SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida marketing yo‘nalishi mutaxassislari ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda institut marketing kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda magistrlar ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar aholi sonining ortishi va raqamli infratuzilma talablari, shuningdek, O‘zbekiston aholisini 2050-yilgacha prognozlashtirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

Seminar ishtirokchilari mavzu yuzasidan fikr almashib, dolzarb ilmiy g‘oyalarni muhokama qildilar.