SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, fakultet xodimlari tashabbusi bilan “Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

Ishtirokchilar o‘z insholarida ona tilimizning boy imkoniyatlari, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni hamda ma’naviy birlik ramzi sifatidagi ahamiyatini yoritib berdilar.

Tanlov g‘oliblari:
🥇1-o‘rin — MN-125 guruh talabasi Aminjonova Anora;
🥈2-o‘rin — MN-425 guruh talabasi Akbarova Jasmina;
🥉3-o‘rin — BH-525 guruh talabasi Tursunpulatova Durdona.