Bank-moliya fakulteti xodimalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

2025-10-09 894
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Bank-moliya fakulteti xodimalari o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya fakulteti tomonidan besh tashabbus olimpiadasi doirasida “Sport – sog‘lom turmush tarzining garovidir” shiori ostida xodimalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa jarayonida ishtirokchilar o‘z chaqqonligi va epchilligini namoyon etdilar. Tadbir jamoaviylik ruhini mustahkamlash, xodimalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.