Amir Temur oyligi doirasida Samarqand shahrining tarixiy maskanlariga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

2026-05-06 13
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Amir Temur oyligi doirasida Samarqand shahrining tarixiy maskanlariga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi BT kengashi intellektual loyihalar yo‘nalishi koordinatori tashabbusi bilan “Tafakkur” intellektual o‘yinida g‘olib va faol ishtirok etgan talabalar uchun Samarqand shahrining tarixiy maskanlariga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida talabalar Go‘ri Amir maqbarasi hamda Amir Temur haykalini ziyorat qilib, buyuk sarkarda Amir Temur hayoti, uning boy ma’naviy merosi va tariximizdagi beqiyos o‘rni haqida yaqindan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur sayohat talabalarning tarixiy tafakkurini kengaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.