O‘quvchilarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi haqida ma’lumot berildi

2026-03-25 289
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
O‘quvchilarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi haqida ma’lumot berildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga jamg‘arma faoliyati, uning imkoniyatlari hamda xorijda ta’lim olish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.