SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

DIN NIQOBIDAGI EKSTREMIZM - YOSHLARNING KELAJAGI UCHUN TAHDID

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

DIN NIQOBIDAGI EKSTREMIZM - YOSHLARNING KELAJAGI UCHUN TAHDID

2021-03-02 378

O‘zbekiston azaldan ko‘p millatli va turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashab kelgan yurt hisoblanadi. Ajdodlarimiz har doim shu yurtda birga yashagan boshqa din vakillariga hurmat va bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lishgan. Ularning vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda o‘z aksini topgan.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 34.2 mln.dan oshiq aholisi istiqomat qilayotgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e'tiqod qiladi. Yurtimiz fuqarolarining 3,5% ga yaqini pravoslav diniga mansub, qolganlarini boshqa konfessiya vakillari tashkil etadi.
Ayni damda ommaviy axborot vositalarida Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirayotganini guvohi bo‘lmoqdamiz. Go‘yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi. 
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”.

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2-mart kuni Samarqand viloyatida ijtimoiy-diniy muhit barqarorligini ta'minlash, erkstremistik tashkilotlar va mutaassib guruhlar g'oyalarining aholi orasida tarqalishini oldini olish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda mutasaddi Respublika tashkilotlaridan iborat ishchi guruhi a'zolari tomonidan "ДИН НИҚОБИДАГИ ЭКСТРЕМИЗМ -   ЁШЛАРНИНГ КЕЛАЖАГИ УЧУН ТАҲДИД" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suxbatiga Respublika diniy idoralar vakili A. Axmedov hamda Samarqand viloyat imom xatibi o'rinbosari X.Sattorovlar tashrif buyurishdi.

So‘nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta'sir doirasiga olish, diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko‘rinishda tarqatish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, yashirin “hujralar” tashkil etish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Ayniqsa, dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etib da'vosida Suriya va Iroq hududiga borib, ushbu guruh safiga borib qo‘shilayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. 
Ushbu holat davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat'iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne'mat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda -
deydi A. Axmedov.

2020-yilda dunyoning 35 dan ziyod mamlakatlarida yirik terrorchilik harakatlarining o‘zida ikki ming nafardan ortiq odam yaralangan bo‘lsa,  mingdan ziyodi halok bo‘lgan.
2018-2019 yillarda 70 ga yaqin mamlakatda 5 mingdan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etilgan. Ularda 30 ming nafardan ortiq odam zarar ko‘rgan. 
Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga binoan 2019 yil 30 may kuni Ramazon oyida  O‘zbekiston tarixida ilk bor amalga oshirilgan «Mehr-1» nomli tashqi insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi. Unda 156 nafar o‘zbekistonlik maxsus reys bilan Suriyadan Toshkentga olib kelindi. ularning 107 nafari bolalar, 48 nafari ayollar.
Keyinchalik 142 kishi, jumladan, 47 nafar onaga eng kam oylik ish haqining 10 barobari va 95 nafar bolaga 5 barobari miqdorida moddiy yordam ko‘rsatilgani, uch nafar yetim bola Mehribonlik uyiga, yana uch nafari esa «Kichkintoy» bolalar uyiga joylashtirildi.
2019 yil 10 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirig‘iga binoan o‘zbekistonlik 64 nafar begunoh bola maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.

Shu kabi ma'lumotlar davra suxbatiga yig'ilganlarga taqdimotlar va ma'ruzalar ko'rinishida yetkazildi. Talaba-yoshlar yetarli darajada diniy ko'nikmalar bilan davra suxbatini tark etishdi.

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
+2
°
C
H: +
L: -1°
���������
�����, 29 ������
������� �� ������
�� �� �� �� �� ��
+ + +10° +11° + +
-1° + + + -1°
TUG`ILGAN KUNINGIZ BILAN!
Barakayeva Dilbar Xafizovna
E`LONLAR
2021-02-23 1025
2020-11-03 2521
ENG KO`P O`QILGAN YANGILIKLAR
2020-04-17 11556