STIPENDIYALAR
Institutda stipendiya tayinlash o‘quv yilida ikki marotaba o‘tkaziladi va stipendiyalar yakuniy nazorat natijalariga asosan institut rektorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va to‘lanadi.
2018-2019 o‘quv yilida o‘quv semestri mobaynida har bir fan bo‘yicha eng yuqori ballarning 86-100 foizini to‘plagan talabaga 1.0 koeffitsiyenti bilan 621745 so‘m stipendiya, har bir fan bo‘yicha eng yuqori ballarning 71-85 foizini to‘plagan talabaga 0.75 koeffitsiyenti bilan 466309 so‘m, har bir fan bo‘yicha eng yuqori ballarning 55-70 foizini to‘plagan talabaga 0.5 koeffitsiyenti bilan 310873 so‘m stipendiya (50% naqd pul shaklida) to‘lanadi.
Universitetda koeffitsiyentlarni qo‘llash bilan stipendiyalarning bazaviy miqdori
(2018/2019 o‘quv yil boshida)
T/R |
Reyting bo'yicha ballar |
Koeffisiyent |
Oylik stipendiya miqdori (so'm) |
1 |
86-100% |
1,0 |
621745 |
2 |
71-85% |
0,75 |
466309 |
3 |
55-70% |
0,5 |
310873 |