SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

 Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tomonidan “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida yozuvchi Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar” asari muhokama qilindi. Talabalar asar mazmuni, undagi ijtimoiy va ma’naviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, tyutorlar tomonidan Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarini o‘qish tavsiya etildi.