SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Talabalar turar joyida buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish, shuningdek, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Qiziqarli savollar, dolzarb mavzular va bilimlarga boy muhitda o‘tgan ushbu bellashuvda turli fakultetlardan shakllangan jamoalar faol ishtirok etdi.