SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Festival davomida talaba-yoshlar tomonidan O‘zbekistonning turli hududlariga xos milliy taomlar tayyorlandi hamda milliy urf-odat va an’analarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, fakultet talabalari o‘rtasida milliy kiyimlar tanlovi ham tashkil etilib, har bir ishtirokchi o‘z hududiga xos liboslarda namoyon bo‘ldi. Tadbir ishtirokchilarda vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.