SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining talabalarga MUROJAATNOMASI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining talabalarga MUROJAATNOMASI

2020-04-17 10814
Hurmatli talabalar! Bugungi kunda butun dunyoda Koronavirus pandemiyasi avj olgan bir paytda, bizning respublikamizda ham bu jarayonga qarshi tizimli ishlar tashkil qilindi va joriy yilning 16 martidan boshlab karantin e'lon qilindi. Karantin davrida oliy ta'lim tizimida ta'limni uzluksiz davom ettirish uchun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi 233 - sonli buyrug'i asosida mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida masofaviy ta'limni tashkil etish belgilangan. Ushbu buyruqning ijrosi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ham amalga oshirilib, 2020 yil 1 apreldan boshlab institutda masofaviy ta'lim asosida o'quv jarayoni tashkil etildi. Institutda tashkil etilgan masofaviy ta'limda 2019/2020 o'quv yili 2-semestrida jami 187 ta fan bo'lib, shundan bakalavriatning 16 ta ta'lim yo'nalishida 152 ta fan, magistraturadagi 9 ta mutaxassislik bo'yicha 35 ta fan o'qitilishi yo'lga qo'yildi. Ayni vaqtda institutda kunduzgi ta'lim shaklida 129 ta guruhda 2415 nafar, kechki ta'lim shaklida 3 ta guruhda 80 nafar talabalar tahsil olmoqda. Sirtqi ta'lim shaklidagi 3 - va 4 - kurs talabalariga dars mashg'ulotlari 2019/2020 o'quv yili hisobidan tugagan bo'lib, 1 - va 2 - kurs talabalariga esa belgilangan tartibda va muddatlarda masofaviy ta'lim asosida dars mashg'ulotlari tashkil etiladi. Institutda moodle.sies.uz masofaviy ta'lim platformasidan foydalanish, talabalarga bilim berish bo'yicha kuyidagi imkoniyatlarni beradi: - ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'kuv rejalarida 2019/2020 o'quv yilining bahorgi semestrida ma'ruza, amaliy va laboratoriya mushg'ulotlari, mustaqil ishlari, kurs ishlari, attestatsiya jarayonlariga ajratilgan soatlarni talabalar tomonidan masofadan turib o'zlashtirish; - talabalar tomonidan fanlarning elektron o'quv resurslaridan hamda masofaviy ta'lim platformasiga joylashtirilgan resurslardan istalgan paytda erkin holda (uyda) foydalanish; - o'quv jarayonida tegishli me'yorlarni bajargan va zaruriy bilimga ega bo'lgan talabalar bilimini shaffof baholash va bu jarayonni masofaviy nazorat qilish hamda kursdan - kursga (kontrakt to'lovlari amalga oshirilgan taqdirda) o'tkazish; - masofadan turib zaruriy bilim bergan va masofaviy ta'lim platformasidan foydalanishda keng imkoniyatlar yaratgan professor - o'qituvchilarga kelgusida tegishli fanlardan turli metod va texnologiyalar asosida bilim berishi uchun amaldagi tartiblar xamda shartlarning saqlab qolinishi; - bitiruvchi kurs talabalari uchun o'quv mashg'ulotlari deyarli yakunlanganligini inobatga olib yakuniy davlat attestatsiyasini davlat imtihoni shaklida (onlayn test sinovlari va b.) o'tkazish. Shu bilan birga, masofaviy ta'limda Respublika oliy o'quv yurtlari bo'yicha o'quv rejalaridagi aynan bir xil fanlarni parallel (muqobil) ravishda televideniyada translyatsiya kilish imkoniyatiga ega bo'linadi. Hurmatli talabalar, institutda masofaviy ta'limning talab darajasida tashkil etilishida Sizning munosabatingiz va doimiy fikrlar bildirib borishingiz muhim hisoblanadi. Har birimiz o'z mas'uliyatimiz doirasida biriktirilgan topshiriq va vazifalarni sidqidildan bajarib, masofaviy ta'lim tizimida o'rganayotgan fanimiz resursiga vaqtida kirish, bilimlarimizni muntazam oshirib borish bugun Vatan bizdan kutayotgan jasoratning bir namunasidir. Agar talaba masofaviy ta'lim tizimiga kirmasdan, masofaviy ta'lim asosida berilgan topshiriqlarni bajarmasdan, fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichlariga ega bo'lmasdan, beparvolik va loqaydlikka yo'l qo'ysa, unday talaba o'quv rejasida belgilangan talablarni bajarmagan hisoblanadi va kursdan-kursga o'tish va diplom olish imkoniyatiga ega bo'lmaydi. Shu sababli, har bir talaba, vazirlik buyrug'ining ijrosini ta'minlash talablaridan kelib chiqib, masofaviy ta'lim darslarida belgilangan dars jadvali asosida to'liq va faol qatnashishi so'raladi. Yaratilgan imkoniyatlardan o'z vaqtida foydalaning. Kelajagingiz o'z qo'lingizda! O'zingiz va oilangizni asrang! Uyda qoling!
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
+2
°
C
H: +
L: -1°
���������
�����, 29 ������
������� �� ������
�� �� �� �� �� ��
+ + +10° +11° + +
-1° + + + -1°
E`LONLAR
2021-02-23 430
2020-11-03 1860
2020-11-03 1750
ENG KO`P O`QILGAN YANGILIKLAR
2020-04-17 10814