SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Mazkur anjumanda xorijiy hamda mahalliy oliy o'quv yurtlarining taniqli olimlari va professor-o’qituvchilari o'z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy anjuman qiziqarli ma’ruzalar va savol-javoblarga boy bo'ldi.


Anjuman davomida ma'ruzachilar tomonidan global va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish metodologiyasi va muammosi, globallashuv va xalqaro raqamli integratsiya sharoitida  iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish yo‘llari, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda bugalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, audit va statistik hisob usullarini takomillashtirish, boshqaruv usullarini va marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-nazariy hamda amaliy tavsiyalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.