SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

KASABA UYUSHMA QO‘MITASI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

KASABA UYUSHMA QO‘MITASI

2020-01-27 3769

Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi: Xudoyberdiyev Ne’mat Umarovich

Qabul vaqti: dushanba, chorshanba, juma 14:00-16:00

Tеlеfon: 91-524-61-61

 

 

Kasaba uyushma qo‘mitasi haqida

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi (KUQ), O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Universitet Nizomi va tarkibiy tuzilishiga asosan tashkil etilgan hamda ish beruvchi bilan tuzilgan Jamoa shartnomasiga asosan faoliyat yuritadi.

Institut ma’muriyati bilan KUQsi o‘rtasida jamoa a’zolarining ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan Jamoa shartnomasi imzolangan. Ushbu jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi muntazam ravishda nazoratga olingan.

 

Kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi:

Konferensiya Kasaba uyushma qo‘mitasining Oliy organi hisoblanadi va u besh yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi konferensiyalar orasida rahbar organ hisoblanadi va besh yil muddatga saylanadi.

Konferensiyada Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi, rais o‘rinbosarlari, qo‘mita va Rayosat a’zolari hamda taftish komissiyasi a’zolari saylanadi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlari konferensiya Prezidiumi, Plenumi va Rayosat qarorlari bajarilishini ta’minlashda qatnashadi.

Kasaba uyushma qo‘mitasining mablag‘i a’zolarning oylik badali hisobidan tashkil topadi.

A’zolik badallari oylik maoshlarning kamida 1 foizi miqdorida belgilanadi.

 

Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy maqsad va vazifalari

Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a’zolarining mehnati ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy, inteleektual-huquq va manfaatlari hamda ularning oila a’zolarining haq-huquqlarini himoya qilishdan iborat.

 

Kasaba uyushma qo‘mitasining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolarini aqliy va erkinlik huquqlarini himoyalash borasida qonuniy va boshqa me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qatnashish;

Mehnat qonunchiligi ustidan jamoa nazoratini amalga oshirish;

Jamoa shartnomalarini tuzish va mehnat faoliyatidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish;

Kasaba uyushma a’zolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

Kasaba uyushma a’zolari bilan birgalikda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;

Kasaba uyushma a’zolari va ularning yaqinlarini (ota-ona, turmush o‘rtog’i va farzandi) ning sog‘ligini tiklash, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish borasidagi ishlarni olib borish;

Kasaba uyushmasi ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish va xalqaro aloqalarni o‘rnatish.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kasaba uyushma qo‘mitasi ish beruvchi bilan o‘z faoliyatini ijtimoiy sherikchilik (hamkorlik) asosida olib boradi. Kasaba uyushma qo‘mitasi Hozirda O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi, Samarqand shahar kasaba uyushmalari birlashmasi, barcha oliy o‘quv yurtlari kasaba uyushma tashkilotlari va respublikamizda joylashgan sanatoriya, dam olish maskanlari hamda BSO lari bilan hamkorlik qilib keladi.

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
+2
°
C
H: +
L: -1°
���������
�����, 29 ������
������� �� ������
�� �� �� �� �� ��
+ + +10° +11° + +
-1° + + + -1°
TUG`ILGAN KUNINGIZ BILAN!
Barakayeva Dilbar Xafizovna
E`LONLAR
2021-02-23 1026
2020-11-03 2522
ENG KO`P O`QILGAN YANGILIKLAR
2020-04-17 11557