SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutorlari hamda koordinatori tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga kelajak rejalari, shaxsiy rivojlanish, imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlar berildi.

Bunday uchrashuvlar – yoshlarning kelajak sari dadil qadam qo‘yishiga mustahkam poydevor bo‘ladi!