SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

"Jaholatga qarshi ma’rifat", "Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish" va "Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish" mavzularidagi turkum tadbirlar bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda rektor maslahatchisi, yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i, profilaktika inspektori hamda fakultet dekan o'rinbosari tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o‘tildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.