yil davomida ximiya kafedrasiga raxbarlik bo’ladi. N.D.Sыsoyeva o’ta mehnatsevarligi, o’z fanini chuqur o’zlashtirganligi va yuqori pedagogik mahoratga ega sifatida institutda unitilmas iz qoldirdi.

      1935 yildan to 1960 yilda nafaqaga chiqquncha uzluksiz ravishda institutning buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasiga Boris Georgiyeva Kontor rahbarlik qildi, jamoada va amaliyotda yirik olim va iqtisodchi sifatida tanildi. Domlaning tarbiyasini olgan kamina R.A.Abdullayev minnatdorchilik bilan o’sha kunlarni eslayman. B.G.Kantor tarbiyasini olgan qator mutaxassislar vaqtlar o’tib O’rta-Osiyo va Qozoqiston Respublikalarida savdo vazirliklari, Matlubot kooperasiyasining yuqori organlarida rahbar xodimlari lavozimlariga ko’tarildilar va o’z Respublikalarida savdo va Matlubot Kooperasiyasini rivojlantirishda samarali mehnat qildilar.

1959-1960 yillar mobaynida sanoat iqtisodiyoti sohasida taniqli mutaxassis, dosent I.N.Toporovskiy umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti kafedrasiga va injener-texnologiya fakulteti dekanatiga rahbarlik qildi. Institutga ishga o’tishdan oldin u kishi Kattakurg’on shahar partiya tashkilotining sanoat bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan. I.N.Toporovskiy dono pedagog sifatida eng avval yoshlarga rahnamolik qildi va ularni ilmiy pedagogika sohasida tayyorlashga katta e’tibor berdi. U kishining shogirdlari hozirgi kunda ham institutda samarali xizmat ko’rsatib kelmoqdalar. Bular texnika fanlari doktori, professor J.Qurbonov (Kafedra mudiri); Marhum T.A.Xudoyshukurov, texnika fanlari nomzodi, professor, institutda chiqariladigan «Servis» jurnalining redaktori, ilmiy ishlar prorektori Dilbar Xasanovna va boshqalar.

  1940 yildan to 1960 yillargacha juda katta faollik bilan ishlagan ilmiy-pedagogik kadrlar, tajribali va taniqli olimlar ishladilar. Natijada institut Respublikada va ittifoq miqyosida katta obro’ e’tiborga sazovor bo’ldi. Bular qatoriga professor A.A.Manov, dosentlar I.L.Pasternak, R.X.Shabanov, T.K.Fedotova, M.P.Ilenko-Petrovskaya, Z.V.Korobkina, I.Ya.Kasara ,D.V.Gosenko, V.A.Koltыgan, K.N.Arbuzov, I.I.Golseker, K.A.Pogrebinskaya, R.M.Shatirov, V.P.Kraves, A.M.Goryaynov, S.M.Lerman, I.D.Gudima, E.P.Pankov, R.G.Abdullin, I.K.Slepnev, bular ikkalasi keyingi qator yillarda Moskva kooperativ institutida ishladilar. I.K.Slepnev esa shu institutning prorektori bo’lib ham ishladi.. M.D.Varkanyan, katta o’qituvchilar A.M.Isxakov, M.B.Rustamov, V.G.Saxokiya, V.G.Sviridenko, N.A.Petrov, I.I.Vinokurov, M.A.Tomashunas, O.A.Pastulova, A.M.Turover, X.Karimov, A.A.Badalyan, V.A.Yerofeyev, A.S.Voronov, S.A.Yapporova, I.K.Toporkov, D.G.Voskoboyev, M.Z.Zaripov, V.E.Kondrashova, S.S.Raxmankulov, G.A.Elladov, Sh.Sh.Michmanov, G.Ye.Milyanovskiy, S.M.Poseluyeva, A.N.Naimov, L.V.Budnikova, B.K.Vinokurov, K.I.Kapustyanskiy, A.Ishankulov, M.Marupov, harbiy kafedra o’qituvchilari general mayor I.I.Marshalkov, polkovnik P.I.Gudkevich, podpolkovnik  V.V.Rastgin, A.B.Manevich, mayor Sklyarenko, podpolkovnik V Tiщyenko, ofiserlar N.S.Belov, A.S.Sыlashev, P.M.Gordeyev, F.A.Manoshinlarni kiritish mumkin.

 

Samarqand kooperativ instituti

(1961-2004 yillar)

Sentrosoyuz Pravleniyasining 1-dekabr 1960 yil qarori bilan institut mazkur soha ixtiyoriga o’tdi va endilikda Sentrosoyuzning Samarkand kooperativ instituti deb nom oldi. Institutning asosiy yo’nalishi bo’lib, O’rta Osiyo va Qozoqiston respublikalari matlubot kooperasiyasi tizimiga: Savdo iqtisodiyoti, buxgalter–iqtisodchilar, sanoat va oziq ovqat tovarshunos tashkilotchilar va umumiy ovqatlanish korxonalariga injener texnologlarni tayyorlashdan iborat edi.

Mazkur qarorni kelib chiqishiga  asosiy sabab bo’lib quyidagilarni aytib o’tish kerak.

1960 yilning boshlarida ittifoq Savdo vazirligi tugatildi. Demak, institut egasiz qoldi: Bunday holatdan chiqish maqsadida O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan Samarqand savdo instiuti “O’zbekbirlashuv” ixtiyoriga topshirildi. Institutni qayta qurish haqiqatda dono inson, talantli tashkilotchi, yetuk olim va pedagog Muxtor Rasulovich Rasulev yelkasiga tushdi. 1960 yillarga kelib institut qo’ldan-qo’lga o’tib, oqibat natijada “O’zbekbirlashuv” bu dargohni boshqara olmasligi sababli (moliyaviy ta’minot, moddiy texnika ta’minoti nihoyatda susayib ketdi) institut yopilish arafasida turgan edi. Mana shunday fojeani bartaraf etish va oliygohni nafaqat asrab qolish va uni O’rta Osiyoda yagona matlubot kooperasiyasi tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlovchi, ittifoqda ko’zga ko’ringan institut darajasiga ko’targan zaxmatkash shaxs ana shu Muxtor Rasulovich bo’ldi.

 

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
+2
°
C
H: +
L: -1°
���������
�����, 29 ������
������� �� ������
�� �� �� �� �� ��
+ + +10° +11° + +
-1° + + + -1°
TUG`ILGAN KUNINGIZ BILAN!
Tog‘ayev Odil Nurmuminovich
E`LONLAR
2021-02-23 145
2020-11-03 1674
2020-11-03 1554
ENG KO`P O`QILGAN YANGILIKLAR
2020-04-17 10701