SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori, i.f.d., professor Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich Gruziyaga tashrifi davomida Shota Rustaveli nomidagi Batumi davlat universitetining bosh kampusi, moddiy-texnik bazasi, oʻquv va laboratoriya auditoriyalari, talabalar turar joyi hamda botanika bogʻi bilan tanishdi.

Shuningdek, universitetning axborot-resurs markazi va talabalarga yaratilgan sharoitlari oʻrganildi.

Uchrashuv davomida turizm yoʻnalishida talabalar uchun zamonaviy laboratoriya xonalarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.