SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida maʼnaviy-maʼrifiy ruhda davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida "Jaholatga qarshi maʼrifat" gʻoyasi asosida yoshlarga sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, odob-axloq kodeksi, institutning ichki tartib-qoidalari va talabalar turar joyi nizomiga qatʼiy amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Talabalar o‘z savollari bilan murojaat qilib, dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashishdi. Uchrashuv iliq va samimiy muhitda o‘tdi.