SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda.

23-iyun kuni bank-moliya xizmatlari fakulteti tashabbusi bilan “Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturini joriy etish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — har bir talabaning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha innovatsion g‘oyani shakllantirishi, uni chuqur o‘rganib, bosqichma-bosqich startap darajasigacha olib chiqishiga ko‘mak berishdan iborat.

Seminar ishtirokchilari amaliy mashg‘ulotlar orqali loyiha yaratish, uni rejalashtirish va taqdim etish ko‘nikmalarini egalladilar.