SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti magistratura bosqichi bank ishi yo‘nalishi talabalari amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Samarqand shahar Aloqabank filialiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar bankning kundalik ish jarayonlari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimi, kreditlash va hisob-kitob amaliyotlari, zamonaviy bank texnologiyalari hamda moliyaviy xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Aloqabank mutaxassislari tomonidan talabalar savollariga atroflicha javoblar berildi.