Bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari badiiy kitoblar taqdimotida ishtirok etishdi



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shu hamkorlik doirasida bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutori H. Jo‘lanov o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda axborot-kutubxona markazida badiiy kitoblar taqdimotida ishtirok etdi.
Mazkur tashabbus talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.