SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Termiz shahrida oʻtkazilgan sportning karate WKF turi boʻyicha kattalar oʻrtasidagi "Oʻzbekiston kubogi" musobaqasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetining 2 nafar talabasi  "Oʻzbekiston kubogi" musobaqasida sovrindor boʻlishdi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslarda Shahriyor Turakulov, qizlar oʻrtasidagi bahslarda Narina Komilovalar 3-oʻrinni egallab musobaqaning bronza medaliga ega chiqishdi.

Talabalarimizga bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilab qolamiz!