SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” doirasida amalga oshirilayotgan “Toza qo‘llar” dasturi ijrosi o‘rganildi.

Tashrif davomida institut va talabalar turar joyi binolarining tozaligi, sanitar-gigiyenik holati hamda mavjud shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari G. Xudayberdiyeva va Z. Oripovlar ishtirok etdilar.

Mazkur tashrif “Toza qo‘llar” dasturining amaliy ijrosini samarali tashkil etish, talabalar uchun yaratilgan gigiyenik sharoitlarni yanada takomillashtirish va sog‘lom muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.