SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tomonidan talabalar o‘rtasida “Qiziqarli faktlar” nomli viktorina tashkil etildi. Tadbirda ishtirokchilar turli fan sohalari, tarix, madaniyat va kundalik hayotga oid savollarga javob berish orqali bilim va dunyoqarashlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Viktorina talabalarning intellektual faolligini oshirish, jamoaviy ishlash va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilar munosib taqdirlandi.