SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Hisobot yig'ilishida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi raisi X.Meliyev, institut yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Berdimurodov, yoshlar ittifoqi koordinatorlari hamda yangi saylangan guruh yetakchilari ishtirok etishdi. Unda institut yoshlar ittifoqining 2024-2025-o'quv yilidagi hisoboti tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tizimli ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Yig'ilish davomida guruh yetakchilari tomonidan berilgan savollarga javob berilib, ularning takliflari tinglandi.

Hisobot so'ngida institut bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.