SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Ma’rifat darsi” mashg‘ulotlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. Xususan, servis fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida o‘tgan darsda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim sohasiga oid farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularning yoshlar hayotidagi ahamiyati muhokama qilindi.

Talabalar mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning mazmunini chuqur anglab, zamonaviy fikrlash, tashabbuskorlik va fuqarolik mas’uliyati borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.